Transafg‘on transportyo‘lagi-Markaziy
Osiyo davlatlarining
Afg'oniston hududi orqali Pokiston va Erondagi dengiz portlariga
chiqishini ko‘zlovchi transport yo‘llari birlashmasi.
Xavfsizlikka Ko‘maklashuvchi Xalqaro Kuchlar (Interna
tional Security Assistance Force (ISAF))
- NATO boshchiligidagi
xalqaro qurolli kuchlar kontingenti. AIR hududida 2001-yil BMT-
ning 1386-sonli rezolyutsiyasi asosida kiritilgan.
Xel
- pushtun millatiga mansub aholi orasida alohida bir kichik
ijtimoiy guruhni ifoda etish maqsadida qo‘llanib kelingan.
Xon
- mo‘g‘ul va turk tillarida hukmdor, davlat boshlig‘i
ma’nosini bildiradi. 0 ‘rta asrlarda Afg‘oniston hududida mahalliy
hokimlar va alohida qabila yetakchilariga nisbatan qo‘llanilgan.
Etnos
- umumiy nomga, madaniyatda umumiy o‘xshashliklarga
ega bo‘lgan, jamoaviy tarixiy tafakkurga va kelib chiqish tarixini
umumiy mifologik tarzda tasavvur etuvchi, o‘zlarini ma’lum bir
hudud bilan bog‘liq hamda hamfikr deb biluvchi kishilar guruhi.
XRON OLOGIYA
Mil.avv. 100-40 mingyillik - Afg‘oniston hududidan dastlabki
odam izlarining topilishi.
Mil.avv. VI-IV asrlar - Afg‘oniston Ahamoniylar imperiyasi
tarkibida.
Mil.avv. 330-327-yy. - Makedoniyalik Aleksandr Afg‘oniston
hududini zabt etdi.
Mil.avv. 250-y. - Yunon-Baqtriya davlatining barpo etilishi.
Mil.avv. I asr - milodiy III asr - Afg‘oniston Kushon imperi
yasi tarkibida.
225 - 600-yillar - Afg‘oniston hududida Sosoniylar hukmronligi.
652-yil - arablaming Afg‘oniston hududida paydo bo‘lishi.
VIII-X asrlar - Afg‘oniston hududida mahalliy musulmon
hukmdorlari hukmronligi.
997-1180-yillar - Afg‘oniston hududida G‘aznaviylar hukm
ronligi.
1186-yil - G‘uriylar tomonidan G‘aznaviylar hukmronligiga
barham berilishi.
1221-1360-yillar - Afg‘oniston mo‘g‘ullar istibdodi davrida.
1370-yil - Amir Temur tomonidan Balx shahrining qo‘lga kiri-
tilishi.
1381-yil - Amir Temur tomonidan Hirot shahrining qo‘lga
kiritilishi.
1398-yil - Amir Temuming Afg‘oniston orqali Hindistonga
yurishi.
1405-1506-yillar - Temuriylaming Hirot va Balxdagi hukm
ronligi.
1504-1525-yillar - Zahiriddin Muhammad Boburning
Kobuldagi hukmronligi.
1526-1640-yillar - Afg‘oniston Boburiylar saltanati tarkibida.
1648-yil - Eron tomonidan Qandahor shahrining egallanishi.
1713-yil - Mir Vaysxon yetakchiligida Qandahor shahrida
eronliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilishi.
1716-yil-Abdaliylar tomonidan Hirotdaqo‘zg‘olonko‘tarilishi.
1709-1738-yillar - G‘ilzoylar tomonidan Eronning egallanishi
va boshqarilishi.
1747-yil - Ahmadshoh Durroniy tomonidan mustaqil afg‘on
davlatiga asos solinishi.
1773-1793-yillar - Temurshoh Durroniy hukmronligi.
1793-yil - Zamonshoh hukmronligining boshlanishi.
1800-yil - Durroniylar saltanatida Mahmudshoh hukmronligi
ning boshlanishi.
1803-yil - Shoh Shujo tomonidan hokimiyatning egallanishi.
1809-yil - Britaniya hukumati vakili Monstyuart Elfinston
va afg‘on hukmdori Shoh Shujo tomonidan o‘zaro bitimning
imzolanishi.
1816-yil - Eronliklar tomonidan Hirotni qo‘lga kiritishga
bo‘lgan urinishning chippakka chiqishi.
1826-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Kobulda hokimi
yatning egallanishi.
1834-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Qandahor
shahrining qo‘lga kiritilishi.
1837-yil sentabr - Buyuk Britaniya hukumatining diplomatik
missiyasi tarkibida Iskandar Byomsning Kobulga kelishi.
1837-yil dekabr - Ivan Vitkevich yetakchiligida Rossiya Im
periyasi diplomatik missiyasining Kobulga kelishi.
1838-1842-yillar - Birinchi ingliz-afg‘on urushi.
1855-yil - Buyuk Britaniya va Afg‘ oniston o‘rtasida diplomatik
munosabatlami qayta tiklashga qaratilgan Peshovar bitimining
imzolanishi.
1857-yil - Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida harbiy bi
tim tuzish bo‘yicha Peshovar kelishuvining imzolanishi.
1863-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Hirot shahrining
qo‘lga kiritilishi va uning vafoti.
1869-1879-yillar - Amir Sherali afg‘on davlati hukmdori.
1878-yil iyul - general Stoletov yetakchiligida Rossiya Imperi
yasi diplomatik missiyasining Kobulga kelishi.
\
\
\1878-yil avgust - Buyuk Britaniya hukumati tomonidan ing
liz diplomatik missiyasini Kobulda qabul qilish bo‘yicha Amir
Sheraliga ultimatum qo‘yilishi.
1878-yil sentabr - Amir Sherali tomonidan inglizlar
ultimatumining rad etilishi va ikkinchi ingliz-afg'on urushining
boshlanishi.
1879-yil fevral - Amir Sheralining Mozori Sharif shahrida
vafot etishi.
1880-yil - Amir Abdurahmonning afg‘on taxti uchun kurashni
boshlashi va hokimiyatga kelishi.
1881-yil - ingliz qo‘shinining Afg‘oniston hududini tark etishi
va ikkinchi ingliz-afg‘on urushining tugashi.
1892-yil - Bomiyonda hazoriylar qo‘zg‘oloni va uning bostiri-
lishi.
1893-yil - Buyuk Britaniya hukumati va afg‘on hukmdori
Abdurahmon o‘rtasida Dyurand bitimining imzolanishi.
1896-yil - Amir Abdurahmon qo‘shini tomonidan Kofmston-
ning egallanishi.
1901-yil - Amir Abdurahmonning vafoti.
1901-1919-yillar - Amir Habibullaxon hukmronligi.
1907-yil - Buyuk Britaniya va Rossiya Imperiyasi hukumatlari
o‘rtasida Afg‘onistonni o‘zaro ta’sir doirasiga bo‘lib olish bo‘yicha
bitimning imzolanish.
1911 -yil - Mahmud Tarziy tomonidan “Siroj ul-Axbor” gazetasi
chop etilishining boshlanishi.
1914-yil - Amir Habibullaxon tomonidan Birinchi Jahon
urushida Afg‘onistonning betarafligi maqomining e’lon qilinishi.
1915-1916-yillar - Afg‘ onistonda Nidermayer-Gentig missiya-
sining bo‘lishi.
1919-yil fevral - Amir Habibullaxonning o‘ldirilishi va
Omonullaxonning taxtga kelishi.
1919-yil may-avgust - Uchinchi ingliz-afg‘on urushi.
1919-yil 19-avgust - Afg‘oniston mustaqilligining e’lon qilini
shi.
ф
e
1921-yil - Afg‘oniston va Sovet hukumati bilan do‘stlik biti-
mining imzolanishi.
/
1923-yil - Afg‘onistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilinishi.
1924-1925-yillar - Xostda qo‘zg‘olon.
1926-yil - Omonullaxon tomonidan “shoh” titulining joriy etilishi.
1927-yil - Omonullaxonning Hindiston, Misr va Yevropaga
safari.
1928-yil
dekabr - Ko‘histonda Habibulla
Qalaqoniy
yetakchiligida qo‘zg‘olonning boshlanishi va uning butun mamlakat
hududiga yoyilishi.
1929-yil yanvar - Omonullaxonning taxtdan voz kechishi va
Habibulla Qalaqoniyning amir deb e’lon qilinishi.
1929-yil oktabr-noyabr - Nodirxon tomonidan taxt uchun
kurashning boshlanishi va Habibulla Qalaqoniyning qatl etilishi.
1929-1933-yillar - Muhammad Nodirshoh hukmronligi.
1933-yil - Muhammad Nodirshohga nisbatan suiqasd va uning
vafoti. Hokimiyatga uning o‘g‘li Muhammad Zohirshohning kelishi.
1936-yil - pushtu tilining umumdavlat tili deb e’lon qilinishi.
1939-yil - Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi va Afg ‘ oniston
betarafligining e’lon qilinishi.
1941-yil - Ikkinchi Jahon urushiga nisbatan e’lon qilingan
Afg‘oniston betarafligining qayta tasdiqlanishi.
1946-yil - Muhammad Hoshimxonning bosh vazir lavozimidan
iste’fo berishi.
1947-yil - mustaqil Hindiston va Pokiston davlatlarining paydo
bo‘lishi.
1948-yil - Pushtuniston masalasida Afg‘oniston va Pokiston
o‘rtasida kelishmovchiliklaming yuzaga kelishi.
1953-yil - Muhammad Dovudning Afg‘oniston bosh vaziri
lavozimini egallashi.
1960-yil - sobiq afg‘on shohi Omonullaxonning Shveysariyada
vafoti.
1963-yil - Muhammad Dovudning bosh vazir lavozimidan
iste’fo berishi.
\ 1964-yil - Afg‘onistonda demokratik xarakterdagi Konstitutsi-
yantig qabul qilinishi.
1965-yil yanvar - Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi
(AXDP)ning tashkil topishi.
1973-yil - sobiq bosh vazir Muhammad Dovud tomonidan
davlat to‘ntarishining amalga oshirilishi hamda Afg‘onistonning
Respublika va Muhammad Dovudning Prezident deb e’lon qilinishi.
1978-yil aprel - Kobulda AXDP tomonidan inqilobning amalga
oshirilishi va hukumatni Nur Muhammad Taraqiy yetakchiligidagi
sho‘roparast guruh qo‘liga o‘tishi.
1979-yil - Afg‘oniston hududida sho‘roparast AXDP
hukumatiga qarshi keng ko‘lamli qarshilik harakatining boshlanib
ketishi.
1979-yil oktabr - AXDP ichidagi o‘zaro kurash tufayli
hokimiyatga Hafizulla Aminning kelishi va Nur Muhammad
Taraqiyning o‘ldirilishi.
1979-yil dekabr - Afg‘oniston hududiga Sovet Ittifoqi
qo‘shinlarining kiritilishi.
1980-yil yanvar - Afg‘onistonda hukumat tepasiga Babrak
Karmalning kelishi.
1985-yil - Sovet Ittifoqida hukumatga M.Gorbachyovning
kelishi va Afg‘onistondan Sovet qo‘shinlarini olib chiqib ketish
bo‘yicha muzokaralaming boshlanishi.
1986-yil - Babrak Karmalning iste’fo berishi va hukumatga
Muhammad Najibullaning kelishi.
1988-yil may - Sovet qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan
olib chiqib ketilishining boshlanishi.
1989-yil fevral - Sovet qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan
olib chiqib ketilishining tugallanishi.
1990-yil - general Shoh Navoz Tanay boshchiligida davlat
to‘ntarishi va uning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi.
1991-yil sentabr - AQSH va Sovet Ittifoqi o‘rtasida
Afg‘onistonga qurol-yarog1 yetkazib berishga chek qo‘yish bo‘yicha
bitimning imzolanishi.
1991-yilning oxiri va 1992-yilning boshi - Afg‘on mujohidlari
tomonidan hokimiyat uchun kurashning avj oldirilishi.
1992-yil aprel - Muhammad Najibullaning iste’fosi va hokimi
yatni mujohidlar tomonidan egallanishi.
1992-1995-yillar - Afg‘onistonda yagona hokimiyatning
yo‘qligi va mujohidlar o‘rtasida o‘zaro kurashning avj olishi.
1994-yilning oxiri - Afg‘oniston siyosiy sahnasida “Tolibon”
harakatining pay do bo‘lishi.
1996-yil sentabr - poytaxt Kobulning “Tolibon” harakati
tomonidan qo‘lga kiritilishi va mamlakatning sobiq rahbari
Muhammad Najibullaning namoyishkorona qatl etilishi.
1997-yil - “Tolibon” hukumatini Pokiston, Saudiya Arabistoni
va Biriashgan Arab Amirliklari tomonidan tan olinishi.
1998-yil - Usoma bin Laden boshchiligidagi xalqaro
terrorchilaming Afg‘oniston hududidan panoh topishi.
1998-yil - Toliblaming Mozori Sharif shahri va Amudaryo
sohiligacha bo‘lgan hududlami egallashi.
2001-yil sentabr - Usoma bin Laden yetakchiligidagi xalqaro
terrorchilar tomonidan AQSHda terroristik aktlaming sodir etili
shi va AQSH yetakchiligida xalqaro hamjamiyat tomonidan
Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati va “Al-Qoida” xalqaro terro
ristik guruhiga qarshi aksilterror operatsiyasining boshlanishi.
2001-yil noyabr-dekabr - Afg‘onistonda “Tolibon” hukumatiga
barham berilishi.
2001-yil dekabr - Afg‘onistonda H.Karzay yetakchiligida
Muvaqqat hukumatning tuzilishi.
2002-yil
- NATO
shafeligidagi
xalqaro
kuchlaming
Afg‘onistonga kiritila boshlashi.
2004-yil yanvar - Afg‘onistonning Islom Respublikasi deb
e’lon qilinishi va mamlakat yangi Konstitutsiyasining qabul qilini-
2004-yil sentabr - Prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi va
unda H.Karzayning g‘alabasi.
2005-yil - parlament saylovlarining o‘tkazilishi.
2009-yil - Prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi va unda yana
H.Karzayning g‘alaba qozonishi.
2013-yil -NATO shafeligidagi xalqaro kuchlaming Afg‘oniston
hududidan olib chiqib ketila boshlanishi.
2014-yil - navbatdagi Prezident saylovlarining o‘tkazilishi
va A.G‘anining prezident, A.Abdullaning hukumat rahbari
lavozimlarini egallashlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |