Bu boradagi ustuvor yo‘nalishlardan biri qishloq xo‘jaligi
bo‘lib, Afg‘onistonning agrar davlat ekanligini hisobga olgan holda,
irrigatsion tizimlami qayta tiklash, qishloq xo‘jalik
mahsulotlari
ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy va moddiy (qishloq xo‘jaligi
ekinlarining urug‘lari va o‘g‘itlar) tomondan ko‘mak ko‘rsatish
zarur.
Shuningdek, migratsion muammolar, turar joylar, maktab va
shifoxonalami tiklash hamda yangilarini qurish kabi masalalar ham
katta e’tibor talab qiladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, aholini
transport yo‘llari, irrigatsion kanallar
va boshqa infrastrukturaviy
inshootlami qayta tiklashga jalb qila borib, ish bilan ta’minlash
lozim. 0 ‘rta muddatdagi ustuvor yo‘nalishlarga mamlakat moli
yaviy tizimining faoliyatini yaxshilash, Afg‘oniston Markaziy
Banki faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish, iqtisodning shaxsiy sek-
tori rivojlanishi uchun bir qator shart-sharoitlar yaratish, shuning
dek, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi va oliy ta’limni yo‘lga qo‘yish
kabi masalalar kiradi. Uzoq muddatli ustuvor yo‘nalishlar
sifatida
esa, sanoat korxonalari qurish, urush davomida vayron bo‘lgan
shaharlami qayta ta’mirlash kabi masalalar kiradi.
2001-yildan keyingi davrda Afg‘oniston iqtisodiyotini qayta
tiklashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan,
transport va energetika sohalarida 10 ga yaqin loyihalar to‘la
moliyalashtirib birmuncha yutuqlarga erishildi. Afg‘onistonning
mintaqaviy integratsion jarayonlarda, xususan yirik transport
kommunikatsiyalari loyihalarini amalga oshirishdagi ishtiroki,
aw alo o‘zining iqtisodiy rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qiladi.
XXI asr boshiga kelib Afg‘onistonda jami 23700 km avtomobil
yo‘llari mavjud bo‘Isa, shundan 6000
km davlat ahamiyatidagi
yo‘llar, 2700 km ikkinchi darajadagi yo‘llar va qolgan 15000 km
esa mahalliy ahamiyatga ega qattiq qoplamasiz yo‘llar hisoblanadi.
2002-yilda Osiyo Taraqqiyot Bankining hisob-kitobiga ko‘ra,
Afg‘onistondagi 6000 km davlat ahamiyatidagi yo‘llaming atigi
17%i o‘rta holatda edi. Ushbu bank ekspertlarining bildirishicha,
Afg‘onistondagi avtomobil yo‘llarini qayta tiklash va rekonstruksiya
qilish uchun 2002-2005-yillar mobaynida 650 mln. AQSH dollari,
keyingi 5 yil davomida yana 660 mln. AQSH dollari sarflanishi
lozimdir. Umuman, 10 yil davomida butun yo‘1-transport tizimi-
ni qayta tiklash uchun 2 mlrd. AQSH
dollaridan ziyod miqdorda
mablag‘ talab qilinadi.
Afg'oniston hukumati va xalqaro ekspertlaming fikriga ko‘ra,
nafaqat afg‘on transport infrastrukturasining, balki iqtisodiyot-
ning ham qayta faoliyat yuritishi uchun muhim ahamiyatga ega
hamda uzunligi qariyb 2400 km bo‘lgan mamlakatning asosiy
avtoyo‘l tizimi Kobul - Mozori Sharif - Shibirg‘on - Maymana -
Hirot - Qandahor - Kobul “Halqa yo‘li”ni qayta ta’mirlash lozim.
2002-yilda “Halqa yo‘li”ni xalqaro moliya
institutlari va turli
tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladigan 4 ta asosiy qismga
bo‘lib ta’mirlash va qurish ma’lum qilindi:
- birinchi qism: Qandahor - Kobul (taxminan 480 km, qiymati
110,2 mln. AQSH dollari) AQSH, Yaponiya,
Saudiya Arabistoni
tomonidan moliyalashtiriladi;
- ikkinchi qism: Hirot - Qandahor (taxminan 560 km, qiymati
80,6 mln. AQSH dollari) AQSH, Yaponiya, Saudiya Arabistoni
tomonidan moliyalashtiriladi;
- uchinchi qism: Kobul - Puli Xumri - Mozori Sharif -
Shibirg‘on - Andxoy (taxminan 546 km, qiymati 84,2 mln. AQSH
dollari) Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan moliyalashtiriladi;
- to'rtinchi qism: Shibirg‘on - Maymana - Hirot (taxminan
615 km, qiymati 177,1 mln. AQSH dollari) Osiyo Taraqqiyot Banki
tomonidan moliyalashtiriladi.
Afg‘oniston transport kommunikatsiyalarini qayta tiklash
va yangilarini qurish bo‘yicha yuqorida ко‘rib o‘tilgan loyihalar
qatorida 0 ‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan
Do'stlaringiz bilan baham: