Birinchi yordam va davolash. Ruhiy-kimyoviy zaharli
moddalardan gazniqob, hatto, respirator yordamida ham muho-
fazalanish mumkin. Biroq klinik belgilar paydo bo‘lgan paytda
zaharli modda organizmga to‘liq so‘rilgan bo‘ladi. Shuning uchun
zaharlangan odamning oshqozonini yuvish hech qanday samara
bermaydi. Ko‘pchilik zaharlanganlarni alohida xonaga yotqizib,
yaxshi muomala yordamida o‘zlariga keltirib olish mumkin.
Nazorat savollari
1. Ruhiy-kimyoviy zaharli moddalar qanday xossalarga ega? 2. BZ
bilan zaharlanish qanday kechadi? 3. Lizergin va DLK bilan zaharlanish
qanday kechadi? 4. Ruhiy ta’sir ko‘rsatuvchi zaharli moddalar bilan
zaharlanganda birinchi yordam qanday ko‘rsatiladi? 5. Zaharlanishning
qanday salbiy oqibatlari kuzatiladi?
52
Do'stlaringiz bilan baham: |