II-BOB. UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARIDA
INFORMATIKADAN AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA
TEXNOLOGIYALARIGA NISBATAN KOMPETENTLIGINI
RIVOJLANTIRISH
2.1. Informatika fanida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
o’qitilishi va ularga nisbatan kompetentlik
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish masalasi XX asrning 90-yillaridan
e’tiboran dolzarb masalalar sifatida tadqiq etib kelinmoqda. Shu davrdan boshlab
ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo’yicha
juda ko’plab ishlar amalga oshirildi. Barcha sohalarda bo’lgani kabi ta’lim
muassasalari ham zamonaviy kompyuter sinflari bilan jihozlanib, o’quv
predmetlaridan elektron o’quv resurslari yaratildi va ulardan ta’lim jarayonida
foydalanib kelinmoqda.
Hozirgi kunda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik sohalardagi
o’zgarishlarga sababchi bo’lgan globallashuv jarayonida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari alohida ahamiyatga ega. Globallashgan jamiyatda zamonaviy
bilimlarga ega bo’lish, olingan bilimlarni tahlil qilish va amaliyotga qo’llash
muhimdir.
Ta’lim muassasalarida olingan bilim, ko’nikma va malakalarni
kompetentsiyalarga aylantirish orqali ta’lim oluvchilar jamiyatning iqtisodiy
salohiyatiga o’z hissalarini qo’shish bilan birga shaxsiy hayotlarida ham
farovonlikka erishadilar. Jamiyatda yoshlar muvaffaqiyatli hayot kechirishlari, o’z
o’rnini topishlari hamda ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarga integratsiyalashuvi
uchun qanday kompetentsiyalarga ega bo’lishlari kerak degan savolga javob
berish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
Jamiyat taraqqiyoti davomida o’tkazilgan kuzatishlarga ko’ra axborot-
kommunikatsiya texnologiyalariga nisbatan kompetentsiyani egallash birinchi
masalalardan hisoblanadi. Shu sababli ta’lim muassasalarida informatika fanini
31
o’qitishga alohida ahamiyat berish, informatikadan Davlat ta’lim standartlarni
yangilash, o’quv dasturlarini takomillashtirishni taqozo etadi.
Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko’rinib turibdiki, ta’lim jarayoniga
ta’limning yangi, zamonaviy usul va vositalari kirib kelmoqda va ular o’quv
mashg’ulotlarida keng ko’lamda samarali foydalanilmoqda. Jumladan,
o’quvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda innovatsion va zamonaviy
pedagogik g’oyalar amalga oshirilmoqda. Shu bois, o’qituvchi bilim olishning
yagona manbai bo’lib qolishi kerak emas, balki o’quvchi mustaqil ishlash
jarayonining tashkilotchisi, maslahatchisi, o’quv jarayonining faol ishtirokchisi
bo’lishi lozim. Zamon talablariga javob beradigan fidoiy izlanuvchan yangilikga
intiluvchan tashabbuskor kasbiy bilimlarga ega kadrlarni tayyorlash bugungi
kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. O’quvchilarnning kasbiy ko’nikmalarini
shakllantirishda innovatsion texnologiyalarining o’rni xozirgi kun mutaxasisi
zamon bilan hamnafas bo’lmog’i lozim.
Ta’lim jarayonida o’quvchilarning kasbiy ko’nikmalarini shakllantirishda
innovatsion texnologiyalardan foydalanish o’quvchilarda zarur bilim va
malakalarni hosil qilish yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishda muhim
ahmiyatga egadir. Mashg’ulotlarga oid didaktik, ko’rgazmalar, multimediya,
kompyuter vositalari va inovattsion texnologiyalardan foydalangan holda
mashg’ulotlarni olib borish bu borada kutilgan natijani beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |