Sana:08.02.2022 Mavzu: Ayirmaning kvadrati. Darsning maqsadi: a) O‘quvchilarga ayirmaning kvadratini topish formulalarsini tushuntirish va uni keltirib chiqarishni o‘rgatish b) O‘quvchilar hamkorlik bilan berilgan topishiriqlarni inoqlik bilan bajarishlarini o‘rgatish. O‘quvchilarga ayirmaning kvadratini topish haqida olgan bilimlarni rivojlantirish va mustaqil holda misollarda qo‘llashni o‘rgatish. Dars tipi: yangi tushuncha beruvchi Dars uslubi: interfaol Dars usuli: kichik guruhlarda ish olib borish. Dars jihozi: darslik, formulalar, taqdimot
Dars xaritasi
Dars xaritasi
Kirish 3 minut.
Guruhlarga bo’lish 5 minut.
O’tilgan muvzuni takrorlash 5 minut.
Yangi mavzu bayoni 10 minut.
Kalitlarda tasvirlar 6 minut.
Kitob bilan ishlash 7 minut.
Mavzu yuzasidan test 5 minut.
Baholash 2 minut.
Uyga vazifa 2 minut.
Ushbu dars interfaol usullardan biri kichik guruhlarda ishlash tarzida olib boriladi.
Sinf o’quvchilari 3 – guruhga ajratib olish uchun og’irlik darajasi juda yengil bo’lgan misollarni javoblarini alifbodagi harflar nomeriga moslab yozilgan misollarni yechish bilan har bir guruh o’z guruhini aniqlab oladi.
Navoiy. Xorazmiy . Bobur.
1. 24 – 3 1. 24 + 6 1. 25 : 24
2. 10010 2. 23 + 6 2. 54 : 52 – 11
3. 52 – 22 3. (3+1)2 +1 3. 1240 +1
4. 42 – 2 4. 32 : 9 4. 42 +22
5. 23 5. 52 - 1 5. 62 : 2 – 1
6. 62 - 13 6. 42 - 4
7. 32 – 1
8. 52 – 2
Mana biz guruhga ham ajralib oldik: 1. Navoiy guruhi o’quvchilar siz, Navoiy haqida juda ko’p ma’lumotga egasiz yaqinda biz nimani nishonladik?
Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi nishonlandi.
2. Al – Xorazmiy guruhi o’quvchilar siz bilasiz fanlar bo’yicha qaysi oylik ketmoqda?
Matematika va Informatika oyligidir. Al – Xorazmiy kim?
Algebra fanining asoschisi.
3. Bobur guruhi o’quvchilar yaqinda biz nimani nishonlaymiz?
Biz Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligini nishonlaymiz.
Endi yangi mavzuga o’taylik. Biz qisqa ko’paytirish formulalarini o’rganishni boshladik. Xo’sh o’quvchilar qisqa ko’paytirish formulalarini birinchi bo’lib isbotlab, izohlab bergan buyuk mutafakkir kim? Abu ali ibn sino matematikaga oid ishlarida sonlarni kvadratga va kubga ko’tarish amallarini izohlab bergan. Siz oldinki darsda ikki son yig’indisining kvadrati haqidagi formulani o’rgangan edingiz. Xo’sh Ikki son yig’indisi nimaga teng ekan? (a + b)2 = a2 + 2 ab + b2 Bu formulaga asosan misollar ham yechgansiz va o’z bilimlaringizni mustahkamlab olgansiz. Bugun ikki son ayirmasining kvadrati formulasini o’rganamiz va bu formulani buyuk mutafakkirlarimiz qanday keltirib chiqarib berganlarini tushunib olamiz.
(a – b)2 = a2 – 2 ab + b2
(a – b)2 = a2 – 2 ab + b2
Bu ikkala ifodani tengligini geometrik usulda ko’rsatib beramiz.