Xalsidsimonlar bosh oilasi
(Chalcidoidae) vakillari ko‘pincha metall rangli
hasharotlardir. Ko‘proq qismi turli mayda hasharotlarning ichki va tashqi parazitlari
hisoblanadi. SHiralar va ikki qanotlilar shular jumlasidandir. Ba’zilari tuxumxo‘r, ya’ni
tuxumlar parazitidir. Masalan, trixogrammaning tur va formalari olma qurti va boshqa
qator zararkunandalar tuxumlarini kamaytirishda katta ahamiyatga ega.
Chumolilar bosh oilasi
(Formicoidae) turlarga boy gruppalardan biridir. CHumolilar
jamoa bo‘lib yashaydi. Ular polimorf hasharotlar. Bular orasida qanotsiz ishchi, qanotli
erkak, urg‘ochi zotlar va yirik boshli ishchilar («soldatlar») ham bor. Besh mingdan ortiq
turi ma’lum, ular keng tarqalgan, inlarini erga, daraxt po‘kaklari va boshqa erlarga
qo‘yadi. Hayvon va o‘simlik mahsuloti qoldiqlari bilan oziqlanadi. Chumolilar boshqa
hasharotlarning, ayniqsa, shiralarning shirin chiqindilarini xush ko‘radi. Ancha taraqqiy
etgan, ba’zilari boshqa hasharotlarga nisbatan yirtqichlik qiluvchi turlari ham bor. Qisman
turlari o‘simlikxo‘r bo‘lganligi sababli o‘simlik maysalariga shikast etkazadi yoki ekilgan
urug‘larini terib oladi. Chumolilar erda inlar qazishi tufayli tuproq hosildorligini
oshirishda ahamiyati katta. Urmonlarda mezana formali inlar yasaydigan malla chumoli
(Formica rufa L.) keng tarqalgan turlaridan biridir. U va unga yaqin turlar o‘rmon
zararkunandalarning kushandalaridir.
Arisimonlar bosh oilasi
(Vespoidae) vakillari bo‘lgan parda qanotlilarda old elka
yonboshlari orqa tomonidan qanot qopqog‘igacha etib boradi, o‘ynog‘ichlari bir bo‘g‘imli,
tanasi, odatda, tuksiz, yirik va turli-tuman gruppani tashkil etadi. Qator oilalarga
bo‘linadi, ulardan ba’zi birlariga hatto bosh oila sifatida qaraladi.
Asalarisimonlar bosh oilasi
(Apoidea) vakillarining old elkasi qazuvchi arilarniki
singari halqasimon, lekin tanasi tukli, orqa panjasining birinchi bo‘g‘imi ancha kengaygan
va gul kukuni yig‘uvchi apparatga – kaftga aylangan. Yosh avlodi asal shirasi va gul
kukuni bilan boqiladi. Parda qanotlilarning eng yuqori takomillashgan katta gruppasi
hisoblanadi. Bu gruppa turlari kukun va nektar bilan oziqlanadi. Asalarilar yuqori darajada
takomillashgan gulli o‘simliklar bilan oziqlangani uchun u eng yuqori darajaga
ko‘tarilgan. 30 ming atrofida turi ma’lum, jumladan, MDXda 3,5 mingtachasi tarqalgan.
Biologik jihatdan
yakka yashovchilar, jamoachilar
va
kakkuasalarilar
gruppasiga
ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |