A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


Transafg‘on transportyo‘lagi-Markaziy



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

Transafg‘on transportyo‘lagi-Markaziy 
Osiyo davlatlarining 
Afg'oniston hududi orqali Pokiston va Erondagi dengiz portlariga 
chiqishini ko‘zlovchi transport yo‘llari birlashmasi.
Xavfsizlikka Ko‘maklashuvchi Xalqaro Kuchlar (Interna­
tional Security Assistance Force (ISAF)) 
- NATO boshchiligidagi 
xalqaro qurolli kuchlar kontingenti. AIR hududida 2001-yil BMT- 
ning 1386-sonli rezolyutsiyasi asosida kiritilgan.
Xel 
- pushtun millatiga mansub aholi orasida alohida bir kichik 
ijtimoiy guruhni ifoda etish maqsadida qo‘llanib kelingan.
Xon 
- mo‘g‘ul va turk tillarida hukmdor, davlat boshlig‘i 
ma’nosini bildiradi. 0 ‘rta asrlarda Afg‘oniston hududida mahalliy 
hokimlar va alohida qabila yetakchilariga nisbatan qo‘llanilgan.
Etnos 
- umumiy nomga, madaniyatda umumiy o‘xshashliklarga 
ega bo‘lgan, jamoaviy tarixiy tafakkurga va kelib chiqish tarixini 
umumiy mifologik tarzda tasavvur etuvchi, o‘zlarini ma’lum bir 
hudud bilan bog‘liq hamda hamfikr deb biluvchi kishilar guruhi.


XRON OLOGIYA
Mil.avv. 100-40 mingyillik - Afg‘oniston hududidan dastlabki 
odam izlarining topilishi.
Mil.avv. VI-IV asrlar - Afg‘oniston Ahamoniylar imperiyasi 
tarkibida.
Mil.avv. 330-327-yy. - Makedoniyalik Aleksandr Afg‘oniston 
hududini zabt etdi.
Mil.avv. 250-y. - Yunon-Baqtriya davlatining barpo etilishi.
Mil.avv. I asr - milodiy III asr - Afg‘oniston Kushon imperi­
yasi tarkibida.
225 - 600-yillar - Afg‘oniston hududida Sosoniylar hukmronligi.
652-yil - arablaming Afg‘oniston hududida paydo bo‘lishi.
VIII-X asrlar - Afg‘oniston hududida mahalliy musulmon 
hukmdorlari hukmronligi.
997-1180-yillar - Afg‘oniston hududida G‘aznaviylar hukm­
ronligi.
1186-yil - G‘uriylar tomonidan G‘aznaviylar hukmronligiga 
barham berilishi.
1221-1360-yillar - Afg‘oniston mo‘g‘ullar istibdodi davrida.
1370-yil - Amir Temur tomonidan Balx shahrining qo‘lga kiri- 
tilishi.
1381-yil - Amir Temur tomonidan Hirot shahrining qo‘lga 
kiritilishi.
1398-yil - Amir Temuming Afg‘oniston orqali Hindistonga 
yurishi.
1405-1506-yillar - Temuriylaming Hirot va Balxdagi hukm­
ronligi.
1504-1525-yillar - Zahiriddin Muhammad Boburning 
Kobuldagi hukmronligi.
1526-1640-yillar - Afg‘oniston Boburiylar saltanati tarkibida.
1648-yil - Eron tomonidan Qandahor shahrining egallanishi.
1713-yil - Mir Vaysxon yetakchiligida Qandahor shahrida 
eronliklarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarilishi.


1716-yil-Abdaliylar tomonidan Hirotdaqo‘zg‘olonko‘tarilishi.
1709-1738-yillar - G‘ilzoylar tomonidan Eronning egallanishi 
va boshqarilishi.
1747-yil - Ahmadshoh Durroniy tomonidan mustaqil afg‘on 
davlatiga asos solinishi.
1773-1793-yillar - Temurshoh Durroniy hukmronligi.
1793-yil - Zamonshoh hukmronligining boshlanishi.
1800-yil - Durroniylar saltanatida Mahmudshoh hukmronligi­
ning boshlanishi.
1803-yil - Shoh Shujo tomonidan hokimiyatning egallanishi.
1809-yil - Britaniya hukumati vakili Monstyuart Elfinston 
va afg‘on hukmdori Shoh Shujo tomonidan o‘zaro bitimning 
imzolanishi.
1816-yil - Eronliklar tomonidan Hirotni qo‘lga kiritishga 
bo‘lgan urinishning chippakka chiqishi.
1826-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Kobulda hokimi­
yatning egallanishi.
1834-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Qandahor 
shahrining qo‘lga kiritilishi.
1837-yil sentabr - Buyuk Britaniya hukumatining diplomatik 
missiyasi tarkibida Iskandar Byomsning Kobulga kelishi.
1837-yil dekabr - Ivan Vitkevich yetakchiligida Rossiya Im­
periyasi diplomatik missiyasining Kobulga kelishi.
1838-1842-yillar - Birinchi ingliz-afg‘on urushi.
1855-yil - Buyuk Britaniya va Afg‘ oniston o‘rtasida diplomatik 
munosabatlami qayta tiklashga qaratilgan Peshovar bitimining 
imzolanishi.
1857-yil - Buyuk Britaniya va Afg‘oniston o‘rtasida harbiy bi­
tim tuzish bo‘yicha Peshovar kelishuvining imzolanishi.
1863-yil - Do‘st Muhammadxon tomonidan Hirot shahrining 
qo‘lga kiritilishi va uning vafoti.
1869-1879-yillar - Amir Sherali afg‘on davlati hukmdori.
1878-yil iyul - general Stoletov yetakchiligida Rossiya Imperi­
yasi diplomatik missiyasining Kobulga kelishi.


\
\
\1878-yil avgust - Buyuk Britaniya hukumati tomonidan ing­
liz diplomatik missiyasini Kobulda qabul qilish bo‘yicha Amir 
Sheraliga ultimatum qo‘yilishi.
1878-yil sentabr - Amir Sherali tomonidan inglizlar 
ultimatumining rad etilishi va ikkinchi ingliz-afg'on urushining 
boshlanishi.
1879-yil fevral - Amir Sheralining Mozori Sharif shahrida 
vafot etishi.
1880-yil - Amir Abdurahmonning afg‘on taxti uchun kurashni 
boshlashi va hokimiyatga kelishi.
1881-yil - ingliz qo‘shinining Afg‘oniston hududini tark etishi 
va ikkinchi ingliz-afg‘on urushining tugashi.
1892-yil - Bomiyonda hazoriylar qo‘zg‘oloni va uning bostiri- 
lishi.
1893-yil - Buyuk Britaniya hukumati va afg‘on hukmdori 
Abdurahmon o‘rtasida Dyurand bitimining imzolanishi.
1896-yil - Amir Abdurahmon qo‘shini tomonidan Kofmston- 
ning egallanishi.
1901-yil - Amir Abdurahmonning vafoti.
1901-1919-yillar - Amir Habibullaxon hukmronligi.
1907-yil - Buyuk Britaniya va Rossiya Imperiyasi hukumatlari 
o‘rtasida Afg‘onistonni o‘zaro ta’sir doirasiga bo‘lib olish bo‘yicha 
bitimning imzolanish.
1911 -yil - Mahmud Tarziy tomonidan “Siroj ul-Axbor” gazetasi 
chop etilishining boshlanishi.
1914-yil - Amir Habibullaxon tomonidan Birinchi Jahon 
urushida Afg‘onistonning betarafligi maqomining e’lon qilinishi.
1915-1916-yillar - Afg‘ onistonda Nidermayer-Gentig missiya- 
sining bo‘lishi.
1919-yil fevral - Amir Habibullaxonning o‘ldirilishi va 
Omonullaxonning taxtga kelishi.
1919-yil may-avgust - Uchinchi ingliz-afg‘on urushi.
1919-yil 19-avgust - Afg‘oniston mustaqilligining e’lon qilini­
shi.


ф
e
1921-yil - Afg‘oniston va Sovet hukumati bilan do‘stlik biti- 
mining imzolanishi. 
/
1923-yil - Afg‘onistonning birinchi Konstitutsiyasi qabul qilinishi.
1924-1925-yillar - Xostda qo‘zg‘olon.
1926-yil - Omonullaxon tomonidan “shoh” titulining joriy etilishi.
1927-yil - Omonullaxonning Hindiston, Misr va Yevropaga 
safari.
1928-yil 
dekabr - Ko‘histonda Habibulla 
Qalaqoniy 
yetakchiligida qo‘zg‘olonning boshlanishi va uning butun mamlakat 
hududiga yoyilishi.
1929-yil yanvar - Omonullaxonning taxtdan voz kechishi va 
Habibulla Qalaqoniyning amir deb e’lon qilinishi.
1929-yil oktabr-noyabr - Nodirxon tomonidan taxt uchun 
kurashning boshlanishi va Habibulla Qalaqoniyning qatl etilishi.
1929-1933-yillar - Muhammad Nodirshoh hukmronligi.
1933-yil - Muhammad Nodirshohga nisbatan suiqasd va uning 
vafoti. Hokimiyatga uning o‘g‘li Muhammad Zohirshohning kelishi.
1936-yil - pushtu tilining umumdavlat tili deb e’lon qilinishi.
1939-yil - Ikkinchi Jahon urushining boshlanishi va Afg ‘ oniston 
betarafligining e’lon qilinishi.
1941-yil - Ikkinchi Jahon urushiga nisbatan e’lon qilingan 
Afg‘oniston betarafligining qayta tasdiqlanishi.
1946-yil - Muhammad Hoshimxonning bosh vazir lavozimidan 
iste’fo berishi.
1947-yil - mustaqil Hindiston va Pokiston davlatlarining paydo 
bo‘lishi.
1948-yil - Pushtuniston masalasida Afg‘oniston va Pokiston 
o‘rtasida kelishmovchiliklaming yuzaga kelishi.
1953-yil - Muhammad Dovudning Afg‘oniston bosh vaziri 
lavozimini egallashi.
1960-yil - sobiq afg‘on shohi Omonullaxonning Shveysariyada 
vafoti.
1963-yil - Muhammad Dovudning bosh vazir lavozimidan 
iste’fo berishi.


\ 1964-yil - Afg‘onistonda demokratik xarakterdagi Konstitutsi- 
yantig qabul qilinishi.
1965-yil yanvar - Afg‘oniston Xalq Demokratik Partiyasi 
(AXDP)ning tashkil topishi.
1973-yil - sobiq bosh vazir Muhammad Dovud tomonidan 
davlat to‘ntarishining amalga oshirilishi hamda Afg‘onistonning 
Respublika va Muhammad Dovudning Prezident deb e’lon qilinishi.
1978-yil aprel - Kobulda AXDP tomonidan inqilobning amalga 
oshirilishi va hukumatni Nur Muhammad Taraqiy yetakchiligidagi 
sho‘roparast guruh qo‘liga o‘tishi.
1979-yil - Afg‘oniston hududida sho‘roparast AXDP 
hukumatiga qarshi keng ko‘lamli qarshilik harakatining boshlanib 
ketishi.
1979-yil oktabr - AXDP ichidagi o‘zaro kurash tufayli 
hokimiyatga Hafizulla Aminning kelishi va Nur Muhammad 
Taraqiyning o‘ldirilishi.
1979-yil dekabr - Afg‘oniston hududiga Sovet Ittifoqi 
qo‘shinlarining kiritilishi.
1980-yil yanvar - Afg‘onistonda hukumat tepasiga Babrak 
Karmalning kelishi.
1985-yil - Sovet Ittifoqida hukumatga M.Gorbachyovning 
kelishi va Afg‘onistondan Sovet qo‘shinlarini olib chiqib ketish 
bo‘yicha muzokaralaming boshlanishi.
1986-yil - Babrak Karmalning iste’fo berishi va hukumatga 
Muhammad Najibullaning kelishi.
1988-yil may - Sovet qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan 
olib chiqib ketilishining boshlanishi.
1989-yil fevral - Sovet qo‘shinlarining Afg‘oniston hududidan 
olib chiqib ketilishining tugallanishi.
1990-yil - general Shoh Navoz Tanay boshchiligida davlat 
to‘ntarishi va uning muvaffaqiyatsizlikka uchrashi.
1991-yil sentabr - AQSH va Sovet Ittifoqi o‘rtasida 
Afg‘onistonga qurol-yarog1 yetkazib berishga chek qo‘yish bo‘yicha 
bitimning imzolanishi.


1991-yilning oxiri va 1992-yilning boshi - Afg‘on mujohidlari 
tomonidan hokimiyat uchun kurashning avj oldirilishi.
1992-yil aprel - Muhammad Najibullaning iste’fosi va hokimi­
yatni mujohidlar tomonidan egallanishi.
1992-1995-yillar - Afg‘onistonda yagona hokimiyatning 
yo‘qligi va mujohidlar o‘rtasida o‘zaro kurashning avj olishi.
1994-yilning oxiri - Afg‘oniston siyosiy sahnasida “Tolibon” 
harakatining pay do bo‘lishi.
1996-yil sentabr - poytaxt Kobulning “Tolibon” harakati 
tomonidan qo‘lga kiritilishi va mamlakatning sobiq rahbari 
Muhammad Najibullaning namoyishkorona qatl etilishi.
1997-yil - “Tolibon” hukumatini Pokiston, Saudiya Arabistoni 
va Biriashgan Arab Amirliklari tomonidan tan olinishi.
1998-yil - Usoma bin Laden boshchiligidagi xalqaro 
terrorchilaming Afg‘oniston hududidan panoh topishi.
1998-yil - Toliblaming Mozori Sharif shahri va Amudaryo 
sohiligacha bo‘lgan hududlami egallashi.
2001-yil sentabr - Usoma bin Laden yetakchiligidagi xalqaro 
terrorchilar tomonidan AQSHda terroristik aktlaming sodir etili­
shi va AQSH yetakchiligida xalqaro hamjamiyat tomonidan 
Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati va “Al-Qoida” xalqaro terro­
ristik guruhiga qarshi aksilterror operatsiyasining boshlanishi.
2001-yil noyabr-dekabr - Afg‘onistonda “Tolibon” hukumatiga 
barham berilishi.
2001-yil dekabr - Afg‘onistonda H.Karzay yetakchiligida 
Muvaqqat hukumatning tuzilishi.
2002-yil 
- NATO 
shafeligidagi 
xalqaro 
kuchlaming 
Afg‘onistonga kiritila boshlashi.
2004-yil yanvar - Afg‘onistonning Islom Respublikasi deb 
e’lon qilinishi va mamlakat yangi Konstitutsiyasining qabul qilini-
2004-yil sentabr - Prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi va 
unda H.Karzayning g‘alabasi.
2005-yil - parlament saylovlarining o‘tkazilishi.


2009-yil - Prezidentlik saylovlarining o‘tkazilishi va unda yana
H.Karzayning g‘alaba qozonishi.
2013-yil -NATO shafeligidagi xalqaro kuchlaming Afg‘oniston 
hududidan olib chiqib ketila boshlanishi.
2014-yil - navbatdagi Prezident saylovlarining o‘tkazilishi 
va A.G‘anining prezident, A.Abdullaning hukumat rahbari 
lavozimlarini egallashlari.



Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish