A. M. Mannonov n. A. Abdullayev r. R. Rashidov


  Бобокупов И.И. Афганская трансформация: приоритеты и ключевые



Download 7,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/127
Sana19.04.2022
Hajmi7,35 Mb.
#564329
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   127
Bog'liq
Afg\'oniston tarixi. Mannonov A.M, Abdullayev N.A, Rashidov R.R

141 
Бобокупов И.И. Афганская трансформация: приоритеты и ключевые
проблемы / Центральная Азия и Кавказ, Том 16, Выпуск 2, 2013.


ming nafarga yaqin AQSH harbiy kuchlari zimmasiga yuklatilgan 
asosiy vazifa ham aynan Afg‘oniston milliy armiyasi va politsiya- 
sini jangovar shayligi va qobiliyatini oshirish hisoblanadi142.
AQSH va uning ittifoqchilari ko‘magi doirasida, bugungi kunda 
AIRdagi 350 ga yaqin harbiy obyektlar barcha infratuzilmaviy 
sharoitlar bilan ta’minlanib, 15 mingga yaqin harbiy avtomobillar, 
1600 atrofida bronetexnika vositalari afg‘on armiyasi ixtiyoriga 
topshirildi. 2012-2014-yillar oralig‘ida 7 ta umumiy harbiy 
hamkorlik mashg‘ulotlari va 40 ga yaqin AM A hamda XKXK 
hamkorligida maxsus taktik mashg‘ulotlar o‘tkazildi143.
2001-yil oxiri va 2002-yil boshlaridan boshlab mamlakatga 
XKXK kiritilgandan so‘ng 
Afg‘on Milliy Politsiyasi 
(AMP)ning 
yangi tarkibini shakllantirish ishlari boshlandi. Afg‘oniston Islom 
Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi tarkibiga kiruvchi quyidagi turli 
tuzilmalar faoliyat yuritadi: Afg‘on umumiy politsiyasi, Afg‘on 
Milliy yordamchi politsiyasi, Afg‘on fuqarolik nazorati politsi­
yasi, Afg‘on Narkotiklarga qarshi kurash politsiyasi, Terrorizmga 
qarshi kurash departamenti, Afg‘on mahalliy politsiyasi va Chegara 
politsiyasi144.
Ushbu bir-biridan mustaqil boshqarma va bo‘limlar turli 
vazifalami bajarishi belgilangan. Masalan, Afg‘on Milliy yordamchi 
politsiyasi politsiyaga ko‘mak berib turgan hamda unda bir yil 
xizmat qilgan va maxsus ko‘rikdan hamda qo‘shimcha kursdan 
o‘tgan harbiy xizmatchilami politsiya tarkibiga olishni belgilagan.
Afg‘on umumiy politsiyasi - AMPning yirik tuzilmasi bo‘lib, bu­
gungi kunda ushbu tuzilma saflarida 90 ming nafardan ortiq politsiya 
xodimi faoliyat yuritmoqda. Afg‘on umumiy politsiyasi qonunchilik
142 SECURITY AND DEFENSE COOPERATION AGREEMENT 
BETWEEN THE UNITED STATES OF AMERICA AND THE ISLAMIC 
REPUBLIC OF AFGHANISTAN. 2014. http://mfa.gov.af/en/news/bsa
143 Anthony H. Cordesman. Transition in Afghanistan: Loosing the Forgotten 
war? The need to reshape US strategy in Afghanistan, Pakistan, and Central 
Asia. - Washington, D.C.: CSIS, 2015. - P. 91.
144 Center for Security Governance. The Afghan National Security Forces 
Beyond 2014: Will They Be Ready? - №2, February 2014.


bajarilishini nazorat etish, Afg‘on hokimiyat idoralarini qo‘riqlash, 
jamoat tartibini saqlash kabi vazifalami bajaradi va mamlakatning 
barcha viloyatlarida ushbu tuzilmaning bo‘linmalari mavjud. Shu- 
ningdek, Afg‘on patrul politsiyasi ham Afg‘on umumiy politsiyasi 
tarkibida faoliyat olib boradi va ushbu tuzilmaga mamlakat bo‘ylab 
yo‘llarda harakatlanish bo‘yicha xavfsizlikni ta’minlash mas’uliyati 
yuklatilgan. Afg‘on fuqarolik nazorati politsiyasi - 2006-yilda katta 
shaharlarda tartibsizliklarni oldini olish, favqulodda holatlarda 
hududlar barqarorligini ta’minlash, yuqori darajali tahdid mavjud 
hududlami qo‘riqlash kabi vazifalar yuklatilgan. AMPning ush­
bu bo‘limi 14 500 nafar xodimdan iborat bo‘lib, hozirda Kobul, 
Qandahor, Hirot, Gardez va Helmand viloyatlarida bo‘linmalari 
mavjud.
Afg‘on chegara politsiyasi - Afg‘oniston chegaralarini 
qo‘riqlash, mamlakatga kirish va chiqishni nazorat qilish, noqo- 
nuniy tovarlar kirim-chiqimi (kontrabanda), xalqaro aeroportlar 
hududlari, fuqarolar xavfsizligini, shuningdek, chegaralardan 50 km 
uzoqlikdagi ichki hududlar xavfsizligini Afg‘on umumiy politsiyasi 
bilan birgalikda ta’minlash vazifalarini bajaradi. Afg‘on chegara 
politsiyasida 40 ming nafardan ortiq chegarachi mavjud. Hozirgi 
kunda Afg‘on chegara politsiyasining joylarda 6 ta bo‘limi hamda 
ularga qarashli postlari mavjud. Jumladan, 0 ‘zbekiston bilan 
chegaradosh hududlarda Mozori Sharif chegara bo‘limining Balx 
bo‘linmasiga qarashli Sho‘rtepa va Kaldor postlari faoliyat yuritadi.
Jinoyat-qidiruv departamentida AMPning 4000 nafardan ortiq 
xodimlari faoliyat yuritib keladi va ulaming ko‘pchiligi poytaxt 
Kobulda jinoyat-qidiruv ishlari hamda ulami sudga oshirishga oid 
hujjatlashtirish, jinoyat ekspertizasi kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
2003-2004-yillar davomida 35 ming nafar xodim bilan tashkil 
etilgan AMP shaxsiy tarkibida so‘nggi yillarda o‘sish tendensiyasi 
kuzatilmoqda. Afg‘on Milliy Politsiyasi tizimidagi e’tiborga loyiq 
j ihat shundaki, uning tarkibida ко ‘pchilik xotin-qizlar faoliyat yuritib 
kelmoqda va bunday holat islom an’analariga xos hayot tarziga rioya 
etuvchi mamlakat uchun katta ahamiyatga ega. Xususan, hozirgi


vaqtda AMP tarkibida 4 ming nafarga yaqin ayol politsiyachilar 
mavjud. 2014-yil yanvar oyida polkovnik Jamila Biyaz ilk bor Ko­
bul politsiya bo‘limining boshlig‘i etib tayinlandi. Afg'oniston IIV 
ko‘rsatmasiga ko‘ra, kelgusida xavfsizlik choralarini kuchaytirish 
maqsadida har yili politsiya saflariga 1000 nafardan ortiq xotin- 
qizlaming ishga qabul qilinishi belgilab olindi. Chunki, Afg‘oniston 
sharoitida so‘nggi yillarda “Tolibon” harakati va boshqa ekstremistik 
guruhlar tomonidan qo'poruvchilik maqsadlarida ayollardan keng 
foydalanish holatlari ko‘plab uchramoqda. Afg‘on an’analariga 
ko‘ra esa, begona erkakning notanish ayolga yaqinlashishi va tintuv 
qilishi taqiqlangan. Islom shariati normalari amal qilinadigan 
davlatda bunday harakatlar aholi tomonidan salbiy qabul qilinadi 
va shu sababli hozirgi paytda bu kabi vazifalami ayol politsiyachilar 
bajarishi belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, shubhali jinoyatchilar 
ayollar orasiga kirib ko‘zdan yashirinmoqchi bo‘lsa, uni ta’qib qi­
lish ayol politsiyachiga noqulaylik tug‘dirmaydi va fuqarolar orasida 
ham norozilikka sabab bo‘lmaydi. Shu boisdan, Afg'oniston 
hukumati yaqin kelajakda AMP tarkibida ayollaming ulushini 10 
%ga yetkazishni rejalashtirishmoqda. Bu borada 2015-yil yanvar 
oyidan maxsus loyihani amalga oshirish boshlandi va mazkur loyiha 
doirasida yaqin 10 yil davomida AIR politsiya tizimida ayol politsi- 
yachi xodimlar sonini 10 ming nafarga yetkazish mo‘ljallanmoqda.
Texnik jihatdan va qurollar turi bilan ta’minlanishiga ko‘ra 
hozirda AMP tasarrufida 1000 dan ortiq avtotexnika vositalari 
mavjud. 2014-yilning sentabr oyida Uelsda bo‘lib o‘tgan NATO 
sammitida Shimoliy Atlantika Ittifoqiga a’zo davlatlar tomonidan 
Afg‘on Armiyasi va Politsiyasiga berilayotgan moddiy yordam 
hajmini 2014-yildan keyingi davrda yiliga 4,1 mlrd. AQSH 
dollaridan 5,1 mlrd. AQSH dollarigacha oshirishga qaror qilindi.
Afg‘on Milliy Xavfsizlik Kuchlarini mamlakatda istiqomat qi­
luvchi milliy-etnik birliklar nisbatidan kelib chiqib shakllantirish 
muhim ahamiyatga ega.
2003-yilda Afg'oniston Qurolli Kuchlari shakllantirilishi 
jarayonida etnik balansni saqlab qolishni kafolatlovchi rahbariy


tamoyillar e’lon qilingan edi. Xususan, shaxsiy tarkibning 
38% pushtunlardan, 25% tojiklardan, 19% hazoriylardan, 8% 
o‘zbeklardan tashkil topishi kerak edi. Ammo, bugungi kunda 
Afg‘on Milliy Xavfsizlik Kuchlari etnik tarkibida asosiy o‘rinni 
pushtunlar va tojiklar egallab kelmoqda.

Download 7,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish