Sh. H. Usanov, M. X. Tinibekov harbiy toksikologiya


Lizergin kislota bilan zaharlanish



Download 490,82 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/99
Sana24.01.2021
Hajmi490,82 Kb.
#56709
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99
Bog'liq
harbiy toksikologiya asoslari

Lizergin kislota bilan zaharlanish.  Lizergin  kislotani 

shveysariyalik  olim  Albert  Xofmann  1938-yilda  zamburug‘larning 

ma’lum  turidan  (

Claviceps purpurea)

  ajratib  olgan  va  undan 

tibbiyotda foydalanishga harakat qilgan. 

Lizergin kislota bilan zaharlanishning klinik manzarasi 20–40 

daqiqalik  yashirin  davrdan  so‘ng  boshlanadi.  Avvaliga  subyektiv 

sezgilar:  lanjlik,  bosh  aylanishi,  bosh  og‘rig‘i  paydo  bo‘lib,  keyin 

ko‘zlarning  achishishi,  quloqda  bosim  hissi,  bir  isib,  bir  sovib 

ketish,  sezgilarning  yo‘qolishi  qo‘shiladi.  Ushbu  belgilar  bilan 

bir  qatorda  ruhiy  buzilishlar  ham  paydo  bo‘ladi.  Bunday  ruhiy 

buzilishlar  xilma-xil  ko‘rinishda  bo‘lib,  1,5–2,5  soat  ichida  yaqqol 

ko‘zga tashlanadi. 8–12 soatdan keyin esa yo‘qoladi. 

Lizergin kislota ta’sirida rivojlanadigan ruhiy o‘zgarishlar sezgi, 

fikr, his-hayajon, harakat tizimidagi buzilishlar bilan xarakterlanadi. 

Sezgidagi  buzilishlar  ko‘rish  va  sezishda  kuzatilib,  bu  ko‘zga  har 

xil narsalar ko‘rinishi, har xil narsalar eshitilishi, ta’mni boshqacha 

sezishlar bilan ifodalanadi. Bu buzilishlar atrof muhit va tana haqida 

noto‘g‘ri tasavvurlar paydo bo‘lishiga olib keladi. 

Shuningdek,, vaqtning kechishi haqidagi tasavvurlar ham buzilib, 

fikr yuritishda sustkashlik, qiynalish, chalg‘ishlar kuzatiladi. Ba’zida 

salbiy g‘oyalar paydo bo‘lishi ham mumkin. 



48

His-hayajondagi  o‘zgarishlar  kayfiyatning  ko‘tarilishi,  ba’zida 

tushib  ketishi  va  sustkashlik  bilan,  harakat  tizimidagi  o‘zgarishlar, 

bezovtalik, jazavali harakatlar bilan xarakterlanadi. 

Ruhiyatdagi boshqa turdagi o‘zgarishlarga e’tiborning susayishi, 

o‘ziga  nisbatan  tanqidiy  munosabatning  o‘zgarishi,  hatto  ongning 

buzilishigacha bo‘lgan o‘zgarishlar kiradi. 

Shunday  qilib,  ruhiy-kimyoviy  ta’sirga  ega  bo‘lgan  zaharli 

moddalar  qisqa  muddatli  toksik  psixozni  keltirib  chiqaradi.  Bunda 

toksik  jarayon  bir  necha  soat  davom  etadi.  Intoksikatsiya  o‘tib 

ketganidan  so‘ng  ham  charchash,  lanjlik  kabi  belgilar  1–2  kun 

davomida saqlanib turadi. 



Davolash.  Ruhiy-kimyoviy  zaharli  moddalar  har  birining 

ta’sir  mexanizmlari  har  xil  bo‘lib,  ular  uchun  ziddi  zahar  ishlab 

chiqilmagan.  Shuning  uchun  davolash  psixozlarni  davolashga 

qaratilgan  umumiy  qonuniyatlar  asosida  olib  boriladi.  Buning 

uchun  intoksikatsiyani  bartaraf  qilishga  qaratilgan  tadbirlar  amalga 

oshiriladi. 




Download 490,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish