Malakali tibbiy yordam – malakali tibbiyot xodimlari
(jarroh, terapevt) tomonidan tibbiy-profilaktik muassasalarda olib
boriladigan, jabrlanuvchining hayotini saqlab qolishga, jarohatlar
natijasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini
olishga, kelib chiqqan asoratlarga qarshi kurashishga qaratilgan
malakali tadbirlar majmuyi.
Malakali tibbiy yordam tadbirlari ham ikki guruhga bo‘linadi:
– kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlar;
– keyinchalik bajarilishi mumkin bo‘lgan tadbirlar.
Malakali tibbiy yordam 8–12 soat ichida ko‘rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |