Didaktik xatti-harakatlar deganda, o’qituvchining ta’lim jarayonini
didaktika va metodika bilimlarini qo’llash orqali tashkil etish xatti-harakatlari
tushuniladi.
Ular o’zaro bog’liq va aylanma harakatda amalga oshadigan o’qitish
tadbirlari modeliga asoslangan, ya’ni ular mashg’ulot jarayonida yoki ish o’rnida
o’qituvchi tomonidan muntazam ravishda takrorlanadigan tadbirlarni bildiradi.
Ular biror-bir jarayonning barcha qismlarini qamrab oladi. Misol uchun aniq bir
nazariy darsni o’tkazish yoki yo’l-yo’riq berish (instruktaj) uchun «Tayyorgarlik
ko’rish - O’tkazish - Baholash» kabi harakatlar kerak bo’ladi.
Didaktik xatti-harakatlar quyidagi savollar bilan uzviy bog’langan:
1. Kimlar o’qitadi?
2. Kimlarni o’qitish kerak?
3. O’qitish orqali qanday maqsadlarga erishish lozim?
4. Maqsadlarga erishish uchun qanday mavzularni o’qitish kerak?
5. Nazariy yoki amaliy darsda qaysi usullar yordamida o’qitish zarur?
6. Nazariy yoki amaliy darslarni qanday sharoitda o’tkazish kerak?
7. O’qishni qanday tashkil qilmoq darkor?
8. Ko’zlangan maqsadga erishilganini tekshirish uchun natijalar qanday
baholanadi?
Nazariy bilimlarni o’qitish bo’yicha quyidagi didaktik xatti-harakatlarni
ko’rsatish mumkin:
1. Nazariy dars yoki yo’l-yo’riqqa oid dastlabki shart-sharoit va
tayyorgarlikni baholash.
2. O’quv maqsadi va mazmunlarini belgilash.
3. Nazariy dars va yo’l-yo’riq rejalarini ishlab chiqish.
4. O’quv-didaktik materiallarni tayyorlash.
23
5. Nazariy dars va yo’l-yo’riq berish.
6. Nazariy bilimlarni baholash.
Didaktik xatti-harakatlar amaliy qobiliyatlar va ko’nikmalarni shakllantirish
sohasida tegishli bosqichlarga bo’linishi mumkin. Bu erda bizga «Mukammal
kasbiy harakat modeli» ma’lum. Uning 6 bosqichi esa Germaniya ta’lim tizimida
«Yo’naltiruvchi matn usuli» nomi bilan yuritiladi. Bu 6 bosqichni talabalar har bir
amaliy ish-harakatni bajarish uchun mustaqil amalga oshirishlari kerak, faqat
(zarur bo’lganda) yo’riqchining rahbarligida. Ushbu bosqichlar quyidagilardan
iborat:
1. Ma’lumot to’plash. Talaba berilgan ish topshirig’ini tahlil qiladi va
kerakli hamma ma’lumotlarni mustaqil ravishda to’playdi.
2. Reja tuzish. Talaba mustaqil ravishda barcha kerakli ish bosqichlaridan
iborat ish rejasini tuzadi.
3. Qaror qabul qilish. Talaba o’qituvchi bilan birgalikda ish rejasini amalga
oshirish to’g’risida qaror qabul qiladi.
4. Amalga oshirish. Talaba ish rejasi asosida ishni mutsaqil bajaradi.
5. Tekshirish. Talaba ish natijasini mustaqil tekshiradi va «Baholash
varag’i»ni to’ldiradi.
6. Xulosa chiqarish. Talaba va o’qituvchi birgalikda ish jarayonini,
shuningdek, ish natijalarini tahlil qilishadi va xulosa chiqarishadi.
Har tomonlama kamol topgan mutaxassis tayyorlash masalasi avvalo
o’qitish jarayonida hal qilinadi.
O’qitish jarayoni pedagogning va u rahbarlik qilayotgan talabalarning bilim,
uquv hamda malaka tizimini ongli ravishda va puxta o’zlashtirishga qaratilgan
izchil harakatlari majmuidan iborat.
Oliy o’quv yurtlaridagi ta’lim talabalar shaxsini shakllantirishning, ularni
aqliy va jismoniy kamol toptirishning, umumiy hamda kasbiy bilim berishning eng
muhim vositasidir.
O’qitish jarayoni davomida talabalarning bilish kuchlari ri-vojlantiriladi.
24
O’qitish o’qituvchining talabalarga bilim, o’quv va malaka tizimi berish,
ularning bilish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasidagi faoliyatidir.
O’qish - talabalarning o’quv fani materialini o’zlashtirish borasida qiladigan
muntazam va ongli mehnati.
O’qitish ikki tomonlama jarayondir: u o’qituvchining faoliyati va talabalar
faoliyatini o’z ichiga oladi. O’qituvchining faoliyati o’quv materialini bayon
qilishdan, talabalarda fanga qiziqish, fikrlar va e’tiqodni tarkib toptirishdan,
talabalarning mustaqil mashg’ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko’nikma
va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat.
O’qitish jarayonining ikkinchi tomoni o’quvchining faoliyati bo’lib, u o’quv
fani materialini o’zlashtirishdan hamda bilimlarni o’zlashtirish jarayonida fikrlar
va e’tiqodni hosil qilish yuzasidan olib boriladigan muntazam mehnatdan iborat.
O’qitish mazmuni hamma vaqt tegishli o’quv fani dasturi bilan
belgilanishini, talabalarning o’qishini esa o’qituvchi yo’lga solib turishini nazarda
tutib, muvaffaqiyatli ta’lim berishning asosiy sharti ta’lim berish mazmuni,
o’qitish va o’qish orasidagi chambarchas uzviy bog’lanish deb hisoblamoq kerak.
O’quv jarayonining to’g’ri qo’yilishi shu bilan ifodalanadiki, har qaysi
bosqichda talabalar o’rganiladigan materialni tushunib oladilar, uquv va
malakalarini takomillashtiradilar, birorta yangi narsani idrok etadilar.
Ammo har xil bo’g’inlar ayni paytda muayyan yumushni bajaradi hamda o’ziga
xos ko’rinish va metodlar bilan ifodalanadi.
O’quv jarayonining har bir bo’g’inini oliy o’quv yurtlarida umumta’lim va
mutaxassislik fanlarini o’rganishga tatbiqan batafsil ko’rib chiqish ushbu
metodikaning mazmunini tashkil etadi.
O’qitishning tashkiliy ko’rinishlari deganda, o’qituvchi va talabalarning
maxsus tashkil etilgan, belgilangan tartibda va muayyan rejimda o’tadigan
faoliyati tushuniladi.
O’qitishning u yoki bu tashkiliy ko’rinishi talabalar guruhini va har bir
talabai o’qitishning har xil ko’rinishlarida qo’shib olib borilishi, o’qitishda
25
talabalar mustaqilligining turli darajasi, talabalarning o’qishiga o’qituvchi
rahbarligining har xil usullari bilan ifodalanadi.
Oliy o’quv yurtlarida informatika fanini o’rganishda odatda «qo’sh» darslar
ya’ni, har biri 45 minutdan bo’lib, orasida 5 minut tanaffus qilinadigan ikki
davrdan iborat darslar qo’llaniladi. Bu hol mashg’ulotlar tizimini rejalashtirishni
osonlashtiradi va darslarda mustaqil grafik ishlar va hisoblashlar, mashqlar va shu
kabilar o’tkazishni engillashtiradi. Pedagogika adabiyotlarida darslarni ularning
belgilovchi har xil alomatlari asosida tasniflashning turli variantlari keltiriladi.
Bunday alo-matlardan biri o’rganiladigan materialning mazmunidir. Bu alomatga
ko’ra tasniflash informatika faniga shu darslarni eng to’la tavsiflab bera olgan
bo’lur edi. Darslarni tasniflashning boshqa bir alomati ularni o’tkazish usullaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |