A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


 Mahomed Khan S. The Life o f Abdur Rahman, Amir o f Afghanistan. Vol



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

52 Mahomed Khan S. The Life o f Abdur Rahman, Amir o f Afghanistan. Vol.
1. - London: John Murray, 1900. - P. 194—196.


Shu bilan birga, amir Abdurahmon inglizlaming A fg‘oniston 
uchun og‘ir b o ‘lgan bir qator shartlarini qabul qildi. Jumladan, 
Gandamak shartnomasida bo‘lganidek, yana A fg‘oniston tashqi 
dunyodan uzib qo‘yildi va mustaqil tashqi siyosat yurgizishdan 
mahrum qilindi. A fg‘onistonning tashqi dunyo va boshqa davlatlar 
bilan bo‘ladigan diplomatik aloqalari Hindistondagi Britaniya 
m a’muriyati orqali olib borilishi lozim edi. Shuningdek, amir 
Abdurahmon bir qator hududlar (Kurram, Pishin va Sibi)ning inglizlar 
qo‘l ostiga o ‘tganligini tan oldi hamda Xaybar va shu kabi bir qator 
muhim tog‘li dovonlami inglizlar nazoratiga berilishiga rozi bo‘ldi53.
Inglizlar yuqoridagi shartlari qatorida yana Afg‘onistondagi 
ingliz qo‘shinining mamlakatdan xavfsiz chiqib ketishini ta’minlab 
berish masalasini ham Abdurahmonxon oldiga qo‘ydilar va bu 
bilan afg‘on xalqidan yana imkoni boricha qasos olishga urindilar. 
Mustamlakachilaming maqsadi mamlakat janubidagi muhim 
strategik shahar - Qandahomi afg‘on davlatidan ajratib olish va o‘z 
mulklariga aylantirish edi.
Afg‘onistonni parchalash b o ‘yicha siyosatiga sobiq amir 
Yoqubxonning vorisi Ayubxon qarshi chiqdi va Qandahomi 
mustamlakachilardan qaytarib olish bo ‘yicha muqaddas umsh e ’lon 
qildi. 0 ‘sha paytda Hirotni egallab turgan Ayubxon Qandahorga 
yurish boshladi. 1880-yilning 27-iyulida Ayubxon yetakchiligidagi 
afg‘on jangchilari hamda general Berrouz boshchiligidagi ingliz 
armiyasi o ‘rtasida Qandahordan 55 kilometr uzoqlikdagi Mayvand 
qishlog‘i yaqinida hal qiluvchi jang bo ‘lib o‘tdi. Jangda mardlarcha 
kurashgan afg‘onlar uyushgan ingliz armiyasini m ag‘lub etdi va 
inglizlaming qolgan qutgan qismi Qandahorga chekinishga majbur 
b o ‘ldi. Mayvand jangi inglizlaming “afg‘onlar faqat partizanlik 
urushi olib bora oladi va hech qachon dushman bilan ochiq jang 
maydonida jang qilishga yuragi dov bermaydi”, degan gapiga mu- 
nosib javob bo‘ldi.
Mayvand jangidagi m ag‘lubiyatdan so‘ng sarosimaga tushgan 
inglizlar Qandahordagi ingliz gamizoniga yordam berish uchun


shoshilinch choralami ko‘rdilar va Kobuldan general F.Roberts 
boshchiligidagi kuchli ingliz qo‘shini qisqa muddatda Qandahorga 
yetib keldi. Ayubxonning Qandahomi qamal qilish bo ‘yicha sa’y- 
harakatlari naf bermadi. Chunki uning qo‘shini saflari Mayvand 
jangida berilgan qurbonlar tufayli siyraklashgan va aksincha, 
inglizlaming mavqei esa yangi kuchlar evaziga birmuncha 
kuchaygan edi. Qandahor qamali hech bir samara bermagach, 
Ayubxon o ‘z qo‘shini bilan Hirotga qaytadi va Hirot xalqi uni 
dushmanni m ag‘lub etgan g‘olib hukmdor sifatida qarshi oldi.
Inglizlaming qanday bo‘lmasin Qandahomi o ‘z nazoratlarida 
tutib turish bo‘yicha harakatlari samarasiz tugadi va bu harakat 
katta mablag‘ hamda qurbonlami talab qilar edi. Shu sababli, 
ingliz hukumati Qandahor shahri va uning atrofini ham amir 
Abdurahmonga topshirishga qaror qildi.
1881-yilning aprelida butun ingliz gamizoni Qandahor 
shahridan olib chiqib ketildi va shahar amir Abdurahmonning 
vakillariga topshirildi. Shu tariqa ikki yarim yildan ortiq vaqt 
mobaynida davom etgan ikkinchi ingliz-afg‘on umshi tugadi. Bu 
safar ham afg‘on zaminiga bostirib kirgan inglizlaming 40 ming 
kishilik qo‘shini muvaffaqiyatsizlikka uchradi va 1881-yilda cheki- 
nishga majbur bo‘ldi. Mazkur umshdan so‘ng Afg‘oniston o ‘z ichki 
siyosatini mustaqil amalga oshirsa-da, davlatning tashqi siyosati 
to ‘laqonli ravishda Buyuk Britaniya nazorati ostida edi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish