A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


AFG‘ONISTONNING ROSSIYA VA XITOY BILAN



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

AFG‘ONISTONNING ROSSIYA VA XITOY BILAN
MUNOSABATLARI
XX asr 90-yillari ikkinchi yarmida Rossiya “Tolibon” 
harakatiga qarshi kurashib kelgan Shimoliy Alyansga homiylik qilib 
keldi. XX asr 90-yillari oxirida Afg‘onistondan tarqalayotgan diniy 
ekstremizm, noqonuniy qurol-yarog' va narkotik moddalarining 
tarqalishi xalqaro xavfsizlikka, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi 
(RF)ning janubiy chegaralarida jiddiy tahdidning kuchayishiga olib 
keldi. 0 ‘z navbatida, RP o'z tashqi siyosatida ushbu muammoni 
adolatli ravishda hal qilishga harakat qila boshladi.
XXI asr boshidan boshlab Rossiyaning Afg'oniston bo'yicha 
strategiyasida quyidagi yo'nalishlar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
- siyosiy (Afg'oniston tashqi siyosatiga ta’sir etish mexanizmini 
yaratish, mamlakatning siyosiy neytraliteti va hududiy yaxlitligini 
saqlash);
- iqtisodiy (xalqaro savdo, tranzit loyihalari, istiqbolli bozorga 
ega bo'lish);
- xavfsizlik (xalqaro terrorizm va narkotrafik tahdidi).
Rossiya-Afg'on munosabatlarining yangi 
davri 
AQSH
boshchiligidagi koalitsion qo'shinlaming 2001-yil sentabrda 
Afg'onistonga kirib kelganidan keyin boshlandi. Rasmiy Moskva 
AQSHning “Tolibon” hukumatiga qarshi harakatlarini qo'llab- 
quvvatlab, mamlakatda NATO yetakchiligidagi Xavfsizlikka 
Ko'maklashuvchi Xalqaro Kuchlaming shakllantirilishiga ham ro- 
zilik bildirdi. Keyinroq esa Rossiya AQSH tomonidan Afg'onistonda 
xavfsizlikka daxl qiluvchi har qanday terroristik va ekstremis- 
tik kuchlarga qarshi harbiy operatsiyalar o'tkazilishiga, tranzit
146 
About Resolute Support Mission. North Atlantic Treaty Organization 
official site, http://www.rs.nato.int/mission.html


yo‘laklardan foydalanishga, terrorizmga qarshi preventiv chora- 
tadbirlaming amalga oshirilishiga xayrixoh ekanligini bildirdi.
2001-yil oxirida Afg‘onistonda “Tolibon” hukumatiga barham 
berilgach hamda yangi afg‘on hukumati ish boshlagach, rasmiy 
Moskva Afg‘oniston bilan do‘stona munosabatlami qayta tiklashga 
harakat qila boshladi va shu maqsadda Rossiya Federatsiyasi o‘z 
tashqi siyosatida afg‘on yo‘nalishi bo‘yicha samarali choralami 
ishlab chiqa boshladi. Rossiyaning bunday siyosat olib borishdan 
asosiy maqsadi Afg‘onistonni to ‘ liq AQSHning nazoratiga tushib 
qolishini xohlamasligi bilan bog‘ liqdir.
2002-2005-yillarda Rossiya Afg‘onistonda o‘zining ta’sirini 
saqlab qolish maqsadida 200 mln. AQSH dollariga teng harbiy- 
texnikaviy yordam sifatida Kobul aeroportini himoya qilish uchun 
havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi va aloqa vositalari, shuning­
dek, 8 ta vertolyot va 4 harbiy transport samolyoti yetkazib berdi. 
Bundan tashqari, Rossiya tomoni har yili 300 nafar afg‘on harbiy 
xodimlarini Rossiyaning oliy harbiy bilim yurtlarida malaka oshiri- 
shi uchun imkoniyatlar yaratib berdi.
2005-yildan keyin Rossiya Federatsiyasi va Afg‘oniston 
o‘rtasidagi munosabatlarda sustlashishi ko‘zga tashlanadi va 
rasmiy Moskva tomonidan afg‘on hukumatiga berilayotgan 
harbiy-texnikaviy yordam to‘xtatildi. Biroq, ushbu davlatlar 
o‘rtasidagi munosabatlaming yangi pog‘onaga ko‘tarilishida
2006-2007-yillarda tomonlar o‘rtasida oliy darajadagi uchrashuvlar 
muhim rol o‘ynadi. Ushbu uchrashuvlar davomida Rossiya 
hukumati Afg‘onistonning sobiq Sovet Ittifoqi oldidagi qarzidan 
voz kechishini maTum qildi va o‘z navbatida rasmiy Kobul ros- 
siyalik tadbirkorlarning Afg‘onistondagi faoliyatini kafolatlashni 
o‘z zimmasiga oldi. Ushbu muzokaralar yakuniga ko‘ra, Rossiya
2007-yilda Afg‘onistonning 11 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi 
qarzidan voz kechdi.
2007-yil RF Savdo-sanoat palatasi huzurida rus-afg‘on ish- 
chi kengashi tuzildi, o‘sha yilning oktabr oyida esa Afg‘oniston 
investitsiya agentligi va RF Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida “Ikki


tomonlama hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida”gi Memorandum 
imzolandi. 2008-yildan e’tiboran Rossiya Afg‘onistonga o‘zining 
iqtisodiy yordamini oshira boshladi. Xususan, o‘sha yili beg‘araz 
yordam sifatida 15 ming tonna bug‘doy va 4 mln. AQSH dollari 
miqdorida mablag1 ajratdi.
2001-2009-yillar mobaynida RF AIRga umumiy summasi 40 
mln. AQSH dollariga teng miqdorda gumanitar yordam yetkazib 
berdi.
2011-yil Rossiya-Afg‘oniston hukumatlararo komissiyasi 
tashkil qilinib unga Rossiya tomondan RFning Energetika vaziri 
S.Shmatko va Afg‘oniston tomonidan Omar Zaxelval boshchilik 
qilishdi. Komissiyaning birinchi yig‘ilishi 2011-yil iyun oyida 
bo‘lib o‘tdi.
Ikki davlat o‘rtasida munosabatlarda yaqinlashuv holatlari- 
ning kuzatilishiga qaramasdan, AQSHning Afg‘onistonga ta’siri 
mintaqada Rossiya pozitsiyasining mustahkamlanishiga to‘siq 
bo‘lib turibdi. Rossiya tomoni AQSHning Afg‘onistonda yangi 
harbiy bazalar qurishi Rossiya milliy manfaatlariga zid ekanligini 
ta’kidlab keladi.
Davlatlaro munosabatlaming umumiy sohalarini modemizatsiya 
qilish yo‘nalishida AIR Prezidenti H.Karzayning 2011-yil 21- 
yanvarda Moskvaga tashrifi chog‘ida ikki tomonlama savdo- 
iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimning imzolanishi ular 
o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanishiga asosiy qadam bo‘ldi. Ush­
bu kelishuv savdo-iqtisodiy sohada RF va AIR o‘rtasidagi ikki 
tomonlama munosabatlaming asosiy shart-sharoitlarini o‘zida 
aks ettiradi. Xususan, ushbu hujjatda savdo-iqtisodiy hamkorlik 
bo‘yicha Rossiya-Afg‘oniston Hukumatlararo komissiyasini tuzish 
ko‘zda tutildi. Hukumatlararo komissiyasining asosiy ishi birinchi 
navbatda, ikki tomonlama loyihalaming ishlab chiqilishiga qaratilgan.
Keyingi yillarda Rossiya va Afg‘oniston o‘rtasidagi o‘zaro 
tovar aylanmasi hajmi ham o‘sib bordi. 2011-yilda ikki davlat 
o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2004-yilga nisbatan 12,2 
marta oshdi. Bunda o‘zaro tovar aylanmasi asosan Rossiyaning


Afg‘onistonga eksport qiladigan mahsulotlari hisobiga oshganligini 
kuzatish mumkin. Xususan, 2011-yilda ikki davlat o‘rtasidagi tashqi 
savdo aylanmasi 984,9 mln. AQSH dollarini tashkil etib, ushbu 
ko‘rsatkich 2010-yilga nisbatan 1,7 martaga ko‘paydi. Bunda Ros­
siya tomonining eksporti 953,8 mln. AQSH dollarini, importi esa 
31,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.
2011-yilning 3-noyabrida Istambul shahrida bo‘lib o‘tgan Af- 
g‘onistondagi mojaroning hal etilishi bilan bog‘liq “Osiyo yuragida 
xavfsizlik va hamkorlik” nomli konferensiyada RF Tashqi ishlar 
vaziri S.Lavrov rasmiy Moskva kelajakda Afg‘oniston tinchlik va 
barqarorlikni ta’minlash borasidagi har qanday tadbirda ishtirok 
etishini ta’kidlab o‘tgan edi.
Zamonaviy bosqichda Rossiya uchun Afg‘onistondagi 
mojaro tufayli yuzaga kelgan terrorizm hamda narkotik moddalar 
muammosining bartaraf etilishi dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ayni 
paytda, RF Afg‘onistonga nisbatan o‘zining quyidagi pozitsiyasi- 
ni ma’lum qildi va kelgusida ikki tomonlama munosabatlar ushbu 
pozitsiyadan kelib chiqib amalga oshirilishini yoqlab chiqmoqda.
- o‘zaro ikki tomonlama munosabatlarda afg‘on hukumati bilan 
aloqalami salbiylashtirmaslik;
- mintaqaviy muammolar hal etilishida tashqi kuchlaming 
aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Afg‘onistondagi mojaroni mamlakat aholisining iqtisodiy- 
ijtimoiy ahvolini yaxshilash orqali hal etilishiga intilish;
- Afg‘oniston hududida chet el harbiy bazalarining uzoq vaqt 
saqlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Jahon hamjamiyatining Afg‘oniston bilan bog‘liq siyo­
siy qarorlami qabul qilishida Rossiya manfaatlarining hisobga 
olinishiga ta’sir o‘tkazish;
- mintaqada diniy ekstremizm tarqalishini oldini olishga 
qaratilgan tizimni shakllantirish hamda “Tolibon” harakati 
imkoniyatlarini bartaraf etish.
Afg‘onistondagi xavfsizlik va barqarorlikning ta’minlanishi 
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR)ning bir necha yo‘nalishlardagi


manfaatlariga mos keladi. 2002-yilda Xitoy hukumati afg‘on huku­
matiga urushdan keyingi tiklash jarayonlari uchun 150 mln. AQSH 
dollari miqdorida mablag‘ ajratish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Xi­
toy Afg‘onistonga oziq-ovqat mahsulotlarini gumanitar yordam si­
fatida berib kelmoqda (2009-yilda 4,4 ming tonna don mahsuloti).
2002-yildan keyingi davrda Xitoy kompaniyalari Afg‘oniston 
iqtisodiyotiga yirik investitsiya kiritib kelmoqda. Jumladan, Xitoy- 
ning “China Metallurgical Group Corporation” kompaniyasi 
Aynakda joylashgan Yevroosiyo mintaqasida mis zaxirasi bo‘yicha 
ikkinchi o‘rinda turadigan loyihani tender asosida yutib oldi. Xoji- 
kendagi temir rudalar qazib olish bo‘yicha loyihalarida ham Xi- 
toyning bir nechta kompaniyalari ishtirok etmoqda.
XXR tomonidan e’lon qilingan “Ipak yo‘li iqtisodiy kamari” 
loyihasining ma’lum qismi aynan mazkur mintaqada amalga 
oshirilishi belgilangan. Xitoy hukumati AIRdagi beqarorlik 
mamlakatda Jahon hamjamiyati tomonidan rejalashtirilgan iqti­
sodiy dasturlaming amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilishidan 
xavotirda ekanligini ma’lum qildi. Shuningdek, rasmiy Pekin 
Xitoydagi Shinjon Uyg‘ur Muxtor Hududidagi mahalliy uyg‘ur 
ayirmachi guruhlarining Afg‘onistonda faoliyat yuritayotgan ter- 
rorchi va ekstremistik tashkilotlar bilan hamkorlik qilishidan 
xavotirlanayotganligini kuzatish mumkin.
Afg‘onistonda AQSH yetakchiligidagi chet el harbiy kuchlari 
bo‘lishining XXR uchun ham ijobiy, ham salbiy taraflari mavjud. 
Ijobiy tarafi shundaki, Qo‘shma Shtatlar qo‘shini terrorchilik va 
ekstremistik tashkilotlar faoliyatining Sharqiy Turkiston bo‘ylab 
kengayishini tiyib turishi mumkin. Salbiy jihati esa, AQSH 
Afg‘onistondagi o‘z harbiy infratuzilmasi imkoniyatlaridan 
foydalangan holda aynan Shinjon Uyg‘ur Muxtor Hududidagi 
ayirmachilik harakatlarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.
2014-yildan boshlab Xitoy afg‘on muammosi atrofidagi 
jarayonlarda o‘z ishtirokini keskin faollashtirdi. Yangi saylangan 
AIR Prezidenti A.G‘aniy 2015-yilning martida o‘zining birinchi 
xorijiy rasmiy safarini ham aynan Xitoydan boshlagani hamda


XXR vakillarining Pokiston bilan hamkorlikda Afg‘on hukumati 
va “Tolibon” harakati o‘rtasida tinch muzokaralami o‘tkazishga 
vositachilik qilishga urinayotganligi yuqoridagi fikrni asoslaydi.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish