AFG‘ONISTON AMIR ABDURAHMONNING
HUKMRONLIGI DAVRIDA
Uzoq muddatli urush xalqning tinkasini quritib, butun mam
lakat bo‘ylab savdo va hunarmandchilik izdan chiqdi. Afg‘on
qabilalarining markaziy hokimiyatga nisbatan ishonchi susaygan
sharoitda hokimiyatga kelgan amir Abdurahmon oldida mamlakatni
birlashtirish, davlat boshqaruvi sohasida keskin o ‘zgartirishlami
amalga oshirish, xalq hamda mahalliy hokimlar oldida markaziy ho-
kimiyatning ta’siri va obro‘sini qayta tiklash hamda oshirish kabi bir
qator jiddiy masalalar turar edi. Inglizlar mamlakatni tark etib, Qan
dahor shahrini amir Abdurahmon boshqaruviga topshirgan bo‘lsalar-
da, bu shaharga nisbatan Ayubxon o‘z da’vosidan kechmagan edi.
1881-yil iyunida Qandahomi egallash uchun kurash boshlagan
Ayubxon amir Abdurahmon yuborgan qo‘shinni m ag‘lub etadi va
shahami egallaydi. Qandahorda Ayubxonni qo‘llab-quvvatlovchi
kuchlar ko‘p bo‘lib, ular Ayubxonni inglizlarga qarshi kurashgan
haqiqiy kurashchi “g ‘oziy” sifatida kutib oladilar.
Vaziyatning izdan chiqishiga yo‘l bermaslik maqsadida amir
Abdurahmon katta qo‘shin bilan Qandahorga qarab yo‘l oladi.
1881-yilning 22-sentabrida Qandahor ostonasida ikki tomon -
amir Abdurahmon va Ayubxon qo‘shinlari o ‘rtasida hal qiluvchi
jang bo‘lib o‘tadi. Jangda qo‘li baland kelgan amir Abdurahmon
Qandahomi egallaydi va Ayubxonni qo‘llab-quwatlovchi kuchlami
yo‘q qilib, shaharda qat’iy tartib o ‘matadi.
Qandahor uchun kurashda m ag‘lubiyatga uchragan Ayubxon
o ‘z mulki bo‘lgan Hirot shahriga ham bora olmaydi. Chunki, amir
Abdurahmon Qandahor yurishiga chiqish oldidan Ayubxon uchun
muhim ahamiyatga ega Hirot shahriga ham Abdulquddusxon
yetakchiligida qo‘shin jo ‘natadi. Amir Abdurahmonning ushbu
qo‘shinni Hirotga j o ‘natishidan maqsad Ayubxonni Qandahor
shahriga bo ‘lgan da’vosidan voz kechishga majbur etish hamda
uning diqqatini ikkiga bo‘lib yuborish edi. Hirotni egallash uchun
dastlab muvaffaqiyatga erisha olmagan Abdulquddusxon Qandahor
shahridan Ayubxonning m ag‘lubiyati haqida xabar yetib kelishi
bilan o ‘z harakatlarini jonlantirib yuboradi hamda Hirot shahrida
Ayubxon qoldirib ketgan qo‘shin jangsiz Abdulquddusxonga tas-
lim bo‘ladi va amir Abdurahmon hukmronligini tan oladi. Shu tariqa
amir Abdurahmon ham Qandahor, ham Hirot shaharlarini qo‘lga
kiritadi va taxt uchun asosiy da’vogar bo‘lmish Ayubxon kurashni
to ‘xtatib, Eronga ketishga majbur bo ‘ladi.
Amir Abdurahmon mamlakatni birlashtirish siyosatini davom
ettirib, mahalliy hududlarda markaziy hokimiyatga bo‘ysunmay
kelayotgan bir necha mayda hokimlik va mahalliy qabila yetakchi-
lari qo‘shinlarini mag‘lub etadi, joylarda o ‘ziga b o ‘ysunmay kela-
yotgan hamda muayyan ta ’sir kuchiga ega qabila yetakchilari, ing
lizlar bilan b o ‘lgan jang qahramonlari va diniy yetakchilami qatl
ettiradi. 0 ‘z hokimiyatini har tomonlama mustahkamlash maqsa-
dida amir Abdurahmon o ‘z amakisi sobiq amir Sheralixonning bir
necha vorislarini mamlakatdan chiqib ketishga majbur etadi.
Amir Abdurahmon tashqi siyosatda Rossiya imperiyasi va
Buyuk Britaniya o ‘rtasidagi kelishmovchiliklar hamda bahsli
masalalardan unumli foydalanishga harakat qildi. Shu bilan birga,
amir o‘zining mazkur ikki buyuk qo‘shnisi bilan nihoyatda ehtiyot-
kor munosabatda bo‘lishga va o ‘z mustamlakachilik siyosatini
tobora kuchaytirayotgan ushbu ikki yetakchi davlatlaming Afg‘o-
niston bilan munosabatlarini chigallashtirmaslikka intilib keldi.
Mamlakatning tashqi dunyodan uzib qo‘yilishi qaysidir m a’noda
amir Abdurahmonga ham m a’qul edi. Amir shu yo ‘l bilan o‘z
mulklariga turli buzg‘ unchi g ‘oyalaming kirib kelishini oldini olish
va o‘z xalqini butkul itoatda tutishni ko‘zlar edi.
Chet el fuqarolarining A fg‘onistonga kirishi amir tomonidan
qat’iy cheklangan bo‘lishi bilan bir qatorda afg‘on davlati fuqa
rolarining ham xorijga chiqishi qat’iy taqiqlangan edi. Biror-bir
fuqaroning chet elga chiqishi uchun maxsus ruxsatnoma (“rohdori”)
talab etilardi va u chet eldan A fg‘onistonga qaytmasa uning barcha
qarindosh-urug‘lari qiynoqqa duchor etilib, qamoqqa tashlanardi.
Shu bilan birga, fuqarolaming mamlakat ichida harakatlanishi ham
politsiyaning nazorati ostiga olingan edi.
Mamlakat iqtisodiyotini k o ‘tarish va davlat g ‘aznasiga
tushadigan daromad hamda soliqlami tartibga solish bo‘yicha
olib borilgan sa’y-harakatlar o ‘z samarasini berdi. Natijada davlat
g ‘aznasiga kelib tushadigan tushum miqdori oshdi va moli-
yaviy jihatdan yetarli darajada ta ’minlangan amir kuchli davlat
boshqaruv apparatini tashkil etdi. Amir Abdurahmonning bu
boradagi muvaffaqiyatlari qatorida kuchli politsiya hamda maxfiy
xabarchilar faoliyatining yo‘lga qo‘yilganligi bo‘ldi. Kuchli politsiya
orqali xalqni hamda mahalliy darajadagi yetakchilami itoatda tutib
turishni m o‘ljallash bilan bir qatorda amir butun mamlakat bo ‘ylab
yuruvchi maxfiy xabarchilar tizimini ham yo‘lga qo‘yadi. Maxfiy
xabarchilar shaxsan amir Abdurahmonning o‘ziga mamlakatdagi
ahvol xususida axborot berib turar hamda amir o‘z amaldorlarining
mamlakatdagi vaziyat to‘g‘risidagi hisobotlarini maxfiy xabarchilar
orqali qaytadan tekshirib ko‘rar edi.
Amir Abdurahmon mamlakatda islom ruhoniylari, mullalar va
ulamolaming ta ’siri hamda nufuzi balandligini inobatga olib, ularga
ham davlat g ‘aznasidan muayyan miqdorda maosh belgilaydi va
shu orqali din peshvolarini ham o ‘z nazoratida ushlashga harakat
qiladi. Amir Abdurahmon hukmronligi davrida bir qator afg‘on
qabilalari muayyan darajadagi imtiyozlarini saqlab qoldilar. Ushbu
imtiyoz evaziga ular davlat oldida tegishli majburiyatlar (masalan,
savdo yo‘llarini qo‘riqlash, amir qo‘shiniga harbiy bo‘linma yubo-
rish)ni bajarar edilar.
Mamlakatda savdo-sotiqni yanada rivojlantirish uchun turli
shahar va hududlami bog‘lab turuvchi karvon yo‘ Harming xavfsiz-
ligini ta ’minlash zarur edi. Shu maqsadda amir keskin choralar
ko‘radi va yo‘llarda o ‘g ‘rilik, qaroqchilik va tovlamachilik bilan
shug‘ullanadigan kimsalarga nisbatan shafqatsiz jazo tayinlanadi.
Qo‘lga tushgan o ‘g ‘ri va qaroqchilar temir qafaslarga solinib
y o ‘l bo ‘yidagi baland yog‘ochlarga osib qo‘yilar va ular issig‘u-
sovuq hamda ochligu-chanqoqlikdan qiynalib jon berayotganligi
boshqalarga o‘m ak bo‘lishi lozim edi54. Savdo-sotiqning rivoji
uchun yana butun mamlakat b o ‘ylab yagona o‘lchov birliklarini
joriy etish tadbiri ham amalga oshirildi. Shuningdek, yagona pul bir-
ligi ta’sis etildi va Kobulda kumush hamda mis tangalar zarb etadigan
pul zarbxonasi faoliyat yurita boshladi. Bu davrda mamlakat hudu
di bo‘ylab o ‘tuvchi tranzit savdoga katta boj qo‘yilganligi sababli
Hindistondan mamlakatga kirib keladigan tovarlaming hajmi
kamayib ketdi. Shuningdek, Rossiya imperiyasi tomonidan Buxo-
ro amirligi va Xiva xonligi vassal davlatga aylantirilgach, ushbu
davlatlaming bojxona tizimi ham podsho hukumati nazoratiga
o‘tkazildi hamda ms hukumati Afg‘oniston bilan b o ‘ladigan savdoga
ham katta boj joriy etdi. Shu sababli Hindiston va Afg‘oniston
hamda 0 ‘rta Osiyo bo ‘ylab o ‘tuvchi asriy savdo yo‘llari XIX
asming oxiridan boshlab o ‘z ahamiyatini yo'qota boshladi va bora-
bora butkul to ‘xtab qoldi. Savdo-sotiqdan, xususan tashqi savdodan
katta daromad kelishini yaxshi anglagan amir Abdurahmon garchi
tashqi siyosiy faoliyati butkul cheklangan bo‘lsa-da, tashqi iqtisodiy
(savdo) munosabatlarda o ‘zi uchun nihoyatda daromadli faoliyat
yuritdi. Jumladan, amir bir qator yetakchi xomashyo mahsulotlari
(qorako‘l terisi)ni A fg‘onistondan chetga eksport qilish bo‘yicha
yagona monopoliya o‘matdi.
Amir Abdurahmonning davlat boshqamvini mustahkamlashga
oid islohotlari butun A fg‘oniston uchun katta ahamiyat kasb etdi.
Jumladan, o ‘tkazilgan islohotga ko‘ra, barcha markaziy boshqamv
organlari ikkiga bo ‘lindi. Bulardan birinchisi “Nizomiy” deb ataluv-
chi davlatning harbiy yo‘nalishdagi siyosatini amalga oshirishga
m as’ul bo‘lgan idora va muassasalar jamlanmasidan iborat bo‘lsa,
ikkinchisi “Mulkiy” deb ataluvchi davlatdagi fuqarolik ishlari bilan
bog‘liq bo ‘lgan qolgan sohalar (moliya, bojxona, jamoat tartibini
saqlash, adliya, jamoatchilik ishlari, tibbiyot, ta ’lim, transport,
savdo va pochta)ni qamrab oluvchi davlat idoralari jamlanmasi
edi55.
Amir Abdurahmonning davlat boshqamvini mustahkamlashga
oid islohotlari bilan bir qatorda mahalliy boshqamv sohasidagi
islohotlari ham diqqatga sazovordir. Bu borada Abdurahmon har
bir shaharda hokim, qozi (sud ishlariga m as’ul), kutvol (politsi-
ya boshqarmasi boshlig‘i), kafila boshi (savdo va karvon ishlari
boshlig‘i), soliq, moliya ishlariga m as’ul mansabdorlardan iborat
boshqamv tizimini vujudga keltirish y o ii bilan mahalliy boshqamv
organlari vakolatlarini birmuncha kengaytiradi56.
Do'stlaringiz bilan baham: |