A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

57 0 ‘sha manba. - B. 208.
58 Sykes P. A History o f Afghanistan. Vol. 2. - London: Macmillan & Co.
Ltd, 19 4 0 .- P . 166-168.


mumkin bo‘lgan bosqin va urushda ham mardonavor turib mamla­
kat shimolini himoya qilishi lozim edi.
Qandahor atrofida istiqomat qilib kelayotgan durroniy 
qabilalari mamlakat shimolidagi Marv vohasi va Bodg‘is atroflariga 
ko‘chirilishi belgilab qo‘yildi. Biroq, durroniy qabilalari o ‘zlariga 
qulay bo‘lgan yashash joylarini boshqa joyga almashtirishni 
istashmas edi va amirning ushbu qaroriga qarshi norozilik 
bildirishadi. Shundan so‘ng amir mulozimlari durroniylami maj- 
buriy tarzda ko‘chirtirib, jami bo‘lib 1500 nafarga yaqin oila 
mamlakat shimoliga ko‘chirtirilib yuborildi59. Shuningdek, amir 
Abdurahmon Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi o ‘zbek va tojik 
mahalliy hokimliklari, y a’ni xonliklarini ham o‘z davlati tarkibiga 
qo‘shib olish bo‘yicha qat’iy harakatlar olib bordi. Amirning bun­
day qat’iy harakatlari uchun 1887-yilgi Rossiya imperiyasi bilan 
o ‘zaro chegaralami belgilab olish bo‘yicha shartnoma asos b o iib
xizmat qildi. Shu bilan birga, ingliz hukumati amir Abdurahmonni 
faqat shimol tomonga, y a’ni Rossiya imperiyasining 0 ‘rta Osiyo- 
dagi mustamlakalari tomon o‘z yerlarini kengaytirishga da’vat 
etar va bu orqali Abdurahmonni Rossiya imperiyasi bilan urush- 
tirib qo‘yishni ham ko‘zlab turar edi. Ammo ehtiyotkor amir 
Abdurahmon inglizlaming bu harakatlari zamirida aslida nima 
yotganini yaxshi anglardi.
1885-yil 30-mart kuni, y a’ni hali o‘zaro chegaralami belgilash 
b o ‘yicha ras-afg‘on bitimi imzolanishidan oldin, Marv yaqinidagi 
Pendi vohasida shimol tomondan kirib kelgan rus qo‘shinIari 
bilan afg‘on amiri qo‘shinlari to‘qnashadi. Ushbu to ‘qnashuvni 
Hirot shahrida joylashgan hamda Rossiya imperiyasining 0 ‘rta 
Osiyodagi mustamlakalari va afg‘on davlati o‘rtasidagi chegara­
lami belgilab olishda afg‘on hukumatiga ko‘mak ko‘rsatayotgan 
ingliz komissiyasi (tarkibida harbiy b o ‘linma ham bor) kuzatib 
turadi. Rossiya armiyasi afg‘onlarga nisbatan yaxshi qurollangan 
b o ‘lib, to‘qnashuv paytida yog‘ib turgan yomg‘ir afg‘on askarlariga


poroxni o‘t oldirishga ham to ‘sqinlik qilar, yomg‘irda namlanib 
qolgan porox o ‘t olmas va tabiiy ravishda afg‘onlaming o ‘t ochi- 
shini mushkullashtirar edi. Garchi inglizlar mazkur to ‘qnashuvni 
kuzatib turgan bo‘lsa ham afg‘on armiyasiga hech qanday yordam 
ko ‘rsatmaydi. Vaholanki inglizlar afg‘on davlatiga bo ‘ladigan har 
qanday tashqi hujum va agressiyada tezda yordam qo‘lini cho‘zish 
majburiyatini o ‘z zimmalariga olishgan edi. Pendi vohasidagi 
to‘qnashuvda garchi, afg‘on qo‘shini m ag‘lubiyatga uchragan 
bo‘lsa-da, rus hukumati o ‘z muvaffaqiyatini rivojlantirib, afg‘on 
davlati ichkarisiga kirib borishdan o‘zini tiyadi hamda vujudga 
kelgan mojaroli vaziyatni diplomatik yo‘llar orqali hal etishga 
urinadi. Amir Abdurahmon ham ushbu mojaroli vaziyatda bosiqlik 
bilan harakat qilib, ingliz tomonining Rossiya imperiyasiga qarshi 
urush boshlash to ‘g ‘risidagi chaqirig‘iga uchmadi va Pendi vohasini 
rus davlati tarkibiga qo‘shib olinishiga rozi b o ‘ldi.
Rossiya hukumati bilan 1885-yilgi kichik to ‘qnashuvli vaziyat 
bartaraf etilgach, amir Abdurahmon barcha diqqat-e’tiborini ingliz 
mustamlakachilari bilan bevosita chegaradosh bo‘lgan hududlardagi 
qaltis vaziyatga qaratadi. Bu harakati bilan amir ushbu hududlarda 
ham o ‘z obro‘sini birmuncha mustahkamlashga, shuningdek, b a’zi 
hududlami o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olishni ham rejalashtirgan 
edi. Ammo, Abdurahmonning bu boradagi rejalariga inglizlar tish- 
timoqlari bilan qarshilik ko‘rsatdilar. Chunki, inglizlar bu vaqtga 
kelib, afg‘on davlati bilan chegaradosh barcha hududlami allaqa- 
chon egallab, bevosita afg‘on davlati tarkibidagi b a’zi hududlarga 
ham ko ‘z olaytira boshlagan edilar. Jumladan, 1883-yilda Kvetta 
shahrini batamom bosib olgan ingliz mustamlakachilari 1887-yilda 
Pishin va Sibi hududlarini ham to‘la egalladi. 1889-yilda Zxob 
hududi va Gilgit ham inglizlar nazoratiga o ‘tgan bo‘lsa, 1891-yilda 
Xunza va Nagar hududlari ham ingliz mustamlakachilari qo‘liga 
o ‘tdi.
Afg‘on davlati va inglizlar o‘rtasida Dir, Svat va Bajaur 
hududlarini hamda afg‘onlaming turi qabilasi yashaydigan 
hududlami, shuningdek, ozod qabilalar hududini o ‘z ta’sir doirasiga


olish uchun o ‘zaro kurash ketadi. Inglizlaming bosqinchilik 
harakatlariga qarshi uzoq muddat kurashib kelgan ushbu hududlarda 
istiqomat qiluvchi aholi amir Abdurahmonni o ‘zlarining xaloskori 
deb bilishar edi. Abdurahmon ham XIX asr 80-yillari oxiridan ush­
bu hududlarda yashovchi bir qator qabilalar yetakchilari (maliklar 
va xonlar) bilan bitimlar tuzib, ular ustidan o‘z hukmronligini 
yuritishga harakat qildi. Biroq, inglizlar afg‘on amirining xatti- 
harakatlariga qarshi afg‘on qabilalarini amirga bo ‘ysunmaslikka 
da’vat etar, turli yo‘liar bilan amiming sa’y-harakatlarini chippakka 
chiqarishga intilishar edi. Jumladan, 1892-yilning oxiri va 1893-yil- 
ning boshlarida amir Abdurahmon ozod qabilalar hududidagi b a’zi 
qabilalar qo‘zg‘olonini bostiradi va ushbu qabilalar zimmasiga 
muayyan soliqlami afg‘on davlati g ‘aznasiga to ‘lashni yuklaydi. 
Inglizlar esa, ushbu qabilalarga agar ular ingliz hukumatini tan 
olsalar har qanday soliqlardan ozod etilishlari to ‘g‘risida v a’da 
beradilar60.
Abdurahmon ham o ‘z harakatlarida ehtiyotkor bo‘lib, ushbu 
hududlarda keskin harakatlar olib borsa, bunday holat yana Buyuk 
Britaniya bilan yangi urush keltirib chiqarishi mumkinligini yaxshi 
anglar edi. Amir Abdurahmon Afg‘onistonning sharqida joylashgan 
tog‘li Kofiriston hududini ham o‘z davlati tarkibiga qo‘shib olishni 
maqsad qiladi. Bir necha asrdan buyon ushbu tog‘li hududda 
istiqomat qilib kelayotgan va butparastlikka qattiq e ’tiqod qiluv­
chi Kofiriston aholisi orasiga islom dini aqidalari kirib bormagan 
edi. Hududi qariyb 10 ming kvadrat kilometmi tashkil etuvchi ush­
bu hududga islom dini Afg‘oniston bo ‘ylab tarqalgan davrlardan 
so‘ngra hech bir hukmdor kirib bormagan hamda mahalliy aholi is­
lom diniga e ’tiqod qilmas va shu boisdan ushbu hudud Kofiriston, 
ya’ni kofirlar yashaydigan joy deb atalar edi.
1895-1896-yillarda amir Abdurahmon Kofiriston hududini 
egallash uchun to ‘rt yo‘nalishda: shimoldan Badaxshon, g‘arbdan 
Panjsher, sharqdan Asmar va janubdan Lag‘mon tarafdan qo‘shin


jo ‘natadi. Abdurahmonning fikricha, Kofiristonga aynan qish faslida 
yurish qilish m a’qul edi. Chunki, qor bilan qoplangan tog‘li hudud 
aholisi uchun biror yerga qochishga imkoniyat qoldirmasdan ulami 
bo‘ysundirish lozim edi. Ko‘p sonli va yaxshi qurollangan amir 
qo‘shinlarining qo‘qqisdan bergan zarbasiga Kofiriston aholisi 
o‘zining juda oddiy qurollari bilan munosib javob bera olmaydi va 
tezda magMub bo‘ladi hamda Abdurahmon hokimiyatini tan oladi.
Ushbu yurish natijasida Kofiriston aholisi yoppasiga islom 
diniga majburan o‘tkaziladi va Kofiriston atamasi yangi “Nuriston” 
atamasi, ya’ni “islom nuri kirib borgan joy” bilan almashtirilib, 
mahalliy aholi ham nuristonliklar deb atala boshlaydi. Mahalliy 
aholini islom dini arkonlari bilan yaqindan tanishtirish uchun ushbu 
hududga ko‘plab mulla va ruhoniylar jo ‘natiladi hamda bir necha 
jo m e’ masjidlari qad ko‘taradi.
1893-yilda ingliz hukumati amir Abdurahmonni ozod qabilalar 
hududiga bo‘lgan da’vosidan voz kechishga chaqirdi. Bu borada 
amir oldiga qat’iy talab qo‘yish uchun ikkinchi ingliz-afg‘on uru- 
shi qahramoni general F.Roberts boshchiligida maxsus missiya 
tayyorlandi va mazkur missiya katta qo‘shin hamrohligida Kobulga 
borib inglizlaming ushbu qat’iy talabi (ultimatum)ni amirga 
yetkazishi lozim edi. Ammo Afg‘oniston bilan urush Rossiya im- 
periyasi bilan ham munosabatlami chigallashtirib yuborishi mum- 
kinligi, shuningdek, chegara hududlaridagi afg‘on qabilalari orasida 
inglizlarga qarshi norozilik harakatlari avj olishidan xavotirga 
tushgan inglizlar afg‘on amiriga qat’iy talab qo‘yish rejasidan voz 
kechadilar. Mavjud vaziyatni afg‘on amiri bilan muhokama qilish 
uchun Kobulga Hindistondagi Britaniya m a’muriyatida Tashqi 
ishlar kotibi sifatida faoliyat yuritgan Genri Mortimer Dyurand 
(1850-1924) boshchiligida diplomatik missiya yuboriladi.



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish