A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Ferrier, J.P. History o f the Afghans. - London: John Murray, 1858. - P



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

48 
Ferrier, J.P. History o f the Afghans. - London: John Murray, 1858. - P.
401—402.


qiladilar. Natijada, Do‘st Muhammadxonning ikkinchi hukm­
ronligi davri boshlanganidan beri afg‘on davlati tarkibiga kirmay 
kelayotgan Qandahorga amir qo‘shinlari 1855-yil noyabrida yu­
rish qilib, shahami egallaydi va Qandahor D o‘st Muhammadxon 
mulklariga qo‘shib olinadi. 1856-yil oktabrida Hirot shahrining 
Eron tomonidan bosib olinishi Buyuk Britaniya va Eron o‘rtasida 
urush kelib chiqishiga sabab bo‘ldi va Eronning bosqinchilik 
harakatlari inglizlami Do‘st Muhammadxon bilan yanada yaqin 
munosabatlar olib borishga undaydi. Ingliz-eron urushida qisqa 
muddatda g ‘alaba qozongan inglizlar Eronni Hirot shahridan but- 
kul voz kechishga hamda ushbu shaharga nisbatan kelgusida 
hech qachon da’vo qilmaslikka majbur etadilar. Biroq, ingliz 
hukumati Eron qo‘shinlaridan ozod etilgan Hirot shahrini Do'st 
Muhammadxon qo‘l ostiga topshirishga shoshilmadi. Inglizlar 
uchun Hirot bir betaraf va kuchsiz mahalliy hukmdor qo‘l ostida 
bo‘lgani hamda Buyuk Britaniyaning 0 ‘rta Osiyoga kirib borish 
bo‘yicha kelgusi rejalari uchun muhim rol o‘ynaydigan shahar 
bo‘lib qolishi lozim edi.
Amir Do‘st Muhammadxon va Ost-Indiya kompaniyasi 
o ‘rtasida 1857-yil yanvarida yana bir ingliz-afg‘on shartnomasi 
imzolanadi. Mazmuniga ko ra harbiy masalalar aks etgan mazkur 
shartnomada Do‘st Muhammadxon va uning vorislari Ost-Indiya 
kompaniyasining “dushmanlariga dushman, do‘stlariga do‘st” bo‘- 
lishlari yana bir bor ta’kidlab o‘tildi hamda amirga ingliz hukumati 
har oyda 100 ming rupiy to‘lab turishini m a’lum qildi. Mazkur 
mablag‘ hisobiga amir o‘z qo‘shinini 18 ming nafarga ko‘paytirishi 
va Eron tomonidan tug‘iladigan tahdidga tayyor bo‘lib turishi 
belgilab qo‘yildi. Shuningdek, amirning Eron bilan bo‘ladigan 
munosabatlari Kobulda faoliyat olib boradigan maxsus ingliz 
m a’murining nazorati ostida olib borilishi ta’kidlab qo‘yildi.
Garchi Hirot shahri Eron qo‘shinlaridan tozalangan va u yerga 
inglizlaming Teylor boshchiligidagi missiyasi yuborilgan bo‘lsa- 
da, Hirotni Eronning ta’sir doirasidan chiqarib olish mushkul 
vazifa edi. Bunga 1857-yilda Hindistonda boshlanib ketgan yirik


xalq qo‘zg‘oloni ham xalaqit berardi. Mazkur qo‘zg‘olonni bosti- 
rish uchun katta xarajatlami sarf etgan inglizlar Hirot shahriga 
nisbatan o ‘z e ’tiborlarini biroz susaytirdilar. Buning natijasida Eron 
shohining ushbu shahardagi ta’siri kengaya bordi. Eron shohining 
Hirotdagi ta ’siriga chek qo‘yish maqsadida ingliz m a’muriyati 
nihoyat 1862-yilda ushbu shahami amir Do‘st Muhammadxon qo‘l 
ostidagi mulklarga qo‘shib olinishiga ijozat berdi.
Do‘st Muhammadxon qo‘shini 10 oylik qamaldan so‘ng 
1863-yil may oyida Hirotni egallaydi. Yana bir yirik siyosiy- 
iqtisodiy markazni qo‘shib olish bilan mamlakatni birlashtirish 
yo‘lida katta qadam tashlangan bo‘lsa-da, bu uzoqqa cho‘zilmaydi. 
1863-yil iyunida amir Do‘st Muhammadxon Hirotda vafot etadi. 
Do‘st Muhammadxonning nisbatan uzoq muddatli hukmronligi 
Afg‘oniston tarixida o ‘ziga xos iz qoldirdi va shu sababli afg‘on 
xalqi tomonidan u “Amir-i Kabir” ya’ni “Ulug‘ Amir” deb atalib 
kelinadi.
Do‘st Muhammadxon vafotidan so‘ng dastlab uning o‘g‘li 
Sheralixon (1863-1879) amir deb e ’lon qilinadi. Biroq, tez orada 
“Ulug‘ Amir”ning ko‘p sonli o ‘g ‘illari o ‘rtasida toj-u taxt uchun 
kurash boshlanib ketadi. 1864-yil boshida boshlangan ushbu 
kurashda Sheralixonning asosiy raqibi Do‘st Muhammadxonning 
katta o ‘g ‘li Muhammad Afzalxon edi. Markazi Balx shahri bo‘lgan 
Afg‘on Turkistonining hokimi Muhammad Afzalxon taxtga o ‘z 
ukasi Muhammad A’zamxonni o ‘tkazish harakatida boMadi. Ush­
bu kurash davomida Muhammad Afzalxon 1866-yilda Kobul va 
1867-yilda Qandahor shaharlarini egallaydi va Sheralixon Hirotga 
chekinishga majbur bo‘ladi. Biroq, tez orada Muhammad Afzalxon 
vafot etadi va hokimiyat ukasi Muhammad A’zamxon qo‘liga 
o ‘tadi. Shundan so‘ng yangi kuch bilan kurashni davom ettirgan 
Sheralixon yana Kobul va Qandahomi qayta egallaydi va unga qarshi 
birlikda kurashayotgan Muhammad A’zamxon hamda Muhammad 
Afzalxonning o ‘g‘li Abdurahmonga 1869-yil Zurmatda bo‘lib 
o ‘tgan hal qiluvchi jangda qaqshatqich zarba beradi. Natijada 1869- 
yil boshiga kelib Sheralixon otasi Do‘st Muhammadxon hukmron-


ligi davridagi barcha yerlarni o ‘z hokimiyati ostida birlashtirishga 
muvaffaq bo ‘ladi.
Sheralixon o ‘z hokimiyatining mustahkamligini ta’minlash 
yoMida inglizlar bilan o ‘zaro munosabatlarga aniqlik kiritib ol- 
moqchi bo‘ladi. Shu maqsadda 1869-yil Buyuk Britaniyaning 
Hindistondagi vise-qiroli lord Mayo bilan uchrashadi hamda 
o ‘zaro muzokaralar olib boradi. Mazkur muzokaralar chog‘ida 
amir Sheralixon tomonidan inglizlarga bir qator talablar qo‘yi- 
ladi. Jumladan, inglizlaming afg‘on davlati ichki ishlariga ara- 
lashuviga butunlay chek qo‘yish, Afg‘onistonda Sheralixon va 
uning vorislaridan boshqa hech kimni do‘st sifatida tan olmaslik, 
Sheralixonning o ‘g ‘li Abdullajonni taxt vorisi etib tan olish kabilar 
ilgari suriladi. Afg‘on amirining mazkur talablariga javob berish 
chog‘ida inglizlar Afg‘onistonning ichki ishlariga aralashmaslik 
majburiyatini oladi va afg‘on amiriga moddiy ko‘mak berishga 
va’da beradi.
Hindistondan qaytib kelgan Sheralixon mamlakatda bir qator 
ichki islohotlami amalga oshirishga kirishib ketadi. Uning rejasiga 
ko‘ra, harbiy va soliq sohasida islohot o‘tkaziladi. Bundan maqsad 
davlatning harbiy qudratini oshirish hamda davlat g‘aznasiga 
tushadigan daromadlami keskin ko‘paytirish edi. Biroq, qabila 
yetakchilari va sardorlarining ta’siri hamda hokimiyati kuchli bo‘ lgan 
Afg‘oniston sharoitida buni amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Shu 
sababli amiming bu boradagi sa’y-harakatlari kam samara berdi 
hamda yuqoridagi islohotlardan ko‘zlangan natijalarga erishilmadi. 
Islohotlardan keyin ham mamlakatda qabila yetakchilarining 
mavqei balandligicna qolaverdi. Sheralixonning qabila yetakchilari 
daromadlarini davlat g‘aznasiga topshirishga qaratilgan siyosati 
mahalliy hokimiyat vakillarining noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, 
mamlakat aholisi ixtiyorida bo‘lgan ortiqcha qurol-aslahani ham 
davlatga topshirish bo‘yicha amir tomonidan chiqarilgan farmon 
xalqning keskin noroziligiga olib keldi. Mamlakatni birlashtirish 
siyosatini davom ettirgan Sheralixon 1869-yilda Qunduz va 
1873-yilda Badaxshonni o ‘z davlati tarkibiga qo‘shib oladi.


Buyuk 
Britaniya 
hukumati 
1838-1842-yilgi 
birinchi 
ingliz-afg‘on 
urushidagi 
sharmandali 
magMubiyatni 
unu- 
tib, 1878-yil yana afg ‘on davlatiga nisbatan urush boshladi.
1878-yil noyabrida Hindistonda turgan inglizlar qo ‘shini uch 
yo ‘nalishda A fg'oniston tomon yo ‘lga chiqdi. General S.Broun 
boshchiligidagi 16 ming nafar harbiydan iborat birinchi gu- 
ruh Peshovar shahridan Xaybar dovoni tom onga qarab yo‘lga 
tushgan bo ‘lsa, general F.Roberts boshchiligidagi 6,5 ming nafar 
harbiydan iborat ikkinchi guruh Koxatdan Xost shahriga qarab 
y o ‘lgatushdi. D.Styuart boshchiligidagi 13 ming nafar harbiydan 
iborat uchinchi guruh janubiy yo ‘nalishda harakat qilib, Kvetta 
shahridan Bolan dovoni orqali o ‘tib, Qandahor shahrini egallash 
uchun y o ‘lga chiqdi49.
Xaybar dovoniga yetib kelgan ingliz qo‘shini bilan afg‘on 
qabilalarining ko‘ngilli qo‘shini o ‘rtasida dastlabki to ‘qnashuv 
bo ‘lib o ‘tdi. Garchi ushbu to ‘qnashuvda afg‘onlar yengilgan 
bo‘lishsa-da, ularning son jihatdan bir necha barobar ustun 
dushmanga qarshi mardonavor harakatlari butun mamlakat 
bo‘ylab tarqaldi. General F.Roberts boshchiligidagi qo‘shin ham 
tog‘li hududlarda afg‘onlarning kuchli qarshiligiga duch keldi va 
yuzma-yuz jangda muvaffaqiyat qozona olmagan inglizlar harbiy 
hiyla orqali afg‘onlarni mag‘lub etdilar va Xost shahrini egalladilar. 
Shundan so‘ng darhol Kobul tomonga yo‘lga tushmoqchi bo‘lgan 
general F.Roberts afg‘on zaminining b a’zi qiyinchiliklari tufayli 
o‘z harakatini sekinlashtirishga majbur bo‘ldi.
Ingliz qo‘shinlarining afg‘on zaminiga bostirib kirganidan 
so‘ng amir Sheralixon mazkur bosqinchilik urushini qoralab ingliz 
m a’murlariga murojaat qildi hamda Peterburg shahriga borib, ingliz 
hukumatining bosqinchilik xatti-harakatlari muhokama qilinadigan 
Xalqaro konferensiya chaqirish rejasi borligini ma’lum qildi. 
Sheralixonning fikricha, Peterburgda chaqirilishi lozim boMgan

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish