Microsoft Word bmi o. Xursanov doc


Informatika fanini o’qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga



Download 302,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana26.05.2020
Hajmi302,71 Kb.
#56128
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
oquvchilarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentligini rivozhlantirish metodikasi

2.2. Informatika fanini o’qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga   

       nisbatan kompetentligini rivojlantirish 

 

Bugungi kunda hukumatimiz tomonidan intellektual salohiyatga ega, ilm-

fanning zamonaviy yutuqlari asosida mustaqil fikr va mushohada yurita oladigan, 

mustaqil ravishda zaruriy axborotlarni izlab topadigan va ulardan tahlil asosida 

zaruriylarini ajratib oladigan, barcha bilan muloqatga kirisha oladigan, ta’lim 

muassacasida olgan bilimlarini hayotiy ehtiyojlarida qo’llay oladigan yoshlarni 

tarbiyalab kamol topishlarida katta e’tibor qaratgan. Buning uchun esa 

o’quvchilarimizni boshlang’ich sinflardan boshlab bunga tayyorlab borish kerak. 

Ya’ni, boshlang’ich fanlar bo’yicha chuqur bilim berish, chet tillarini puxta 

o’rgatish va axborot texnologiyalari bo’yicha kerakli zarur malakalarni 

shakllantirib borish lozim.  

Ma’lumki, hozirgi kunda axborotlar olamida yashayapmiz. O’qishda ham, 

ishda ham, kundalik faoliyatda ham kompyuter texnika vositalariga duch kelamiz 

va bularsiz bugungi kunimizni tasavvur ham qila olmaymiz. Shunday ekan 

o’quvchilarimizga informatika fanidan chuqur bilim berish, kompyuter va uning 

boshqa texnik vositalaridan to’g’ri va oqilona foydalanishga o’rgatish kerak. 

O’quvchilar esa zaruriy axborotga ega bo’lish, ularni izlab topish, undan 

keraklisini ajratib olish va foydalanishni o’rganishi kerak. Shu bilan birgalikda 

o’rganilgan bilim, ko’nikma va malakalaridan kundalik hayotlarida uchraydigan 

muammolarni hal etishda foydalana olishlari uchun shakllantirilishi zarur. Shunga 

ko’ra, bu vazifalarni ta’lim muassasida o’quvchilarni o’quv predmetlarini 

o’rganish jarayonida zaruriy bilim, ko’nikma va malakalarga ega qilish bilan 




42 

 

 



 

birgalikda ularni hayotiy ehtiyojlarida qo’llay oladigan holda tayyorlash kerak. 

Buning uchun kompetentlik yondoshuvga asoslangan holda o’qitish kerak.  

Kompetentsiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – o’quvchilarda 

egallangan bilim, ko’nikma va malakalarini o’z shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy 

faoliyatlarida amaliy qo’llay olish kompetentsiyalarini shakllantirishga 

yo’naltirilgan ta’limdir.  

Tayanch kompetentsiyalar:  

- Kommunikativ kompetentsiya; 

- Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi; 

- Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyasi; 

- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi; 

- Umummadaniy kompetentsiyalar; 

- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish 

hamda foydalanish kompetentsiyasi. 

 Informatika fanidan umumiy o’rta ta’lim maktablarida shakllantiriladigan 

tayanch kompetentsiyalarni amaliyotga joriy etilishini 7-sinflarda “Internetda 

ma’lumotlarni izlash” mavzusi misolida ko’rib chiqamiz [5].  

Kommunikativ kompetentsiyasi.  

- Internet bo’yicha o’rgangan bilimlarini og’zaki va yozma tarzda aniq va 

tushunarli bayon qila olish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to’g’ri 

qo’ya olish va javob berish;  

- sinfda o’zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish, jamoaviy 

hamkorlikda ishlay olish;  

-muloqotda suhbatdosh fikrini hurmat qilgan holda o’z pozitsiyasini himoya 

qila bilish, uni ishontira bilish;  

-turli ziddiyatli vaziyatlarda o’z ehtiroslarini boshqarish, boshqa 

o’quvchilarga nisbatan hurmat, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur 

(konstruktiv) bo’lgan qarorlarni qabul qila olish.  

Topshiriq: Internetda ma’lumotlarni izlashning qanday usullarini bilasiz va 

sanab bering.  




43 

 

 



 

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari Kommunikativ kompetentsiyada 

guruhlarga bo’lib o’quvchilarda internet bo’yicha tushunchalarini rivojlantirish va 

undan to’g’ri foydalanishni o’rgatish mumkin. Guruh bo’lib ishlaganda 

o’quvchilarda mustaqil muloqot va o’zaro fikr almashish vujudga keladi.  

Axborot bilan ishlash kompetentsiyasi. 

Internet bo’yicha ma’lumotlarni mavjud axborot manbalaridan (internet, 

televizor, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va 

boshq.) topa olish va foydalana olish.  

Topshiriq: Elektron pochta bo’yicha axborot toping.  

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari. Axborot bilan ishlash 

kompetentsiyasi bolalarni, mustaqil o’zi axborot to’plash, izlanish, kuzatish va 

yangi darsga tayyorlanib kelashga o’rgatadi. Buning uchun yangi mavzu bo’yicha 

oldindan o’quvchilarga tayanch iboralar yoki mavzu yuzasidan savolnomalar 

beriladi. O’quvchilar ko’proq mustaqil muloqotda bo’lib, yangi darsga 

tayyorlanadilar.  

Shaxs sifatida o’z-o’zini rivojlantirish kompetentsiyasi: 

- Internetga oid ma’lumotlar bilan shaxs sifatida o’zini aqliy rivojlantirish 

va intellektual kamolotga intilish;  

- o’z ustida mustaqil ravishda muntazam ishlay olish;  

-o’zini nazorat qila bilish, halollik, to’g’rilik, zaruriy axborotga ega bo’lish, 

ularni izlab topish, undan keraklisini ajratib olish kabi sifatlarga ega bo’lish;  

-o’qib-o’rganganlari va hayot tajribasidan foydalangan holda kundalik 

turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.  

Topshiriq: “Men sevgan kasb” mavzusi bo’yicha ma’lumotlarni izlang.  

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari.  

- Mening sevgan kasbimga qiziqishim ortdi; 

- Mening sevgan kasbim bo’yicha Shaxs sifatida doimiy ravishda o’z-o’zini 

rivojlantirish, o’qib-o’rganish, mustaqil ravishda izlanish, o’z hatti-harakatini 

baholash, o’zini nazorat qila bilish, zaruriy axborotga ega bo’lish, ularni izlab 

topish, undan keraklisini ajratib olish, o’qib-o’rganganlari va hayot tajribasidan 



44 

 

 



 

foydalangan holda kundalik turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish 

sifatlarini shakllantirishga qaratilgan interfaol usullarni qo’llash.  

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi. 

Internetni jamiyatda muhim ahamiyatga ega ekanligini tushunish va uni 

bo’layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorligini his etish.  

Topshiriq: Internetdan bola huquqlari konventsiyasi bo’yicha ma’lumot 

toping. 


Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari. 

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetentsiyasi asosan o’quvchilarda yozma ishlarni 

echish, test savollarining echimini topish, og’zaki savollarga javob berish, o’z 

xuquqlarini bilish, kundalik hayotida uchraydigan holatlarda muloqot qilish, o’z 

fikrini bildirish, o’z bilimini bayon eta olishi faolligini oshirishga qaratilgan 

didaktik o’yinlar texnologiyalari. 

Umummadaniy kompetentsiyasi. 

Internetning umuminsoniy va milliy qadriyatlarimizga ta’sirini bilish.  

Topshiriq: Internetdan milliy bayramlarimiz bo’yicha ma’lumot toping.  

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari. 

Jamoada va kichik guruhlarda ishlab, informatik terminlarni to’g’ri talaffus 

qilishni, AKT izohli lug’at bilan ishlashni, milliy qadryatlarimiz, milliy ertaklar va 

hikoyatlardan foydalanishni o’rgatadi.  

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish 

hamda foydalanish kompetentsiyasi: 

- Internetdaga axborotlarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, rejalarini tuza 

olish;  

- kundalik faoliyatda kerak va zarur bo’lgan axborotlarni tez va arzon o’qiy 

olish va ulardan foydalanish.  

Topshiriq: Internetdan bugungi kun Ob-havosi to’g’risida ma’lumot oling.  

Kompetentsiyani tatbiq qilish usullari. 

O’quvchining hayot tarzida uni qurshab turgan voqea – hodisalarni 

o’rganish, uzoqni ko’ra olish, mavjud axborotlarni hayotga tatbiq eta olish va 



45 

 

 



 

ulardan to’g’ri foydalanish, qisqa muddatda xayotiy masalalarni echimini topa 

olishga o’rgatish. Jamiyatda o’z o’rnini topishda, ongli qaror qabul qilish, 

matematik savodxonlik, yangi texnika yangiliklaridan xabardorligi, kompyuterda 

ishlay olish, og’zaki va yozma javob berish tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan 

usul. 


Ta’limni axborotlashtirish jarayoniga ham 20 yildan ortiq vaqt o’tdi. Ushbu 

davr ichida ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy 

etish bo’yicha juda ko’plab ijobiy ishlar amalga oshirildi – ta’lim muassasalari 

zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlandi, barcha fanlardan elektron o’quv 

resurslari yaratildi va fanlarni o’qitishda ulardan samarali foydalanib kelinmoqda. 

Lekin, bugungi kunda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik 

sohalarda jiddiy o’zgarishlarga sababchi bo’lgan globallashuv jarayoni hamda 

ilmiy-texnik, ayniqsa kommunikatsiya sohasidagi texnologik taraqqiyot jarayoni 

mutaxassislarning tayyorgarligiga jiddiy talablar qo’ymoqda. Butun dunyo 

hamjamiyati tan olmoqdaki, XXI asrning bunday chaqiruvlariga javob sifatida 

bilim – eng bebaho resurs sifatida – iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning 

haraktlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo’ladi. Shuning bilan birga, bilimlarni 

yaratish, uzatish va ularga ega bo’lish tez suratlarda amalga oshayotgan bir davrda 

ularni eslab qolish imkoniyati mavjud emas hamda bunga ehtiyoj ham yo’q. 

Buning o’rniga ushbu bilimlarni yig’ish, tanlash, qayta ishlash, uzatish va 

amaliyotda qo’llashning vosita va usullariga ega bo’lish muhimroqdir. 

Bilimlarini kompetentsiyalarga transformatsiya qilish orqali insonlar nafaqat 

iqtisodiy va texnologik taraqqiyotga o’z hissalarini qo’shadilar, balki shaxsiy 

muvaffaqiyat va farovonlikka erishadilar. Bunday kompetentsiyalarni belgilash 

orqali yoshlarimizni kelajak xayotga qay darajada tayyorlik darajasini baholash 

mumkin. 

Yoshlarimiz kelajakda muvaffaqiyatli xayot kechirishlari, jamiyatda o’z 

o’rnini topishlari hamda ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi 

uchun qanday kompetentsiyalarga ega bo’lishlari kerak, degan savol butun dunyo 

ta’lim hamjamiyati oldida turgan dolzarb mavzuga aylangan.  



46 

 

 



 

Shu sabab informatika fanidan Davlat ta’lim standartlarni yangilash, o’quv 

dasturlarni takomillashtirish – informatika faniga oid kompetentlilikni 

(AKT-kompetentlilikni) kiritishni taqozo etadi.  




Download 302,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish