(Araschnia levana)-
баҳорги авлод.
(Araschnia levana)-
ёзги авлод.
78
PARDAQANOTLILAR TURKUMI VAKILLARI
Megarhyssa macrurus (Узун тухумқўйгичи
тасвирланган)
Қоғоз ариси - Vespula germanica
Хальцид
79
14-mavzu: HASHAROTLAR EKOLOGIYASI
Reja
1.
Hasharotlarning tarqalishiga ta’sir etuvchi ekologik omillar.
2.
Antropogen ta’sirlarga javob reaktsiyasi.
Zararkunanda hasharotlar hamda atrofdagi tirik va o‘lik tabiat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning asosiy qonunlari bilan tanishish zararkunandalarga qarshi kurashda katta
ahamiyatga ega. Organizm bilan atrofdagi muhit o‘rtasida bo‘ladigan o‘zaro munosabatlarni
o‘rganadigan fan e k o l o g i y a deb ataladi.
Hasharotlar b i o t s e n o z tarkibiga, ya’ni territoriyaning har qanday uchastkasiga
joylashuvchi tirik organizmlar – o‘simlik va hayvon organizmlari tarkibiga kiradi.
Biotsenoz komponentlari bir-biriga katta ta’sir etadi. Bundan tashqari, hasharotlar o‘lik tabiat,
tabiiy muhit, jumladan, iqlim va tuproq sharoiti ta’siriga duchor bo‘ladi va o‘zlari ham ularga
ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Tuproq va iqlim sharoiti birmuncha bir xilda bo‘lgan, ma’lum
hayvonlar kompleksi va ma’lum o‘simliklar to‘dasi joylashgan territoriya b i o t o p deb aytiladi.
Har qaysi biotopning ma’lum biotsenozi bo‘ladi. Masalan, paxta dalalari, olmazor, archazor,
cho‘lning bir xildagi uchastkasi, tog‘ etagining toshli uchastkalari – bularning har qaysisi ayrim
biotop hisoblanadi.
Hayvonlarning ma’lum turi yashashi uchun xos bo‘lgan territoriya s t a s i ya deb aytiladi.
Ba’zi tur hasharotlar statsiyasi yilning har xil faslida va rivojlanishining har xil stadiyasida har xil
bo‘ladi.
Ekologiyada hyotzonasi degan termin ham ko‘p ishlatiladi. Hayot zonasi - iqlim va tuproq
sharoitining ma’lum kompleksi, o‘simlik dunyosining ma’lum tiplari va hayvon organizmlarining
ma’lum kompleksi bo‘lgan juda benihoya katta territoriyadir; hayot zonasiga o‘ziga xos biotsenozli
bir qancha biotoplar kirishi mumkin. Masalan, O‘rta Osiyoning cho‘llari, dashti, tog‘ etagi va
tog‘lari hayot zonalari hisoblanadi.
Qandaydir ma’lum tur hayvonlar statsiyasini o‘z ichiga olgan geografik territoriya bu hayvon
(hasharot)ning tarqalish a r e a l i deb ataladi. Biroq, hayvonlarning, xususan zararli hasharotlarning
tarqalish areali, odatda, ularning zarar keltirish arealidan ancha keng (katta) bo‘ladi, chunki
individlari ko‘p bo‘lgan, shuning bilan birga odam foydalanayotgan joyda uchraydigan hasharotlar
turi zararkunanda deb aytiladi. Bu narsa faqat turning ko‘payishi (urchishi) uchun qulay sharoit
mavjud bo‘lgandagina mumkin; bunday sharoit uning areali doirasida deyarli hech qachoi mavjud
bo‘lmaydi.
Hasharotlar ekologiyasini o‘rganish ularning territoriyada tarqalishiga, zararkunandalar
miqdorining ayrim yillarda o‘zgarib turishiga va biotsenoz komionentlari o‘rtasidagi miqdor
munosabatlarga oid bo‘lgan ko‘p masalalarni aniqlab beradi; o‘simlik va hayvonlar to‘dasi
miqdorining o‘zgarishini, tuproqda bo‘ladigan ba’zi protsesslarni va xakazolarni tushunishni
osonlashtiradi.
80
kunlar
Do'stlaringiz bilan baham: |