49
Hanna, H.B. The second Afghan war 1878-79-80. Its causes, its conduct
and its consequences. Vol I. - London: Westminster Archibald Constable & Co,
1899.- P . 300-353.
Xalqaro konferensiya inglizlami Afg‘onistonni tark etishga majbur
qilishi lozim edi50.
Sheralixon o ‘zining asosiy kuchlarini mamlakatning markaziy
qismida ushlab turadi va inglizlarga zarba berish muddatini poylaydi.
U, hatto Qandahor shahri himoyachilariga ham inglizlarga qarshilik
ko‘rsatmaslik haqida buyruq beradi va 1879-yilning 8-yanvarida
inglizlar Qandahomi jangsiz egallaydilar. Afg‘onistonning shar-
qi va janubini egallagan inglizlar poytaxt Kobulga qarab yu
rish boshlaydilar va bir qator qabila yetakchilari hamda yuqori
lavozimdagi amaldorlami katta pul evaziga o‘z tomonlariga og‘dirib
oladilar. Mushkul vaziyatda qolgan hamua inglizlaming bosqin-
chilik xatti-harakatlari muhokama qilinadigan Xalqaro konferen
siya chaqirish istagidan qaytmagan amir Sherali 1878-yil dekabrida
taxtni o ‘g‘li Yoqubxonga topshirib, rus podshosi huzuriga borish
uchun mamlakat shimoliga qarab yo‘lga chiqadi. Biroq, Rossi
ya imperiyasi nomidan Sheralixon bilan yozishmalar olib borgan
Turkiston general-gubematori fon Kaufman (1867-1881) Rossiya
va Buyuk Britaniya munosabatlarini chigallashtirmaslik maqsadida
Sheralixonni yo‘ldan qaytarmoqchi bo‘ladi. Shundan so‘ng orzu-
umidlari puchga chiqqan Sheralixon kasallanib, 1879-yilning
fevralida Mozori Sharif shahrida vafot etadi.
Taxtga o ‘tirgan Yoqubxon inglizlar yordamida o ‘z hokimiyati-
ni mustahkamlamoqchi bo‘ladi va 1879-yil bahoridan mamlakat
bo‘ylab inglizlarga qarshilik ko‘rsatishni to‘xtatish bo‘yicha
farmoyish beradi. Shu yilning 26-may kuni esa inglizlar Yoqubxon
bilan Gandamak shartnomasini imzolaydilar.
Gandamak
shartnomasiga
ko‘ra,
Afg‘oniston
Buyuk
Britaniyaga qaram boMgan vassal davlatga aylandi. Afg‘on
davlati mustaqil ravishda tashqi siyosat yuritish hamda chet
davlatlar bilan munosabatlar olib borish huquqidan mahrum etildi.
Afg‘on davlatining chet davlatlar bilan munosabatlari faqatgina
Britaniyaning Hindistondagi m a’muriyati orqali olib borilishi
belgilab qo‘yildi. Shuningdek, Yoqubxon inglizlaming bir qator
hududlar, jumladan Xaybar dovonini nazorat qilish huquqini tan
oldi. Inglizlar o‘z navbatida afg‘on hukmdoriga har yili 600 ming
rupiy miqdorda ko‘mak berishga va’da beradilar hamda ushbu
mablag‘ning qay tarzda sarflanayotganligini nazorat qilish uchun
Kobulda doimiy faoliyat yuritadigan ingliz rezidenti faoliyat
yuritishiga erishdilar.
1879-yil iyulida ingliz rezidenti etib tayinlangan Lui Kavanyari
Kobulga yetib keladi. L.Kavanyari Yoqubxon amaldorlari tomonidan
hurmat-ehtirom bilan kutib olinsa-da, unga nisbatan xalqning qahr-
g ‘azabi to ‘lib turganligi yaqqol namoyon bo‘lib turar edi. Shu tariqa
ikkinchi ingliz-afg‘on umshining dastlabki bosqichi tugadi. Ushbu
bosqichda afg‘onlar uyushqoqlik bilan harakat qilmaganliklari
bois, garchi mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsalar-da, inglizlaming
muvaffaqiyatini ham mustahkam va ishonchli deb bo‘lmas edi.
Inglizlar o‘zlarining yengil g ‘alabalaridan mag‘rurlanib, butkul
beparvolikka berildilar. Hatto, ingliz missiyasi rahbari L.Kavanyari
har kuni kechki payt Kobul bo‘ylab sayrga chiqar va bu holat
tabiiy ravishda mahalliy aholining inglizlarga nisbatan qahru-
g ‘azabini yanada oshirar edi. L.Kavanyari tomonidan afg‘on
davlati ichki ishlariga ko'plab aralashish holatlari bir qator mahalliy
amaldorlaming inglizlar yuritayotgan siyosatga nisbatan noroziligi
paydo bo‘lishiga olib keldi.
Xalqning qahru-g‘azabi oshib borayotganligi xususida inglizlar
qo‘lida qo‘g‘irchoq hukmdor bo‘lib turgan Yoqubxon ham 1879-yil
avgusti davomida L.Kavanyarini bir necha bor ogohlantiradi. Bi
roq, ingliz rezidenti bunday holatga e ’tibor bermay o ‘sha yilning
2- sentabrida Hindistondagi ingliz mustamlakachilik m a’muriyatiga
afg‘on zaminida hamma ishlar joyidaligi to ‘g‘risida m a’lumotnoma
jo ‘natadi. 3-sentabr kuniyoq Kobulda ommaviy qo‘zg‘olon
boshlandi. Bunga ko‘p vaqtdan buyon maosh olmagan afg‘on
harbiylarining noroziligi bois uyushtirilgan namoyish hamda ushbu
norozilikni inglizlar tomonidan qurol kuchi vositasida bostirilishga
intilishi sabab bo‘ldi. Ingliz rezidenti L.Kavanyari ushbu namo-
yishni bostirish maqsadida birinchi bo‘lib o‘zi afg‘on askarlariga
qarata o‘q uzadi va shu bilan ikki tomon o‘rtasida qurolli to'qnashuv
ro ‘y beradi. Afg‘on askarlariga Kobul aholisi ham qo‘shiladi va
ingliz rezidenturasi binosi egallanib, barcha inglizlar, shu jumladan
missiya rahbari L.Kavanyari ham o ‘ldiriladi.
Afg‘on hukmdori Yoqubxon garchi ikki ming nafardan ortiq
yaxshi qurollangan harbiy bo‘linmaga ega bo‘lsa-da, ingliz mis-
siyasining qirg‘iniga qarshi hech bir chora qo‘llay olmaydi va
faqat qo‘zg‘olonchilami yaxshi gap hamda iltimoslar bilan yoMdan
qaytarmoqchi bo‘ladi. Biroq, afg‘on hukmdorining ushbu harakati
hech bir naf bermaydi. Oo‘rqib ketgan Yoqubxon o‘sha kuni kech-
ki payt Hindiston vise-qiroli nomiga xat yoMlab, Kobulda ro ‘y
bergan qirg‘in haqida inglizlami ogoh etadi. Kobuldagi qo‘zg‘olon
xabari butun mamlakat bo‘ylab tarqaladi va Afg‘onistonning turli
burchaklarida ushbu voqeani qo‘llab-quvvatlab, ko‘ngilli ravishda
qo‘zg‘olonga qo‘shilganlar soni orta boshlaydi.
1879-yilning 5-sentabrida Hindistondagi ingliz m a’muriyati
Afg‘onistonga general F.Roberts rahbarligida yirik jazo otryadini
jo ‘natadi. General F.Roberts yetakchiligidagi kuchlaming poytaxt
Kobulga yaqinlashayotganidan xabar topgan amir Yoqubxon
o ‘z yaqinlari bilan F.Roberts huzuriga qochib boradi va inglizlar
lageridan panoh topadi. Xalq qo‘zg‘oloni qatnashchilari orasida
yagona yetakchining yo‘qligi bois, poytaxt mudofaasi yaxshi tashkil
etilmaydi va yaxshi qurollangan hamda son jihatdan ustun bo‘lgan
ingliz armiyasi o ‘sha yilning 14-oktabrida yana Kobulni egallaydi.
Inglizlar qo‘zg‘olonchilardan, ayniqsa Kobul shahri aholisidan
ayovsiz o‘ch oladilar va shahardagi asosiy binolar butkul vayron
etiladi. Shu bilan birga, amir Yoqubxon ingliz rezidenturasining
qirg‘in etilishining oldini ololmaganlikda ayblanadi va 1879-yil-
ning oktabrida inglizlar tomonidan rasman taxtdan tushirilgan deb
e’lon qilinadi hamda inglizlar panohida umrbod yashash uchun
Hindistongajo'natiladi.Bu bilan inglizlar Afg‘onistondaboshqaruvni
o ‘z qo‘llariga olishni va o ‘zlarining mustamlakachilik maqsadlarini
yanada kengaytirmoqchi bo‘lganliklarini anglash mumkin. Garchi
Kobul egallanib, afg‘on xalqi qattiq jazoga mahkum etilgan bo‘lsa
ham, ommaviy xalq harakati to‘xtamadi. Afg‘onistondagi yuqoridagi
kabi hokimiyatsizlik va boshboshdoqliklardan sobiq afg‘on hukm
dori Muhammad Afzalxonning o‘g ‘li Abdurahmonxon yaxshigina
xabardor bo‘lib turar edi. Amakisi amir Sheralixon bilan hokimi-
yat uchun kurashda m ag‘lubiyatga uchragan Abdurahmonxon
qochqinlikda Rossiya imperiyasi tarkibida bo ‘lgan Samarqand va
Toshkent shaharlarida istiqomat qilar va afg‘on taxti uchun boMgan
da’vosidan voz kechmagan edi.
1879-yilning
oxirida
Toshkentdan
yo‘lga
chiqqan
Abdurahmonxon Chor hukumatidan yashirincha Amudaryoni
kechib o‘tadi va afg‘on xalqini ingliz bosqinchilariga qarshi
muqaddas urush olib borishga chaqiradi. 1880-yilning boshida
dastlab Badaxshonda muvaffaqiyatga erishgan Abdurahmonxon,
keyinchalik Toluqon va Qunduz shaharlarini ham egallaydi hamda
1880-yilning mart oyiga kelib butun A fg‘on Turkistonini, ya’ni Shi
moliy Afg‘onistonni qo‘l ostiga oladi51.
Abdurahmonxon mamlakat shimo-
lini zabt etgan bo‘lsa-da, inglizlar bilan
yuzma-yuz to‘qnashuvdan o ‘zini tiyar
hamda imkoni bo‘lsa ular bilan afg‘on
taxti masalasida muzokaralar olib bo
rish niyati ham yo‘q emas edi. Shu bilan
birga, inglizlar Afg‘onistonni bir necha
mayda bo‘laklarga bo‘lish va o ‘zlariga
bo‘ysunuvchi bir necha kichik mulklami
vujudga keltirish orqali butun Afg‘oniston
hududini o ‘z nazoratlariga olish bo‘yicha
ham muayyan ishlami olib bordilar. Jumladan, 1880-yilda Hindiston
vise-qiroli lord Litton tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga ko‘ra,
Afg‘oniston hududida bir necha mayda hokimliklar yaratilishi
va ushbu tuzilmalar Buyuk Britaniya protektorati ostida bo‘lishi
ko‘zda tutilgan edi. Bunday yondashuv mustamlakachilik siyosatini
yuritishda qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan “bo ‘lib tashla va
hukmronlik qil” aqidasiga mos kelardi.
Mustamlakachi inglizlar uchun ham butun A fg‘oniston hudu-
dini nazoratda ushlab turish borgan sayin mushkullashib borar,
afg‘on qabilalarining tinimsiz qo‘zg‘olonlarini bostirish katta kuch,
mablag‘ hamda vaqmi talab etar edi. Shu bois inglizlar mamlakatda
obro‘-e’tibori oshayotgan va mamlakatning janubiy hududlariga
ham o ‘z ta ’sirini o ‘tkazayotgan Abdurahmonxon bilan kelishish va
uni afg‘on taxtiga o ‘tkazish b o ‘yicha muzokaralami boshlab yubor-
di. Ular Abdurahmonxonni taxtga o ‘tkazib, uni o‘z nazoratlarida
ushlash va afg‘on davlatni Abdurahmonxon orqali boshqarishni
ko‘zlagan edilar.
Inglizlaming bunday siyosatini yurgizishiga va yuqoridagi
xulosaga kelishiga 1880-yilda Angliyada bo‘lib o‘tgan parlament
saylovlari hamda ushbu saylov natijalariga ko‘ra, hokimiyatni
Dizraeli (1874-1880) yetakchiligidagi konservatorlardan Gladston
(1880-1885) yetakchiligidagi liberallarga o‘tishi ham turtki berdi.
Konservatorlaming A fg‘onistondagi muvaffaqiyatsizligini tanqid
qilgan liberallar afg‘on taxtiga o ‘zlariga xayrixoh munosabatda
bo‘ladigan hukmdoming kelishiga qarshilik bildirmadilar va
ulaming qarashicha Abdurahmonxon aynan shunday hukmdor
bo ‘lishi mumkin edi.
A fg‘ onistondagi vaziyatni diqqat ila kuzatib turgan podsho Ros-
siyasini inglizlaming muvaffaqiyatsizligi birmuncha qanoatlantirar
va poshdo hukumatini shunday vaziyatdan foydalanishga undar edi.
A fg‘on amiri Yoqubxonning ag‘darilishidan so‘ng yuzaga kelgan
tanqis vaziyat, inglizlarga qarshi xalq qo‘zg‘olonining boshlanishi
hamda inglizlaming butun Afg‘oniston hududini nazorat qila
olmasligi Rossiya imperiyasini hech bo ‘lmaganda 0 ‘rta Osiyodagi
mustamlakalar bilan chegaradosh Afg‘on Turkistonida mustaqil
afg‘on davlati barpo etilishini qo‘llab-quvvatlashga yoki bu
tun A fg‘oniston hududida inglizlardan mustaqil hukmdoming
hokimiyatga kelishiga ko‘mak berishga undar edi. Chunki, podsho
Rossiyasi uchun mustaqil afg‘on davlatining mavjud bo ‘lishi va shu
orqali 0 ‘rta Osiyodagi mustamlakalaming ingliz mustamlakalari
bilan bevosita chegaradosh bo‘lishini oldini olish o ‘ta muhim
ahamiyatga ega masalalardan biri edi. Shu sababli ham, Ros-
siya imperiyasi hukumati o ‘z mulklarida istiqomat qilib kelgan
Abdurahmonxonni Afg‘onistonga qochib o ‘tishiga “ko‘z yumdi”
va bunga imkoniyat yaratib berdi.
Abdurahmonxonning Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga kiri-
tish bo‘yicha qisqa muddatdagi muvaffaqiyatlari ham inglizlami
shoshirib qo‘ydi. Abdurahmonxonning mamlakat shimolidagi
muvaffaqiyatli harakatlaridan so‘ng, mamlakat janubida ham uning
obro‘-e’tibori kun sayin oshib borayotganligi inglizlaming haqiqiy
xavotiriga sabab bo ‘lib, mustamlakachilami hokimiyat masalasida
Abdurahmonxon bilan imkoni boricha tezroq kelishib olishga
majbur etdi.
1880-yilning iyulida Abdurahmonxon va inglizlar o ‘rtasida
bo‘lib
o ‘tgan
muzokaralardan
so‘ng,
Angliya
hukumati
Abdurahmonxonni Kobul amiri sifatida tan oldi52. Shundan so‘ng
taxtga o ‘tirgan amir Abdurahmon (1880-190l)ning hukmronligi
boshlandi va u o‘z bobosi amir Do‘st Muhammadxon singari o ‘ziga
amir rutbasini oldi. Amir Abdurahmonga katta miqdorda qurol-
yarog‘ va har yil yirik miqdorda moddiy mablag‘ ajratishni o‘z
zimmasiga olgan inglizlar Abdurahmonning 1879-yilgi Gandamak
shartnomasini bekor qilish talabiga ham rozi bo‘lishga majbur
bo‘ldilar.
Inglizlaming Kobulda muayyan miqdordagi harbiy bo‘linma
bilan doimiy ravishda faoliyat yuritadigan rezidentning bo‘lishiga
oid talablariga javoban amir Abdurahmon bunday holat yana
afg‘on xalqining qahru-g‘azabini qo‘zg‘ashi mumkinligi va shu
bois, o‘zi hamda Hindistondagi Britaniya m a’muriyati o ‘rtasidagi
munosabatlarda vositachilik qilishi uchun musulmon bo ‘lgan hind
amaldorlaridan foydalanish taklifini bildirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |