- Tayyorladi:
- q.x.f.f.d. (PhD),
- dosent Z.G’. Nosirova
- “Zararli kanalar, nematodalar, kemiruvchilar
- va qarshi kurash choralari” fani
- Qishloq xо‘jalik ekinlariga zarar yetkazuvchi kemiruvchilar va ularga qarshi kurash choralari
- Kemiruvchilar (Rodentia) - sut emizuvchilar sinfiga mansub hayvonlar turkumi. 1600, baʼzi maʼlumotlarga koʻra 2000 ga yaqin turi maʼlum. Tanasi gʻoʻlasimon, uz. 5-130 sm. Koʻpchilik K.ning oyogʻida yer kavlashga moslashgan tirnoqlari bor. Boshi uzunchoq, tepasi yassi. Koʻzi turtib chiqqan, baʼzilarida esa rivojlanmagan (mas, koʻrsichqonlarda). Labida qilsimon moʻylovi bor. Qoziq tishlari koʻrinib turadi. Baʼzi K. (nutriya, ondatra va boshqalar)ning moʻynasi sanoat ahamiyatiga ega. K.ning koʻpchiligi qishloq xoʻjaligi zararkunandasidir. Oʻrta Osiyoda uchraydigan eng yirik K.: jayra (Hystrixhirsu tirostus Vg.); sariq yumronqoziq (Citellus falvus oxianus Thorns.) — beda ekiniga, daladagi gʻallaga, tokzorlarga, mevali bogʻlarga zarar keltiradi va oʻlat kasalligini tarqatadi. Terisi qadrlanadi. Oʻrta Osiyoning tekislik qismida tarqalgan. Tanasi 30 sm cha; rangi qumsimon sariqqoramtir aralash. Dashtlarda yashaydi. Mavsumda bir marta koʻpayib, 6—8 bola tugʻadi; qadimgi yumronqoziq (Citellus relectus Kaschk.) — qir-adirlardagi bugʻdoy, arpa ekinlarini shikastlaydi.
- Oʻzbekiston va Qirgʻizistonning togʻli hududlarida tarqalgan. Tanasi 22 sm gacha; 4 tagacha bola tugʻadi; Turkiston olmaxoni (Dyromus nitedula angelus Thorns.) — oʻrik va boshqa mevali daraxtlarga zarar keltiradi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonning togʻli hududlarida tarqalgan. Tanasi 10 sm cha. Mavsumda 1—3 marta 2—6 tadan bola tugʻadi; kichik qoʻshoyoq (Allactaga elater Zicht.) gʻalla va boshqa ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyo, Jan. va Markaziy Qozogʻiston va boshqa joylarda tarqalgan. Kattaligi 9,5—11,5 sm. Orqa oyoqlari oldingisidan anchagina uzun. Choʻl va yarimchoʻllarda yashaydi. Tunda faol; kuzda uyquga kiradi. Yilda uch marta urchiydi; Turkiston kalamushi (Rattus turkestanicus satun) — Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda tarqalgan. Ombor mahsulotlariga zarar keltiradi; oʻlat kasalligini tarqatishi mumkin. Tanasi 20 sm cha. Usti qoʻngʻirkulrang , qorin tomoni sargʻish-oq. Yilda bir necha marta urchib, 8—10 bola tugʻadi; plastinka tishli kalamush (Wesokiaindica Gray.) — beda, gʻalla, sholi, bugʻdoy, makkajoʻxori, poliz ekinlari, baʼzan gʻoʻza hamda daraxtlarni shikastlaydi. Oʻzbekistonning jan. qismi, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarda tarqalgan.
- Kulrangdan malla tusgacha. Aholi punktlariga yaqin yerlarda, ariq va daryo qirgʻoqlarida tarqalgan. Toʻda boʻlib yashaydi; Sever so v sichqoni (Musmusculus severtrovi Kaschk.) — uy zararkunandasi. Oziq-ovqat mahsulotlari, teri, kitoblarga zarar keltiradi. Tanasi 9—10 sm. Usti qoʻngʻir kulrang , qorin qismi oq; koʻrsichqonlar (Ellobius talpinus Pall.) — beda va boshqa ekinlarni zararlaydi. Oʻrta Osiyo, Qozogʻiston, Zakavkazye va boshqa hududlarda tarqalgan. Tanasi 9—12 sm. Usti sargʻish jigarrang , baʼzan qoʻngʻir. Oʻsimlik qoplami qalin joylarda tarqalgan. Yer ostida yashaydi. Qishki uyquga kirmaydi. Mavsumda 3 marta urchiydi; jamoatchi dala sichqon (Mikrotus socialis Pall.) — baʼzan bugʻdoy, arpa, kartoshkani shikastlaydi. Jan. Qozogʻistondagi togʻ oldi yerlari hamda togʻlarda, Qirgʻiziston, Jan. Turkmaniston va boshqa yerlarda uchraydi.
- Kattaligi 9—11 sm; sargʻimtir qoʻngir, qorin tomoni oq. Eversman qumsichqoni yoki qizildum qumsichqon (Pallasiomys erythrourus ssp. eversmanni Bagd.) — Oʻrta Osiyodagi xavfli kemiruvchi zararkunandalardan, gʻoʻza, bugʻdoy, poliz ekinlarini zararlaydi. Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻizistonning baʼzi hududlarida tarqalgan. Tanasi 15 sm cha. Usti kulrang-sargʻish, qorin tomoni oq. Yil boʻyi faol hayot kechiradi. Yiliga 3—4 marta urchiydi; katta qumsichqon (Rhombomys opimus Zicht.) — sugʻorish kanallari qirgʻoqlarini, yaylov va boshqalarni shikastlaydi. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston choʻllarida tarqalgan. Tanasi 17—20 sm. Usti malla sargʻish, qorin tomoni oqish. Toʻda boʻlib yashaydi; qishki uyquga kirmaydi. Kunduzi faol.
- Kemiruvchilar tishlaring tuzilishi boshqa sut emizuvchilardan farq qiladi. Ularning qoziq tishlari bo’lmaydi. Kurak tishlari esa yirik va o’tkir bo’lib oziqni shu tishlari bilan uzib oladi, oziq tishlari yordamida ezib maydalaydi.
- Qattiq oziq bilan oziqlanishi tufayli kurak tishlar doimiy yedirilib turadi, lekin kalta bo’lib qolmaydi. Chunki kurak tishlari old tomondan emal bilan qoplangan, orqa tomonda emali bo’lmaydi.Yuqori va pastki kurak tishlar bi-biriga ishqalanib emal bo’lmagan tomoni charxlanib o’tkirlashadi va bu tishlar butun hayoti davomida o’sib turadi. Kemiruvchilar keng tarqalagan juda serpusht hayvondir, ko’pchilik turlari bir yilda bir necha marta bolalaydi.
- Turar joylar yaqinida sichqonlar va kalamushlar, cho’llarda yumronqoziqlar ko’p uchraydi.Sichqonlarning 1500 ga yaqin turi bor.
- Yumronqoziqlar teksliklarning hamma joyida uchraydi. Asosan Yavvoyi o’simliklarni yeydi, ba’zan poliz ekinlariga va bedaga zarar yetkazadi. Ular suv ichmaydi.O’simliklar qurib qolganda uyquga kiradi. Martdagina uyg’onib zo’r berib oziqlanadi. Aprel-may boshalarida 10 tagacha bola tug’adi.
- Ko’rsichqon yer ostida hayot kechiradi. Bog’larda, cho’llarda , tog’larda u qazib chiqargan tuproq uyumlarini topish mumkin. Mo’ynasining rangi malla yoki jagarrang. Asosan o’simliklarning yer osti qismlari bilan oziqlanadi. Beda ildizlarini yeb yeryong’oq ekinlarini zararlantiradi.
- Jayra tog’larning etaklarida keng tarqalgan jarliklar va qoyalar ostiga in quradi.Tanasi o’tkir uchli qora qo’ng’ir hurpaygan ninalar bilan qoplangan.Biror xavf tug’ilganda muskullari yordamida ninalarni hamma tomonga ko’taradi.Ular kartoshka, makkajo’xori, oqjo’xori , poliz ekinlari va toklarga zarar yetkazadi.
- Ko’pchilik kemiruvchilar zararkunanda hayvonlardir. Sichqonlar va kalamushlar omborxonalarda saqlanayotgan donli oziq–ovqat mahsulotlari, sanoat mollarini kemirib katta ziyon keltiradi. Kalamushlar o’lat kasalligini ham tarqatadi. Bu kasallik odamga burgalar orqali yuqadi.
- Kemiruvchilar orasida foydalilari ham bor. Ondatra, nutriya, sug’ur, yumronqoziq va tyinlar mo’yna uchun olinadi. Ondatra va nutriya qimmatli mo’yna beradi. Ularning vatani Amerika. Tog’larda ko’k sug’ur uchraydi, uning terisi yuqori baholanadi; yog’idan xalq tabobatida dori-darmon sifatida foydalaniladi. Hozir soni kamayib ketganligi tufayli ko’ksug’ur “Qizil kitob”ga kiritilgan.Tyinlar o’rmonlarda daraxtlarning kovagida in quradi. Ular darxt mevasi, urug’I, kurtaklari, zamburug’lar va hasharotlar bilan oziqlanadi.Tyinlar mo’ynasi yuqori baholanadi.Bu hayvon Respublikamiz hududida uchramaydi.
Австралияда 2019 йилда яна 2 турдаги сут эмизувчилар қайд қилинди - https://realnoevremya.ru/news/193500-v-avstralii-obnaruzhili-dva-novyh-vida-mlekopitayuschih
- Австралиянинг шарқий қирғоқларида учрайди
- Marty SilkAAP
- Sat, 7 November 2020 3:01AM
Do'stlaringiz bilan baham: |