Manuel de français Ikkinchi chet tili



Download 3,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/297
Sana20.04.2022
Hajmi3,64 Mb.
#566028
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   297
Bog'liq
Manuel Исматов Сарвар

 
 


~ 32 ~ 
Ot – le nom (yoki le substantif) 
Predmetlik ma’nosini bildiruvchi so’z turkumi ot deyiladi. Ot turkumi son
rod, aniqlik va noaniqlik kabi grammatik kategoriyalarga, turli ma’no va vazifa uchun 
qo’llanuvchi funksional formalarga, shuningdek, o’ziga xos so’z yasalish sistemasiga 
ega. Bular ot turkumining o’ziga xos so’z yasalish va morfologik belgisidir. Masalan, 
ishchilarimizga (à nos ouvriers) so’zida – chi – shaxs ot yasovchi affiks; - lar – 
predmetning ko’pligini ifodalovchi affiks; - miz – birinchi shaxs ko’plikni 
ifodalovchi, egalik formasini yasaovchi affiks; - ga- jo’nalish kelishigi formasini 
yasovchi affiks ishlatilgan. Bunday forma Fransuz tilida analitik usul bilan 
ifodalanadi.
Otlar semantik jihatdan ikki turga bo’linadi:
1.
Jonli predmetni ifodalovchi otlar masalan, l`enfant, le fre`re, la me`re 
, le maître kabi otlar; 
2.
Jonsiz predmetni ifodalovchi otlar; Masalan, l`arbre, la maison, le 
livre, la chaise kabi otlar;
Jonli predmetni ifodalovchi otlar yana quyidagilarga bo’linadi: 
a)
shaxs otlari, masalan, Victor Hugo, Pierre Curi, Jean, Lucie kabi otlar;
b)
inson va shaxsga oid otlar, masalan, le pe`re, l`enfant, la me`re, le fre`re, le 
professeur kabi otlar; 
c)
tirik mavjudodni ifodalovchi otlar, masalan, la vache, le loup, le lie`vre, 
l`oiseau kabi otlar; 
d)
jonsiz predmetni ifodalovchi otlarga esa quyidagilar kiradi: 
a). narsa (predmet) nomlari: masalan, la maison, la table, le livre, le costume va
boshqalar; 
b). belgi, his-tuyg’u, munosabat va harakatni ifodalovchi otlar masalan: la, 
bonte` la jeunesse, la joie, la surprise, la paix, le succe`s, la pense`e, la lutte va 
boshqalar. 
Bunday so’zlar “Qu`est-ce qui?” (nima?) so’rog’iga javob b’oladi.
Otlar ma’nosi va ba’zi grammatik belgilariga ko’ra: 1). Atoqli otlar (les noms 
propres) va 2). Turdosh otlarga (les noms communs) larga bo’linadi. Fransuz tilida 
atoqli otlar shxs nomlarini, millatini, geografik nomi va tanho predmetlarni 
ifodalaydi. Atoqli otlar bosh (katta) harf bilan yoziladi. Masalan, Voltaire, la France, 
Paris, les Alpes, la Seine, un Français, un Ouzbek va boshqalar. Turdosh otlar esa: 
1). Konkret otlar (les noms concrets) va
2). Mavhum otlar (les noms abstraits) ga bo’linadi.
Konkret otlar bir turdagi predmet nomini bildiradi: masalan, la pomme, le 
crayon, la table, la fleur va boshqalar. Mavhum otlar odatda belgi, xususiyat, holat 
yoki harakat nomlarini ifodalaydi. Masalan, la politesse, la paix, la fatigue, la lutte, le 
mouvement, la tristesse, la patience va boshqalar.
Fransuz tilida turdosh otlar sanalish yoki sanalmaslik xususiyatlariga ko’ra 
yana ikkiga bo’linadi: 
1). Sanaladigan otlar (les noms nombrables); 
2). Sanalmaydigan otlar (les noms nonnombrables). 


~ 33 ~ 
Sanaladigan otlar donalab sanalishi mumkin bo’lgan predmetlarni bildirib, 
birlik va ko’plik sonda ishlatiladi. Masalan, le livre – les livres, la fenêtre – les 
fenêtres va boshqalar.
Sanalmaydigan otlar sanalishi mumkin bo’lmagan predmetlarni bildiradi. 
Bunday otlarga moddalar nomi, mavhum tushuncha ifodalovchi va sanab 
bo’lmaydigan predmet nomlari kiradi. Sanalmaydigan otlar faqat birlik sonda 
ishlatiladi. Masalan, le lait, le sucre, la gloire va boshqalar.

Download 3,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   297




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish