6.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo’lish hamda foydalanish kompetentsiyasi
- aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iktisodiy
rejalarini tuza olish;
- shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlarda xisob-kitob bilan ish yuritish;
- kundalik faoliyatda turli formula, model, chizma, grafik va diagrammalarni
o’qiy olish va foydalanish;
- inson mehnatini engillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan va
qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo’lish hamda foydalana olish.
AKT-kompetentlilik insonlar uchun muhim kompetentsiya hisoblanib, u –
kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va Internet imkoniyatlaridan
foydalangan holda turli muammo va masalalarni hal etishda namoyon bo’ladi.
AKT-kompetentlilik – o’quvchilarning axborotli jamiyatda o’z o’rnini
munosib egallash va muvaffaqiyatli mehnat faoliyati bilan shug’ullanishlari uchun
axborotga ega bo’lish, uni izlash, qayta ishlash, baholash, yaratish va uzatishni
amalga oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana
olish qobiliyati va layoqati.
O’quvchilarda AKT-kompetentlilikni shakllantirish va rivojlantirish –
informatika faniga oid kompetentsiyalarni hamda foydalanuvchilik
kompetentsiyalarni, ya’ni hamkorlik qilish va muloqotni amalga oshirish,
bilimlarni mustaqil ravishda egallashni va ularni AKTdan foydalangan holda
amaliyotda qo’llashni shakllantirish va rivojlantirishni o’z ichiga oladi.
49
Maxsus kompetentsiyalar (fanga oid kompetentsiyalar):
1. Axborotlarni elektron vositalarda yig’ish kompetentsiyasi – Informatika
asos materiali (axborot olish, saralash) haqida va axborot turlari (uzlukli va
uzluksiz) bilish. Axborot manbalarini bilish, axborotlarni saralash, axborotni
tasvirlash, axborotni kodlash, axborotli model, axborotni qayta ishlash vositalari,
ta’limiy axborot resurslar, Internet, Internetdan ma’lumotlarni olish usullari.
Axborot bilan ishlashda odob-axloq normalari, multimedia texnologiyalari, hujjat
yaratish, elektron pochta orqali muloqat qila olish va viruslardan axborotni himoya
eta olish layoqatini hosil qilish.
(Masalan: Farobiy haqida ma’lumot izlanganda darslik va boshqa bosma
adabiyotlardagi ma’lumotlarni skanerlash yordamida kompyuter xotirasiga
o’tkazish, Ziyonet portali yoki boshqa axborot tarmog’idan olingan ma’lumotlarni
kompyuter xotirasida saqlash, ma’lumotlarni olingan axborot resursiga yoki
mazmuninig boyligiga yoki tayyorlangan dasturiy ta’minotga yoki qayta ishlash
uchun zarur bo’lgan dasturiy ta’minotga mos ravishda turli papkalarga saralab
o’tkazish.)
7-sinf. “Elektron pochta” mavzusi
Amaliy mashg’ulot: do’stlaringizning pochta manziliga “Mening Vatanim” nomli
xabarni jo’nating.
Buning uchun:
1. “Mening Vatanim” xabarini tayyorlash (turli axborot manbalaridan, Internet
resurslaridan biror usulda axborot yig’iladi, olingan axborot saralanadi, rasmlar,
fotosuratlar orqali tasvirlanadi)
2. Xosil qilingan axborot qayta ishlanib, hujjat yaratiladi
3. Do’stlarining elektron pochta manzillari aniqlanadi.
4. Tayyorlangan “Mening Vatanim” haqidagi ma’lumot aniqlangan elektron
pochta orqali yuboriladi.
Yuqorida berilgan 7-sinf “Elektron pochta” mavzusidagi amaliy ish orqali
o’quvchilarda elektron vositalar orqali axborotlarni yig’ish, axborotlarni elektron
50
vositalarda qayta ishlash, axborotlarni elektron vositalarda uzatish
kompetentsiyalari bilan bir qatorda tayanch kompetentsiyalar, xususan,
kommunikativ kompetentsiya, umummadaniy kompetentsiya, shaxs sifatida o’z-
o’zini rivojlantirish kompetentsiyalari shakllantiriladi. Shuningdek, o’quvchilarda
ona tili fanida shakllantirilishi lozim bo’lgan lingvistik, sotsiolingvistik, pragmatik
kompetentsiyalari hamda Tasviriy san’at asarlariga oid kompetentsiyalari
shakllantiriladi.
2. Axborotlarni elektron vositalar orqali qayta ishlash kompetentsiyasi- Matnli
axborotni tahrirlash (formatlash, grafik elementlarni yasash, jadvallar hosil qilish,
formulalar kiritish) grafik axborotni tahrirlash (grafik fayllarda matn kiritish va
uni formatlash, grafik shakllarni o’zgartirish, ranglar bilan ishlash, animatsiya
stsenariylarini yoza olish, fayllarni arxivlash (rar, zip arxivatorlarni ishlata olish)
va h.k. layoqatini hosil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |