A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Lambah S.K. The Durand Line / Policy Papers №4. - New Delhi. Aspen



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

61 Lambah S.K. The Durand Line / Policy Papers №4. - New Delhi. Aspen
Institute India. 2011. - P. 4-6.


ba’zi joylarda 70 kilometrdan ortiqni tashkil etuvchi Vahan koridori 
inglizlaming talabi bilan afg‘on davlati tarkibiga qo‘shib berildi.
Abdurahmon M.Dyurand tomonidan tuzilgan bitimni imzolar 
ekan, bu bilan ozod qabilalar hududlarida yashovchi afg‘on 
qabilalarining ingliz hukumati boshqaruviga berilishiga rozi 
bo‘ladi. Afg‘on amirining bu xatti-harakati vaqtinchalik chekinish 
bo‘lib, Abdurahmon imkoniyat bo‘ldi deguncha ushbu hududlami 
yana inglizlardan qaytarib olishni ko‘zlar edi. Mazkur bitimning 
imzolanishi natijasida jami bo‘lib 100 ming kvadrat kilometrli 
maydonga ega hududlar rasman afg‘on davlati tarkibidan ajratib 
olindi.
1893-yil 13-noyabrda Kobul shahrida bo‘lib o ‘tgan “durbar” -
afg‘on davlatining oliy yig‘ini (unda barcha yetakchi qabilalaming 
sardorlari, yirik amaldorlar va diniy arboblar ishtirok etgan)da ozod 
qabilalar hududida yashovchi barcha afg‘on qabilalari yetakchilariga 
amir Abdurahmon va M.Dyurand tomonidan imzolangan bitimning 
nusxalari topshirildi va barcha qabila yetakchilari ham ushbu bitimga 
o ‘z muhrlarini bosib, kelgusida unga qat’iy amal qilishlari hamda 
ingliz hukumatiga so‘zsiz bo‘ysunishlari xususida va’da beradilar. 
Biroq, bu bilan afg‘on qabilalari to ‘laqonli ravishda inglizlarga 
bo‘ysunib kelganlar deb xulosa chiqarib bo‘lmaydi. Ayniqsa, 
Vaziriston hududida yashovchi qabilalar Dyurand bitimidan noro- 
ziligini darrov namoyon qilib, 1894-yilda o ‘z hududlariga kelgan 
ingliz qo‘shiniga qaqshatqich zarba beradilar. Shundan so‘ng 
momand qabilasi orasida ham norozilik avj oladi.
Abdurahmon va M.Dyurand o ‘rtasida imzolangan bitimda 
momand qabilasi yashaydigan hududlar teng iKkiga boiingan 
holda belgilangan b o iib , momandlaming bir qismi afg‘on davlati 
tarkibida, ikkinchi qismi esa ingliz mustamlakachilari hukmron­
ligi ostida istiqomat qilishi bitim hujjatlarida belgilab qo‘yilgan 
edi. Biroq, mazkur bitim asosida chegara belgilarini o ‘matish 
uchun momandlar istiqomat qiladigan hududga kelgan ingliz 
ma’murlari momandlaming katta qarshiligiga duch keladi. Jips 
holda istiqomat qilib kelgan momandlar aslo ikkiga bo‘lingan


holda yashashni istashmas va ular o ‘rtasida chegara o ‘tkazilishiga 
norozilik bildirishadi. Shunda ingliz m a’murlari Dyurand biti- 
mi bandlarini buzib, momandlar yashaydigan barcha hududlami 
o ‘z boshqaruvlariga olishga qaror qiladilar va afg‘on davlatining 
ancha ichkarisiga kirgan holda chegara belgilarini o ‘matishga 
kirishib ketadilar. Hatto, ingliz m a’murlari momandlami butkul 
Britaniya boshqamviga berilishi xususida amir Abdurahmon bilan 
ham kelishib olganliklari va amir bunga rozi ekanligi to‘g‘risida 
momandlarga yolg‘on m a’lumot beradilar.
Amir Abdurahmon inglizlaming bu kabi navbatdagi provo- 
katsiyasidan nihoyatda g‘azablangan bo‘lsa-da, bosiqlik bilan hamda 
diplomatik yo‘llar orqali hal etishga urinadi va Hindiston vise-qiroli 
nomiga yozgan xatiga bu haqda ma lum qiladi. Amir Abdurahmon 
inglizlar bilan chegaralami belgilashda ishtirok etayotgan o ‘z 
amaldorlariga ham nihoyatda ehtiyotkor bo‘lishni va inglizlaming 
o ‘zaro urush keltirib chiqarishga qaratilgan turli nayranglariga 
uchmaslikni qattiq tayinlaydi. Shu bilan birga, momand qabilasi 
istiqomat qiladigan Miti vodiysini ham qattiq himoya qilishni va 
ushbu vodiyni inglizlarga bo‘shatib bermaslikni o ‘z amaldorlariga 
tayinlaydi. Amir amaldorlari inglizlaming Miti vodiysini bo‘shatib 
berish bo‘yicha qo‘ygan talablariga qarshi momand qabilasi 
vakillaridan ko‘ngilli lashkar tuzib, o‘z pozitsiyalarini himoya 
qiladilar va inglizlarga yon bermaydilar. Garchi, ingliz qo‘shini 
va afg‘on ko‘ngillilari o‘rtasida bir necha to‘qnashuvlar bo‘lsa- 
da, inglizlar muvaffaqiyatga erisha olmaydilar va afg‘onlar o ‘z 
pozitsiyalarini mardonavor himoya qiladilar.
Dyurand bitimidan yuqoridagi kabi norozilik harakatlari yana 
Chitrol, Dir va Svat hududlarida ham ro ‘y beradi. Ushbu hududlar- 
dagi o‘zaro kurashayotgan mahalliy hukmdorlaming ba’zilari 
afg‘on amiri tomonida bo‘lsalar, b a’zilari ingliz mustamlakachilari 
xizmatiga kirib, o ‘z mavqelarini mustahkamlab olish payida edilar. 
Ushbu hududlami ham bo‘ysundirish oson emasligini anglab yetgan 
ingliz hukumati 1895-yilda qurol kuchi bilan ushbu hududlami bo­
sib olishga kirishadi va bosib olingan hududlarda yangi m a’muriy-


hududiy birlik “Dir, Svat va Chitrol Agentligi” tuzilganligi e ’lon 
qilinadi.
Shu tariqa, 1893-yilda inglizlar yangi urush ochish xavfi ostida 
amir Abdurahmonni afg‘on davlatining Britaniya Hindistoni bilan 
chegarasini aniqlab beruvchi - “Dyurand chizig‘i” deb atalmish 
bitimni imzolashga majbur qildilar. Mazkur bitim asosida Britaniya 
Hindistoni tarkibiga sharqiy pushtun qabilalari majburan kiritildi va 
bu bitim hozirgacha A fg‘oniston tomonidan tasdiqlanmagan hamda 
Pokiston bilan jiddiy nizolarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish