AFG‘ONISTONNING ROSSIYA VA XITOY BILAN
MUNOSABATLARI
XX asr 90-yillari ikkinchi yarmida Rossiya “Tolibon”
harakatiga qarshi kurashib kelgan Shimoliy Alyansga homiylik qilib
keldi. XX asr 90-yillari oxirida Afg‘onistondan tarqalayotgan diniy
ekstremizm, noqonuniy qurol-yarog' va narkotik moddalarining
tarqalishi xalqaro xavfsizlikka, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi
(RF)ning janubiy chegaralarida jiddiy tahdidning kuchayishiga olib
keldi. 0 ‘z navbatida, RP o'z tashqi siyosatida ushbu muammoni
adolatli ravishda hal qilishga harakat qila boshladi.
XXI asr boshidan boshlab Rossiyaning Afg'oniston bo'yicha
strategiyasida quyidagi yo'nalishlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
- siyosiy (Afg'oniston tashqi siyosatiga ta’sir etish mexanizmini
yaratish, mamlakatning siyosiy neytraliteti va hududiy yaxlitligini
saqlash);
- iqtisodiy (xalqaro savdo, tranzit loyihalari, istiqbolli bozorga
ega bo'lish);
- xavfsizlik (xalqaro terrorizm va narkotrafik tahdidi).
Rossiya-Afg'on munosabatlarining yangi
davri
AQSH
boshchiligidagi koalitsion qo'shinlaming 2001-yil sentabrda
Afg'onistonga kirib kelganidan keyin boshlandi. Rasmiy Moskva
AQSHning “Tolibon” hukumatiga qarshi harakatlarini qo'llab-
quvvatlab, mamlakatda NATO yetakchiligidagi Xavfsizlikka
Ko'maklashuvchi Xalqaro Kuchlaming shakllantirilishiga ham ro-
zilik bildirdi. Keyinroq esa Rossiya AQSH tomonidan Afg'onistonda
xavfsizlikka daxl qiluvchi har qanday terroristik va ekstremis-
tik kuchlarga qarshi harbiy operatsiyalar o'tkazilishiga, tranzit
146
About Resolute Support Mission. North Atlantic Treaty Organization
official site, http://www.rs.nato.int/mission.html
yo‘laklardan foydalanishga, terrorizmga qarshi preventiv chora-
tadbirlaming amalga oshirilishiga xayrixoh ekanligini bildirdi.
2001-yil oxirida Afg‘onistonda “Tolibon” hukumatiga barham
berilgach hamda yangi afg‘on hukumati ish boshlagach, rasmiy
Moskva Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlami qayta tiklashga
harakat qila boshladi va shu maqsadda Rossiya Federatsiyasi o‘z
tashqi siyosatida afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha samarali choralami
ishlab chiqa boshladi. Rossiyaning bunday siyosat olib borishdan
asosiy maqsadi Afg‘onistonni to ‘ liq AQSHning nazoratiga tushib
qolishini xohlamasligi bilan bog‘ liqdir.
2002-2005-yillarda Rossiya Afg‘onistonda o‘zining ta’sirini
saqlab qolish maqsadida 200 mln. AQSH dollariga teng harbiy-
texnikaviy yordam sifatida Kobul aeroportini himoya qilish uchun
havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi va aloqa vositalari, shuning
dek, 8 ta vertolyot va 4 harbiy transport samolyoti yetkazib berdi.
Bundan tashqari, Rossiya tomoni har yili 300 nafar afg‘on harbiy
xodimlarini Rossiyaning oliy harbiy bilim yurtlarida malaka oshiri-
shi uchun imkoniyatlar yaratib berdi.
2005-yildan keyin Rossiya Federatsiyasi va Afg‘oniston
o‘rtasidagi munosabatlarda sustlashishi ko‘zga tashlanadi va
rasmiy Moskva tomonidan afg‘on hukumatiga berilayotgan
harbiy-texnikaviy yordam to‘xtatildi. Biroq, ushbu davlatlar
o‘rtasidagi munosabatlaming yangi pog‘onaga ko‘tarilishida
2006-2007-yillarda tomonlar o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlar
muhim rol o‘ynadi. Ushbu uchrashuvlar davomida Rossiya
hukumati Afg‘onistonning sobiq Sovet Ittifoqi oldidagi qarzidan
voz kechishini maTum qildi va o‘z navbatida rasmiy Kobul ros-
siyalik tadbirkorlarning Afg‘onistondagi faoliyatini kafolatlashni
o‘z zimmasiga oldi. Ushbu muzokaralar yakuniga ko‘ra, Rossiya
2007-yilda Afg‘onistonning 11 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi
qarzidan voz kechdi.
2007-yil RF Savdo-sanoat palatasi huzurida rus-afg‘on ish-
chi kengashi tuzildi, o‘sha yilning oktabr oyida esa Afg‘oniston
investitsiya agentligi va RF Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida “Ikki
tomonlama hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Memorandum
imzolandi. 2008-yildan e’tiboran Rossiya Afg‘onistonga o‘zining
iqtisodiy yordamini oshira boshladi. Xususan, o‘sha yili beg‘araz
yordam sifatida 15 ming tonna bug‘doy va 4 mln. AQSH dollari
miqdorida mablag1 ajratdi.
2001-2009-yillar mobaynida RF AIRga umumiy summasi 40
mln. AQSH dollariga teng miqdorda gumanitar yordam yetkazib
berdi.
2011-yil Rossiya-Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasi
tashkil qilinib unga Rossiya tomondan RFning Energetika vaziri
S.Shmatko va Afg‘oniston tomonidan Omar Zaxelval boshchilik
qilishdi. Komissiyaning birinchi yig‘ilishi 2011-yil iyun oyida
bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat o‘rtasida munosabatlarda yaqinlashuv holatlari-
ning kuzatilishiga qaramasdan, AQSHning Afg‘onistonga ta’siri
mintaqada Rossiya pozitsiyasining mustahkamlanishiga to‘siq
bo‘lib turibdi. Rossiya tomoni AQSHning Afg‘onistonda yangi
harbiy bazalar qurishi Rossiya milliy manfaatlariga zid ekanligini
ta’kidlab keladi.
Davlatlaro munosabatlaming umumiy sohalarini modemizatsiya
qilish yo‘nalishida AIR Prezidenti H.Karzayning 2011-yil 21-
yanvarda Moskvaga tashrifi chog‘ida ikki tomonlama savdo-
iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi ular
o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishiga asosiy qadam bo‘ldi. Ush
bu kelishuv savdo-iqtisodiy sohada RF va AIR o‘rtasidagi ikki
tomonlama munosabatlaming asosiy shart-sharoitlarini o‘zida
aks ettiradi. Xususan, ushbu hujjatda savdo-iqtisodiy hamkorlik
bo‘yicha Rossiya-Afg‘oniston Hukumatlararo komissiyasini tuzish
ko‘zda tutildi. Hukumatlararo komissiyasining asosiy ishi birinchi
navbatda, ikki tomonlama loyihalaming ishlab chiqilishiga qaratilgan.
Keyingi yillarda Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro
tovar aylanmasi hajmi ham o‘sib bordi. 2011-yilda ikki davlat
o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2004-yilga nisbatan 12,2
marta oshdi. Bunda o‘zaro tovar aylanmasi asosan Rossiyaning
Afg‘onistonga eksport qiladigan mahsulotlari hisobiga oshganligini
kuzatish mumkin. Xususan, 2011-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tashqi
savdo aylanmasi 984,9 mln. AQSH dollarini tashkil etib, ushbu
ko‘rsatkich 2010-yilga nisbatan 1,7 martaga ko‘paydi. Bunda Ros
siya tomonining eksporti 953,8 mln. AQSH dollarini, importi esa
31,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
2011-yilning 3-noyabrida Istambul shahrida bo‘lib o‘tgan Af-
g‘onistondagi mojaroning hal etilishi bilan bog‘liq “Osiyo yuragida
xavfsizlik va hamkorlik” nomli konferensiyada RF Tashqi ishlar
vaziri S.Lavrov rasmiy Moskva kelajakda Afg‘oniston tinchlik va
barqarorlikni ta’minlash borasidagi har qanday tadbirda ishtirok
etishini ta’kidlab o‘tgan edi.
Zamonaviy bosqichda Rossiya uchun Afg‘onistondagi
mojaro tufayli yuzaga kelgan terrorizm hamda narkotik moddalar
muammosining bartaraf etilishi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ayni
paytda, RF Afg‘onistonga nisbatan o‘zining quyidagi pozitsiyasi-
ni ma’lum qildi va kelgusida ikki tomonlama munosabatlar ushbu
pozitsiyadan kelib chiqib amalga oshirilishini yoqlab chiqmoqda.
- o‘zaro ikki tomonlama munosabatlarda afg‘on hukumati bilan
aloqalami salbiylashtirmaslik;
- mintaqaviy muammolar hal etilishida tashqi kuchlaming
aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Afg‘onistondagi mojaroni mamlakat aholisining iqtisodiy-
ijtimoiy ahvolini yaxshilash orqali hal etilishiga intilish;
- Afg‘oniston hududida chet el harbiy bazalarining uzoq vaqt
saqlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Jahon hamjamiyatining Afg‘oniston bilan bog‘liq siyo
siy qarorlami qabul qilishida Rossiya manfaatlarining hisobga
olinishiga ta’sir o‘tkazish;
- mintaqada diniy ekstremizm tarqalishini oldini olishga
qaratilgan tizimni shakllantirish hamda “Tolibon” harakati
imkoniyatlarini bartaraf etish.
Afg‘onistondagi xavfsizlik va barqarorlikning ta’minlanishi
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)ning bir necha yo‘nalishlardagi
manfaatlariga mos keladi. 2002-yilda Xitoy hukumati afg‘on huku
matiga urushdan keyingi tiklash jarayonlari uchun 150 mln. AQSH
dollari miqdorida mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Xi
toy Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlarini gumanitar yordam si
fatida berib kelmoqda (2009-yilda 4,4 ming tonna don mahsuloti).
2002-yildan keyingi davrda Xitoy kompaniyalari Afg‘oniston
iqtisodiyotiga yirik investitsiya kiritib kelmoqda. Jumladan, Xitoy-
ning “China Metallurgical Group Corporation” kompaniyasi
Aynakda joylashgan Yevroosiyo mintaqasida mis zaxirasi bo‘yicha
ikkinchi o‘rinda turadigan loyihani tender asosida yutib oldi. Xoji-
kendagi temir rudalar qazib olish bo‘yicha loyihalarida ham Xi-
toyning bir nechta kompaniyalari ishtirok etmoqda.
XXR tomonidan e’lon qilingan “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari”
loyihasining ma’lum qismi aynan mazkur mintaqada amalga
oshirilishi belgilangan. Xitoy hukumati AIRdagi beqarorlik
mamlakatda Jahon hamjamiyati tomonidan rejalashtirilgan iqti
sodiy dasturlaming amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishidan
xavotirda ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, rasmiy Pekin
Xitoydagi Shinjon Uyg‘ur Muxtor Hududidagi mahalliy uyg‘ur
ayirmachi guruhlarining Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan ter-
rorchi va ekstremistik tashkilotlar bilan hamkorlik qilishidan
xavotirlanayotganligini kuzatish mumkin.
Afg‘onistonda AQSH yetakchiligidagi chet el harbiy kuchlari
bo‘lishining XXR uchun ham ijobiy, ham salbiy taraflari mavjud.
Ijobiy tarafi shundaki, Qo‘shma Shtatlar qo‘shini terrorchilik va
ekstremistik tashkilotlar faoliyatining Sharqiy Turkiston bo‘ylab
kengayishini tiyib turishi mumkin. Salbiy jihati esa, AQSH
Afg‘onistondagi o‘z harbiy infratuzilmasi imkoniyatlaridan
foydalangan holda aynan Shinjon Uyg‘ur Muxtor Hududidagi
ayirmachilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
2014-yildan boshlab Xitoy afg‘on muammosi atrofidagi
jarayonlarda o‘z ishtirokini keskin faollashtirdi. Yangi saylangan
AIR Prezidenti A.G‘aniy 2015-yilning martida o‘zining birinchi
xorijiy rasmiy safarini ham aynan Xitoydan boshlagani hamda
XXR vakillarining Pokiston bilan hamkorlikda Afg‘on hukumati
va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinch muzokaralami o‘tkazishga
vositachilik qilishga urinayotganligi yuqoridagi fikrni asoslaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |