O’zbekiston rechpublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziriligi


BULOQCHILAR (TRICHOPTERA) TURKUMI



Download 14,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/75
Sana22.04.2022
Hajmi14,87 Mb.
#571571
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
Bog'liq
Entomologiya O\'UM 2021

 
BULOQCHILAR (TRICHOPTERA) TURKUMI 
Buloqchilar yoki tukqanotlilar (Trichoptera) turkumiga hayoti suvda rivojlanishga 
moslashgan hasharotlar kiradi hasharotlar kiradi. Kichkina yoki o‘rtacha kattalikdagi hasharotlar 
bo‘lib, etuk zotlari ust ko‘rinishdan yirik kuya kapalaklarini eslatadi, ammo qanotlari yaxshi 
taraqqiy etgan, ular osonlik bilan ajraladigan tukchalar bilan qoplangan. Og‘iz organlari yumshoq, 
yuqori jag‘lari yo‘q (yoki eduktsiyalashgan), quyi jag‘lari bir parchali, lekin paypaslagichlari yaxshi 
taraqqiy etgan. Etuk zotlari quruqlikda yashaydi va yaxshi uchadi. Tuxumlarini suvga qo‘yadi. 
Lichinkaning yaxshi taraqqiy etgan uch juft ko‘kak oyoqlari va tashqi jabrasi bor. U iptola chiqarib 
g‘ilofcha yasaydi va ichida yashaydi. G‘ilofchalar turli formada, ba’zan, suv ostidagi narsalarga 
biriktirilgan bo‘ladi. G‘umbaklari ham shunday katakchalarda rivojlanadi. Etuk zotlari deyarli yoki 
butunlay oziqlanmaydi. Ba’zi turlari lichinkalik fazasida sholi nihollarini shikastlaydi. 
 
TANGACHAQANOTLILAR (LEPIDOPTERA) TURKUMI 
Mazkur turkum hasharotlar sinfining eng katta turkumlaridan biri bo‘lib, 100 000 dan ortiq 
turni birlashtiradi. Ikkala juft pardasimon qanoti tangachalar bilan qoplangan. Og‘iz apparati yuqori 
jag‘siz, spiralsimon, tinchlangan vaqtda qayrilgan xartumchaga aylanadi. Lichinkalari quruqlikda 
yashaydi, qurtsimon, ipak tola chiqaruvchi bezlari bor. G‘umbaklari parda qoplagichli. 
Tunlamlar - Nuctuidae
kapalaklarga mansub oilalardan biri. Dala ekinlariga zarar 
keltiruvchi turlari ko‘p.Tunlamlar turli kattalikda bo‘ladi, rangi ko‘pincha xira. Oldingi 


69 
qanotlari ham deyarli hamma turlarida bir xil naqshdor. Odatda, kechqurun va kechasi 
uchadi.Oldingi qanotlarida naqshdor dog‘lar va yo‘llar bor. Tunlamlar tuxumlari yarim 
shar shaklli, past tomoni tekis, ust tomoni bosiq gumbazsimon. Tuxum uchida otalantirish 
uchun xizmat qiluvchi mayda teshikchalardan tashkil topgan
mikropilyar apparat
bor. 
Tuxum diametri kapalak turlariga qarab 0,4- 1,7
mm,
balandligi 0,2-1,1
mm
gacha 
boradi.Tunlam qurtlari bosh va uchta ko‘krak hamda o‘nta qorincha segmentlardan 
tuzilgan.Qurtning birinchi ko‘krak segmenti
elka sathi qalqoni
deb, oxirgi segmentning 
ust sathi
 anal qalqoni
deb yuritiladi. Qurt teri qoplag‘ichi sathi donador yoki g‘adir-budur 
bo‘lib, turlarni aniqlashda katta rol o‘ynaydi. Birinchi ko‘krak va 1-8 qorincha 
segmentlarida bir juftdan
nafas olish teshikchalari
(stigmalar) bor. Tananing har bir 
segmentida ma’lum tartibda joylashgan qilchalar mavjud bo‘lib, ular skelerotizlashgan 
qalqonchalarda o‘rnashgan. Qilchalarning bir-biriga va nafas olish teshikchalariga 
nisbatan o‘rnashishi sistematika uchun juda katta ahamiyatga ega.Katta yoshdagi 
qurtlarning 3 juft ko‘krak oyog‘idan tashqari yana 5 juft (ba’zan 3 yoki 4 juft) qorincha 
yoki soxta oyoqlari bo‘ladi. Soxta oyoqlar 3-6- va 10- qorincha segmentlarida joylashgan. 
Tovonida ko‘p miqdorda ilgakchalar bor.Qurtlar tanasida ko‘pincha uzunasiga yotgan 
yo‘l-yo‘lli naqshlar joylashgan. Oziqlanib bo‘lib, g‘umbaklanish oldidan tinchlik holatiga 
o‘tgan qurtni
 pronimfa
(yoki
 g‘umbak oldi)
deyiladi. G‘umbak segmentlari soni qurtlarniki 
kabidir.Tunlamlar oilasiga mansub kapalaklar keng tarqalgan. Kapalaklar gul shirasi bilan 
ovqatlanadi, ammo xartumchalari taraqqiy etmagan, etuk davrida ovqatlanmaydigan turlari 
ham bor. Tuxumlarini o‘simliklarga yoki tuproqqa qo‘yadi. 

Download 14,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish