AFG‘ONISTONNING ERON BILAN
MUNOSABATLARI
2001-yilda Afg‘onistondagi “Tolibon” hukumati ag‘darilib
tashlangandan keyin Eron Islom Respublikasi (EIR) afg‘on mojarosi-
ning bartaraf etilishida BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyatini
qo‘llab-quwatladi. Bu borada rasmiy Tehran 2001-yilning dekabr
oyida bo‘lib o‘tgan Bonn konferensiyasida ishtirok etib, birinchilardan
bo‘lib H.Karzay yetakchiligidagi muvaqqat hukumatni tan oldi.
EIR tashqi siyosatida Afg‘oniston yo‘nalishi muhim ahamiyat
kasb etadi va afg‘on muammosining hal etilishi yuzasidan rasmiy
Tehronning o‘z pozitsiyasiga egaligi va uni amalga oshirilishi Eron-
ni mintaqaviy yetakchi davlatga aylanib borishi bilan birgalikda,
mintaqa davlatlari uchun tahdid sifatida qaralayotgan
terrorizm
hamda narkotik moddalar muammosini oldini olishda o‘z mahsulini
bermoqda. Ayni paytda, EIR Afg‘onistonga nisbatan quyidagi
pozitsiyasini saqlab kelmoqda:
- rasmiy Kobul bilan iliq munosabatlar yuritish;
- mintaqaviy muammolaming hal etilishida tashqi kuchlaming
aralashuviga yo‘I qo‘ymaslik;
- Afg‘onistondagi mojaroni mamlakat aholisining iqtisodiy-
ijtimoiy holatini yaxshilash orqali hal etish;
- Afg‘oniston hududida chet el harbiy bazalarining uzoq vaqt
saqlanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik;
- Jahon hamjamiyatining Afg‘oniston bilan bog‘liq siyosiy
qarorlari qabul qilinishida Eron manfaatlari hisobga olinishiga
erishish.
Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qi
luvchi o‘ziga xos bir qancha omillar mavjud bo‘lib, ular umumiy
tarixga egalik, hududiy yaqinlik, o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy
aloqalari, umumiy chuqur ma’naviy va axloqiy negizlaming
mavjudligida namoyon bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda,
so‘nggi yillar davomida Eron va Afg‘oniston o‘rtasida iqtisodiy
hamda madaniy sohalarda 25 dan ortiq shartnomalar imzolandi.
2001-yildan keyingi vaqt mobaynida Afg'oniston va Eron
o'rtasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarga oid bir qancha
loyihalar amalga oshirildi. Shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlash, Erondagi afg'on qochoqlari muammosini hal qilish,
Afg'onistonda narkotik moddalar yetishtirilishini oldini olish
borasida birgalikda samarali faoliyat olib borildi.
Eron va Afg'oniston o'rtasidagi aloqalami kengaytirish
borasida ikki davlat prezidentlari tomonidan Iqtisodiy Hamkorlik
Tashkilotining Bokudagi (2006-yil) sammitida, Shanxay Hamkorlik
Tashkilotining (ShHT) Shanxay (2006-yil), Toshkent (2010-yil)
va Astanadagi (2011-yil) yig'ilishlarida, mamlakat rahbarlarining
forsiyzabon davlatlar uchrashuvida Dushanbe (2006-yil) kengashida
hamda BMT Bosh assambleyasining Nyu-Yorkdagi (2006-yil)
yig'ilishlari doirasida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvlarida kelishib
olingan edi.
2009-yilning may oyida Eron, Afg' oniston va Pokiston o'rtasida
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasida uch tomonlama
uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu uchrashuvda rasmiy Tehran o'z oldiga
maqsad qilib mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi ta’simi
kamaytirish va Eronning rolini oshirishni qo'ydi.
Eron hukumati tomonidan afg'on muammosini hal qilishdagi
mazkur yondashuv xalqaro konferensiyalarda ham, ikki tomonlama
uchrashuvlarda ham ilgari surib kelindi. Rasmiy Tehronning bu
yondashuvi 2009-yilda AQSH hukumati tomonidan Afg'oniston
borasidagi yangi strategiyasi e ’lon qilingandan keyin yanada
faollashdi hamda 2011-yilning iyun oyidagi Tehran va 2012-yilning
fevral oyida Islomobodda bo'lib o'tgan Afg'oniston muammosini
hal qilish borasidagi konferensiyalarda ham ta’kidlab o'tildi.
Rasmiy Tehran kelajakda AQSH harbiy bazalarining afg'on
zaminida saqlanib qolishini Eron-Afg'oniston munosabatlariga
tahdid sifatida ko'rmoqda. Eronning bu boradagi tutgan
mavqei haqida fikr bildirgan yetuk afg'onshunos mutaxassis
Sh.Akmalov shunday deydi: “Eronning ikkala tomonida, ya’ni
Iroq va Afg'onistonda g'arb davlatlari harbiy kontingentlarining
joylashtirilishi rasmiy Tehron uchun maqbul emas va ayniqsa
afg‘on zaminining yanada harbiylashtirilishi (chet el harbiy kontin
genti miqdorining ko‘paytirilishi - R.R.) Eron tomonining xavotiri
oshishiga sabab bo'lmoqda”148.
Rasmiy Tehron Afg‘oniston hududidagi Eron tomon bo‘lgan
kuchlar bilan aloqalami yo‘lga qo‘yish borasidagi ishlami ham
faollashtirmoqda. Bu boradagi asosiy maqsad Eron hududining o‘rab
olinishiga yo‘l qo‘ymaslik va AQSH bilan qurolli to‘qnashuvlami
yuzaga keltirmaslikdir. Bugungi kunda EIR hukumat rahbarlari chet
el qurolli kuchlari tomonidan keng qamrovli harbiy tayyorgarlik
ishlari olib borilayotgan Afg‘onistonning Eron bilan chegaradosh
hududlarini mustahkamlashga harakat qilmoqda.
Eron
tomonidan
afg'on
siyosati
borasidagi
asosiy
yo‘nalishlardan biri afg‘on narkotiklarining Eron orqali Yevropaga
chiqib ketishiga to‘sqinlik qilish hisoblanadi. Eron hukumatini
mamlakatning Afg‘oniston bilan chegaradosh Xuroson, Kermon,
Seyiston va Belujiston viloyatlaridagi vaziyat xavotirga solib,
bu hududlarda afg‘on narkotik moddasi sotuvchilari tomonidan
amalga oshirilayotgan terror, odamlami o‘g‘irlab ketish hamda
mansabdor shaxslami sotib olish singari jinoyatlar kuchayishi
kuzatilmoqda. Eron Afg‘onistonda narkotik o‘simliklarini ekishga
qarshi kurashishga nisbatan olib borilayotgan chora-tadbirlarda faol
ishtirok etib keladi. Eron afg‘on narkotik moddalar yetishtirish va
ulaming savdosiga qarshi kurashishda YUNDKP, Afg‘onistonga
chegaradosh davlatlar hamda donor davlatlar tomonidan ishlab
chiqilgan mintaqaviy rejalami qo‘llab-quvvatlaydi.
Eron Afg‘onistonni tiklash bilan bog‘liq bo‘lgan barcha
konferensiyalarda faol ishtirok etdi hamda afg‘on tomoniga moli
yaviy yordamlar ajratishini ma’lum qildi. Bu borada Eron hukumati
Afg‘onistonning tiklanishidan asosiy manfaatdor davlat sifatida
2001-yildan keyingi 5 yil davomida 500 mln. AQSH dollari ajratdi
hamda ushbu investitsiyani sifatli amalga oshirish maqsadida
148
Акмалов Ш. О некоторых аспектах военно-политической обстановки
в Афганистане. // Востоковедение. № 1-2. 2008. - С. 13.
Eron tomonidan maxsus dastur ishlab chiqildi. Eron Prezidenti
Muhammad Hotamiy 2002-yilning 13-avgustida Kobulga qilgan
rasmiy tashrifi chog‘ida xalqaro hamjamiyatni Afg‘onistonni qayta
tiklashda faol ishtirok etishga chaqirdi. 2002-2004-yillarda Eron
hukumati tomonidan Afg‘onistonga 381,9 mln. AQSH dollari,
2005-2006-yillarda 100 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘
ajratilgan bo‘lsa, 2006-2009-yillarda Afg‘oniston iqtisodiyotiga
sohalar bo‘yicha quyidagicha mablag‘ ajratildi: temir yo‘l qu-
rilish sohasiga - 200 mln. AQSH dollari, mudofaa va bojxona
tizimi faoliyatini takomillashtirishga - 16 mln. AQSH dollari,
kommunal xo‘jaligini rivojlantirishga - 16 mln. AQSH dollari,
telekommunikatsiya sohasiga - 10 mln. AQSH dollari, madaniyat
va sport sohasiga - 10 mln. AQSH dollari hamda gumanitar sohaga
- 38 mln. AQSH dollari.
Eron hukumati Afg‘onistondagi iqtisodiyotni qayta tiklash
maqsadida boshqa davlatlardan farqli ravishda asosan qishloq
xo‘jaligi, energetika, yo‘l qurilishi va kommunikatsiya sohasiga
investitsiya ajratib keldi. 2002-yilda Eron tomoni Afg‘onistonda
irrigatsion sohani rivojlantirishga hamda mamlakatning shi-
moliy va g‘arbiy viloyatlarida irrigatsiya va aholini ichimlik suvi
bilan ta’minlashga qaratilgan umumiy miqdori 11,5 mln. AQSH
dollarini tashkil etuvchi 22 ta loyihani amalga oshirishga kirishdi.
Ushbu dastur asosida 2005-yilda Afg‘onistonning Hirot, Kobul va
Qandahor viloyatlarida 180 ta artezan quduqlari barpo etildi hamda
irrigatsiya va ichimlik suvi tizimi tiklandi. 2006-yilda esa Hirot
viloyatida eronlik mutaxassislar tomonidan 1200 km uzunlikdagi
kanal qurilishi boshlandi.
2001-yildan keyingi davr mobaynida EIR va AIR o‘rtasida
transport va tranzit sohasida bir qancha kelishuvlar imzolandi.
2003-2004-yillarda Eron ishtirokida Afg‘oniston transport yo‘lini
tiklash borasida ikkita shartnoma hamda to‘rtta savdo-tranzit
sohasida kelishuvlar imzolandi. Ushbu kelishuvlarga muvofiq, Eron
transafg‘on temir yo‘l tizimini qurish ishlarida ham ishtirok etdi. Bu
borada Eron transafg‘on temir yo‘l tizimining bir qismi hisoblangan
Xaf-Hirot (191 km) temir yo‘lini qurib foydalanishga topshirishni
o‘z zimmasiga oldi.
Bundan tashqari, EIR AIRda avtomobil yo‘llari qurilishida
ham faol ishtirok etdi. Jumladan, 2004-yilda EIR tomonidan
ajratilgan 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘ vositasida
Eron-Afg‘oniston chegarasida Milak ko‘prigi qurildi. Shu yilda
Eron mablag‘i asosida Hirot-Elamqal’a va Hirot-Maymana yo‘llari,
2005-yilda esa 123 km uzunlikdagi davlatlararo Doxarun-Hirot
tranzit yo‘li qurib bitkazildi.
Eron hukumati Afg‘oniston iqtisodiy otini qayta tiklash
j arayonida energetika sohasiga ham e ’tibor qaratdi hamda 2002-y ilda
qo‘shni mamlakatning g‘arbiy hududlarida elektr tarmoqlarini barpo
etish ishlarini amalga oshirdi. EIR afg'on aholi punktlarini elektr
energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan ikkita loyihaning amalga
oshirilishiga 13,6 mln. AQSH dollari miqdorida pul ajratdi hamda
birinchi loyiha Tayobog4-Hirot yo‘nalishida 2003-yilda, ikkinchi
loyiha Turbot-Jom-Hirot yo‘nalishida 2005-yilda ishga tushirildi.
2005-yil mart oyidabo ‘ lib о ‘ tgan AIR va EIR о ‘ rtasidagi hukumat
darajasidagi uchrashuvda yagona hukumatlararo savdo-iqtisodiy
qo‘mita tuzish hamda Eron tomonidan Afg‘onistonga energetika
tarmog‘ini rivojlantirish uchun 50 mln. AQSH dollari miqdorida
mablag‘ ajratish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 2006-yilning
boshida ikki davlat o‘rtasida energetika sohasida o‘zaro hamkorlik
qilish bo‘yicha memorandum imzolandi. 2009-yilning 25-martida
EIR Prezidenti Ahmadi Najodning Afg‘onistonga tashrifi davomida
Eron tomonidan ajratilgan 3 mln. AQSH dollari miqdoridagi mablag‘
asosida Kobulda barpo etilgan Telekommunikatsiya markazining
rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2009-2014-yillar davomida Eron kompaniyalari Afg‘onistonda
360 mln. AQSH dollariga teng miqdoridagi sanoat sohasiga oid
bir qator loyihalami amalga oshirdi va bu boshqa xomashyo qazib
chiqarish bilan shug‘ullanuvchi chet el kompaniyalaridan farqli
ravishda tayyor afg‘on mahsulotlarini jahon bozoriga chiqarilishida
yordam berdi.
Shuningdek, Eronning bir qator savdo va sanoat kompaniya
lari AIRni qayta tiklash borasidagi ko‘pgina loyihalarda ishtirok
etishni ko‘zlab, Afg‘onistonga jami bo‘lib 1 mlrd. AQSH dollari
miqdorida investitsiya kiritish imkoniyati mavjudligini m a’lum
qilishdi. Ikki davlat o‘rtasidagi savdo va tranzit sohasidagi
aloqalar ham rivojlanib bormoqda. 2002-2010-yillarda ikki davlat
o‘rtasida faqat savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida 35 ta shartnoma
imzolandi va amalga oshirildi. Afg‘oniston Savdo vazirligining
ma’lum qilishicha, 2011-yilda mamlakatda 500 dan ortiq Eron
kompaniyalari ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat yuritmoqda. 2011-
yil avgustda Eronning Qum shahrida bo‘lib o‘tgan ikki davlat
savdo vazirliklari mas’ul xodimlari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng
Afg‘onistonga investitsiya kiritishlari va erkin faoliyat yuritishlari
uchun eronlik savdogarlarga afg‘on hukumati tomonidan bir necha
imtiyozlar berilganligi ma’lum qilindi.
Ikki davlat o ‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlaming
rivojlanib borishida o‘zaro tovar almashinuvi haj mining о‘sib
borayotganligi ijobiy hoi dir. Xususan, 2001-yilda Erondan
Afg‘onistonga 52 mln. AQSH dollari miqdorida mahsulot eksport
qilingan bo‘lsa, 2005-yilda ushbu ko‘rsatkich 497 mln. AQSH
dollariga yetdi va 2009-yilda esa 1 mlrd. AQSH dollaridan oshdi.
2011-yilda Eron Afg‘onistonga 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida
mahsulotlar va xizmatlar eksport qildi. 0 ‘z navbatida Afg‘oniston
uchun o‘z mahsulotlarini sotish bo‘yicha Eron muhim bozor
hisoblanadi. Garchi o‘zaro savdo aylanmasi hajmida afg‘on to-
monining hissasi kamroq bo‘lsa-da, keyingi yillarda o‘sish ten-
densiyasi kuzatilmoqda. Jumladan, 2001-yilda Afg‘onistonning
Eronga eksporti 0,7 mln. AQSH dollarini, 2005-yilda 6,3 mln.
AQSH dollarini, 2009-yilda 15,3 mln. AQSH dollarini tashkil etgan
bo‘lsa, 2011-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 300 mln. AQSH dollari
miqdoriga yetdi.
Eron tomonidan Afg‘onistonga neft va neft mahsulotlari, dori-
darmonlar, avtomobillar, qurilish va plastik jihozlar eksport qilingan
bo‘lsa, Afg‘onistondan rangli metallar, meva va chorva mollari sotib
olinmoqda. Xususan, ayni paytga kelib Afg‘onistonda yiliga 3 mln.
tonna miqdoridagi neft va neft mahsulotlari iste’mol qilinsa, shuning
70%i Erondan yetkazib berilmoqda. 2011-yilning dekabr oyida
Afg‘oniston hukumati Eronning Chohbahor portida yuklami tranzit
qilishda foydalanish uchun savdo markazini barpo etish bo‘yicha
EIR bilan bitim imzoladi.
Eronning
Afg‘onistonga nisbatan
2001-yildan
keyingi
munosabatlarida iqtisodiy va madaniy sohalar yetakchi o‘ringa
chiqdi. Mamlakat tomonidan Afg‘onistonni o‘z ta’sir doirasiga
saqlab turishda qo‘llanilgan siyosiy munosabatlardan farqli
ravishda “yumshoq kuchdan” vosita sifatida foydalanish maqsad
qilib olindi. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, bugungi kunda ikki
davlat o‘rtasida ilm-fan va madaniyat sohasida aloqalar yo‘lga
qo‘yildi hamda rasmiy Tehron tomonidan Afg‘onistondagi
fUqarolar urushi davomida buzilib ketgan diniy, madaniy va ta’lim
tizimiga tegishli bo‘lgan maktab, kutubxona, bosmaxona va boshqa
obyektlami tiklash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatilmoqda.
Jumladan, 2002-2006-yillarda Eron hukumati mablag‘i asosida Hi
rot shahrida madaniy markaz qurib bitkazildi. Shuningdek, shu yil
davomida EIR tomonidan afg‘on ta’lim tizimini takomillashtirish
maqsadida maktablami o‘quv materiallari bilan ta’minlagan holda,
fors ilm-fan vakillari tomonidan turli ilmiy seminar, konferensiya
va ko‘rgazmalar o‘tkazildi.
2010-yilda EIR hukumati tomonidan ajratilgan 5 mln.
AQSH dollari miqdoridagi afg‘on oliy ta’lim tizimi xodimlarini
qayta tayyorlashga qaratilgan dastur doirasida 253 nafar afg‘on
o‘qituvchisi va 400 nafar talabalar qisqa muddatli o‘qitildi. Hozirda
Eron hukumati Afg‘onistonda oliy ta’lim muassasalarini ochish va
ulami turli jihozlar bilan ta’minlash borasida bir qancha loyihalami
amalga oshirmoqda. Tarixiy-madaniy bir-biriga yaqin bo‘lgan bu
ikki davlat munosabatlari rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan
qator omillar ham mavjud.
1999-yiIda “Tolibon” hukumati tomonidan Helmand daryosi
suvining to‘xtatib qo‘yilishi natijasida Eronning Belujiston va
Seyiston viloyati katta miqdorda iqtisodiy zarar ko‘rdi. 2002-yil-
ning avgust oyiga kelib Helmand daryosining Eronga boradigan
tarmog‘i qayta ochildi. 2006-yilda ikki davlat o‘rtasida Helmand
daryosi suvidan foydalanishni tekshirib turuvchi delegatsiya tuzish
va Homun ko‘li havzasini qayta tiklash bo‘yicha shartnoma tuzildi.
Bundan tashqari, Afg'oniston hukumati tomonidan mamlakatni
elektr energiyasi bilan ta’minlash loyihalaridan biri bo'lmish
Helmand daryosiga Kojaki GESni va to‘g‘on qurilishini boshlashi
ikki davlat o'rtasidagi vaziyatning keskinlashishiga sabab bo'ldi.
2009-yilda Eron hukumati tomonidan Afg'oniston Suv resurslari
va energetika vazirligi huzurida suv resurslarini o'rganish ilmiy
tadqiqot institutini tashkil etish va o'zaro ma’lumotlar almashib
turish borasida kelishuvga erishildi. Ayni vaqtda, Afg'onistonda
yiliga 6000 t dan ortiq narkotik moddalar yetishtirilmoqda.
Ushbu giyohvand moddalaming 60%i Eron hududidan tranzit
sifatida Yevropaga chiqarish uchun foydalanilib kelinmoqda va
bundan 1/3 qismi Eron hududida qolib ketmoqda. So'nggi 20 yil
davomida EIR hukumati Afg'oniston hududidan kiruvchi noqo-
nuniy narkotik moddalari savdosiga qarshi kurashish uchun 1
mlrd. AQSH dollari miqdorida mablag' sarfladi. 2005-yilda EIR
Afg'oniston hukumatiga ikki davlat o'rtasidagi chegaralarda 25
ta blokpost qurilishiga yordam berdi. Shuningdek, BMT va Eron
birgalikda Afg'onistondagi chegara postlarini texnika vositalari
bilan ta’minlashga ko'maklashish maqsadida “Said” dasturi amalga
oshirildi.
2007-yilda Eron Ichki ishlar vazirining Afg'onistonga tashrifi
davomida Hirot, Farah va Nimroz viloyatlarida nazorat postlari
tashkil qilish borasida kelishuv imzolandi va ushbu kelishuv
2010-yilga kelib to'la amalga oshirildi. Shu bilan birgalikda,
2009-yilda Pokiston, Afg'oniston va Eron tomonidan olib borilgan
tadbirlar jarayonida 2,5 tonna giyohvand moddalar ushlanib qoli-
nib, 74 nafar jinoyatchi qo'lga olindi149.
149
mChristensen J.B. Iran’s troubled relation to Afghanistan and Pakistan.
/R A N D ,2 0 1 1 .h ttp ://w w w .ra n d .o rg /co n ten t/d am /ran d /p u b s/o ccasio n al_
papers/201 l/RAND_OP322.pdf
2011-yilning 20-iyunida Afg‘oniston Prezidenti H.Karzay hamda
Eron Mudofaa vaziri Sardor Ahmad Vohidiy o‘rtasidagi uchrashuv
chog‘ida ikki davlat hukumatlari hamkorligida xalqaro terrorizm,
narkotik moddalar kontrabandasi va uyushgan j inoyatchilikka qarshi
kurashish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Afg‘onistondagi og‘ir ijti-
moiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyat afg‘onlaming o‘zi yashab turgan
hududlarini tark etib, boshqa davlatlardan boshpana izlashlariga
sabab bo‘ldi. Bu esa birinchi navbatda Afg‘oniston bilan qo‘shni
bo‘lgan Eron oldida ham muayyan ijtimoiy-siyosiy muammolami
keltirib chiqardi. Afg‘oniston Qochoqlar ishi bo‘yicha vazirligining
ma’lum qilishicha, 1979-2001-yillar mobaynida nobarqaror
vaziyat tufayli mamlakat fuqarolarining 3 mln. nafarga yaqini Eron
hududiga qochib o‘tishga majbur bo‘ldi.
2001-yilda Tolibon hukumatining ag‘darilganidan so‘ng
BMT va donor davlatlar tomonidan afg‘on qochoqlarini
qaytarish (repatriatsiya) dasturi ishlab chiqildi. Dasturga asosan
2004-2010-yillar oralig‘ida Afg'onistonga 1,6 mln. nafar afg‘on
qochoqlari qaytarildi. 2011-yilda Eron hukumati tomonidan
qochoqlami ro‘yxatga o‘tkazish amalga oshirilgan bo‘lib, unga
ko‘ra ayni paytda mamlakatda 940 ming nafar afg‘on qochoqlari
mavjudligi ma’lum qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |