85
chiqqan, chunki bu toifaning qalbi sidqu safo oftobiday porlab turadi,
deganlar. Yana ba‘zilar soʻfiy «sufuh» soʻzidan yasalgan, sufuh – biror bir
narsaning xulosasidir, bu jamoa xalqning xulosasi boʻlganligi sababli ularni
soʻfiy deganlar, deb yozadilar. Abu Rayhon Beruniy «suf», ya‘ni faylasuf
soʻzining oxirgi qismidan yasalgan deb koʻrsatadi.
Shuningdek, koʻpchilik
soʻfiy soʻzi arabcha «soʻf» soʻzidan hosil boʻlgan, degan fikrni bildiradilar.
«Soʻf» soʻzining lugʻaviy ma‘nosi jun va jundan toʻqilgan matodir. Soʻfiylar
koʻp hollarda jun chakmon yoki qoʻy terisidan tikilgan poʻstin kiyib yurishni
odat qilganlari uchun ularni jun kiyimlilar deb yuritganlar.Soʻfiyning
ozodligi deganda tasavvuf ahli solikning bashariy sifatlardan mutlaq qutulishi
va ilohiy faqr sifati boʻlmish pok ruh oʻrinishida istigʻno olami – Tangri taolo
olamining zaruratlari bepoyonligini kullan idrok etishini anglaganlar.
Tasavvufda ilk davri, ya‘ni zohidlik davri soʻfiylari - Ibrohim Adham, Hasan
Basriy, Abuhoshim Kufiy va boshqalar taqvo va parhezkorlikni bosh maqsad
deb bilganlar. Undan keyingi davrda esa, tafakkuriy-shuuriy rivojlanish
asosiy maqsad hisoblangan. Aksariyat ilmiy manba‘larda keyingi davr –
oriflik davri, deb ataladi. Bu davr IX asr oʻrtalaridan boshlanadi.
Tasavvuf Ibn Arabiyga nisbatan beriladigan vahdatul vujud ta‘limotiga
borib taqaladi. Ya‘ni haqiqiy Borliq – bu Mutlaq zot – Parvardigorning
yakkayu yagona vujudidan iborat, boshqa mavjudliklar shu Vujudning ijodi,
in‘ikosidir. Mutlaq zotni al-Haq (Real borliq), al-Ahad (Birlik) deb ham
ataydilar. U Oʻzi yaratgan olam ashyolarida (olami shahodat, olamul xalq)
Oʻzini
namoyon
etib,
zohir
lanib turadi va shu orqali Oʻzi Oʻzini idrok etadi. Bu cheksiz va mavhum
Mutlaq zotning shahodat (moddiy) olamda tinimsiz jilolanishi «tajalliy» deb
atalgan. Tajalliy – barcha harakat va faoliyat, tiriklik va hayot ijodkori
Parvardigorning oʻzi yaratgan olamda doimo hozir boʻlishidir. Shunday qilib,
tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat
ilmi bilan bogʻliq holda rivojlanib kelgan oʻziga xos ta‘limotdir.
Tasavvufda falsafa ilmidan farqli ravishda, insonni «olam mehvari»
deb bilib, olamdagi barcha harakat, voqea-hodisa, oʻzgarish-yangilanishlarni
insonda mushohada etish va inson orqali tushuntiradi. Tabiatdagi jamiki ichki
ziddiyat va rivojlanish, oʻsish-ulgʻayish ruhning moʻ‗jizalari insonda bor, deb
ta‘riflaydi Jaloliddin Rumiy «Masnavii ma‘naviy» asarida. Shu kabi Olamni
va Odamni
yaratgan Parvardigor javhari, ismlari, qudrati va mohiyatini
anglash ham inson ruhi xususiyatlarini oʻrganish va anglash bilan amalga
oshadi. Chunki Parvardigorni va Uning qudrati, moʻ‗jizalari, gʻayb olamini
faqat aql bilan bilib boʻlmaydi. Ammo bu tasavvufda aql butunlay inkor
etilgan, degan gap emas. Tasavvufda ham aqliy bilish, aql qudrati tan olinadi.
Biroq aqliy bilimlar, dalil bilan isbotlanishi mumkin boʻlgan bilimlarga
yaraydi, gʻayb ilmini idrok etishga esa aql ojiz, deydi soʻfiylar. Gʻayb ilmi,
Xudovand olamidagi behad-behudud ilmlarni soʻfiy alohida hissiy-vajdiy
86
tafakkur bilan, qalbga tushgan karomat nuri bilan anglab idrok etadi. Shu
bois
tasavvufda mukoshafa, kashfu karomat, hol-sukra tushunchalariga
alohida e‘tibor beriladi.
Koʻrinadiki, tariqat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga
xizmat qilgan. Ta‘riqat asosida tasavvufning yaxshi, ideal jamiyat haqidagi
qarashlari vujudga kelgan. Masalan, Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» va
Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida podshohsiz odamlar, ya‘ni solih
kishilar jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf bunday jamiyatga zoʻrlik,
inqilob yoʻli bilan emas, har bir insonni axloqiy tarbiyalash oraqli etish
mumkin, deb hisoblagan. Insonning mutlaq haqiqat, mutlaq adolat va
poklikka erishish istaklari tasavvufda mujassam boʻldi.
Bu ehtiyoj, orzu
kuchli zavq va ishtiyoqni, oʻzini unutish va bexudlikka olib borgan ishqni
keltirib chiqaradi.
Tasavvufdagi oʻzini-oʻzi takomillashtirish gʻoyasi, axloqiy yuksalish,
ezgulik, xayr, himmat, mardlik haqidagi qarashlar butun musulmon olamiga
keng tarqalib, katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi. Darveshlar, soʻfiylar,
shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda hurmat qilgan, ularga e‘tiqod
qoʻyish orqali Tangri taolo qudratini chuqurroq his qilgan, amaliy turmushda
odamlar shu darveshlar kabi qanoatli, halol boʻlishga intilgan, nafsini tiygan.
Shuning uchun ham tasavvufga ta‘rif berganda, juda koʻp shayxlar uni
shaytoniy nafsni jilovlash va rahmoniy xislatlar kasb etish ilmi deb
koʻrsatganlar. Agar tasavvufning negizida chin insonparvarlik gʻoyasi,
xalqning adolat va haqiqat
haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalar keng
tarqalmas, bunchalik keng ommaviylashib, ijod ahli qalbidan oʻrin olmasdi,
bu qadar qaynoq va jozibali bir she‘riyat yaratilishiga turtki boʻlmas edi.
Tasavvufning «falsafiylanish» davri XIII–XIV asrlarda bir qator
mutafakkir adiblar, orif soʻfiylar etishib chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa
bilan bogʻlovchilar deb ayta‘miz. CHunonchi, Ibn al Arabiy, Abu Homid
Muhammad Gʻazzoliy, Fariddidin Attor, Aziziddin Nasafiy, Yahyo
Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud
Shabistariy, Ja‘loliddin Rumiy,
Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil
shunday mutafakkirlar sirasiga kiradi. Bularning ijodida olam va odam
haqida oʻylar, qa‘zovu qadar, erk va ixtiyor, suvrat va ma‘no, aql va ruh, vaqt
va zamon, inson tiynati xususida koʻplab yangi qarashlar bayon etilgan. Bu
zotlar ilohiyshunoslikni butunlay yangi pogʻonaga koʻtardilar. Ularning
asarlarida insoniy ma‘rifat, insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib
boriladi, komil inson xislatlari batafsil ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: