AFG‘ONISTON VA POKISTON 0 ‘RTASIDAGI
MUNOSABATLAR
Zamonaviy bosqichda Afg‘oniston va Pokiston Islom Res
publikasi (PIR) o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta muhim ahamiyatga
egadir. Pokiston tomoni azaldan afg‘on rasmiy hukumati bilan iliq
munosabatlar o‘matishga harakat qilib kelgan. 2001-yil 11-sentabr
voqealaridan keyin Pokistonning “afg‘on siyosati” o‘zgardi va
xalqaro hamjamiyat tomonidan Afg‘onistonda amalga oshirilgan
aksilterror operatsiyasini qo‘llab-quvvatladi va unda ishtirok etdi.
Bugungi kunda Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi munosa
batlar imzolangan bir qator ikki tomonlama hujjatlarga asoslangan
holda olib borilmoqda. Xususan, AIR va PIR hamkorligi mintaqada
tinchlik, xavfsizlik va rivojlanishni ta’minlash yuzasidan imzolangan
“Yaxshi qo‘shnichilik to‘g‘risida”gi Qobul deklaratsiyasi (2002-yil),
“Pokiston Islom Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi
o‘rtasida tranzit qatnovi to‘g‘risida”gi kelishuv (2005-yil), “AIR
va PIR terrorizmga qarshi kurashishda hamkorlik to‘g‘risida”gi
memorandum, “Pokiston Islom Respublikasi va Afg‘oniston Islom
Respublikasi o‘rtasida ishonchni mustahkamlash choralarini amal
ga oshirish uchun ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida”gi shartnoma
(2007-yil), “Ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi
qo‘shma deklaratsiya (2009-yil), “Islomobod deklaratsiyasi” (2009-
yil 13-14-may kunlari Islomobodda bo‘lib o‘tgan xalqaro konfe-
rensiyasi yakunlari bo‘yicha imzolangan), “Afg‘oniston - Pokiston
savdo-tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shartnoma (2010-yil oktabr)
shular jumlasidandir.
Ikkala davlat o‘rtasidagi munosabatlar tarixiga e’tibor beradi-
gan bo‘lsak, Pokiston doimo Afg‘onistonda beqaror vaziyat mavjud
bo‘lishidan manfaatdor bo‘lib kelgan.
Afg‘oniston o‘z qo‘shnilari orasidan Pokiston bilan eng uzun
chegaraga ega bo‘lib, mazkur chegaraning ikkala tomonida ham
bir xil millat, ya’ni pushtunlar va balujlar yashaydi. Pokistonda
ayni paytga kelib 30 mln. nafarga yaqin pushtunlar (vaholanki
Afg‘oniston hududida 15 mln. nafar atrofida pushtun millatiga
mansub aholi yashaydi) va 8 mln. nafarga yaqin balujlar (Balujiston
viloyatida) yashayotganligi va ular orasida separatistik harakat-
laming mavjudligi rasmiy Islomobodning doimiy xavotiriga sabab
bo‘lmoqda. Shu sababli, ikkala davlat ham o ‘z tashqi siyosiy strate-
giyasini ishlab chiqishda pushtunlar masalasiga alohida e’tibor
qaratishi bejiz emas.
Ikki davlatda yashovchi pushtunlami birlashtiruvchi yago
na “Buyuk Pushtuniston” davlatini barpo etishga intilishlar ham
Pokiston va Afg‘oniston o‘zaro munosabatlarining rivojlanishiga
salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shuningdek, Afg‘oniston va Pokis
ton munosabatlarida davlat chegaralarining qonuniyligi va uni
delimitatsiya hamda demarkatsiya qilish bo‘yicha ham muammolar
mavjud. Tarixda Buyuk Britaniyaning Hindistondagi ma’muriyati
va Afg‘oniston o‘rtasida o‘matilgan “Dyurand chizig‘i” ayni
paytda Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasida chegara sifatida belgilab
qo‘yilgan. Ammo, ushbu chegaraning qonuniyligi shu choqqa
qadar birorta ham afg‘on davlati rahbari yoki afg‘on hukumati tan
olmagan. Shu sababli bugungi kunda ham Afg'oniston va Pokiston
chegaralarining qonuniyligi masalasi tomonlaming tortishuviga sa
bab bo‘lib kelmoqda.
2003-yil iyulida chegara tumanlarida Afg‘oniston va Pokiston
xavfsizlik kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu-
ning natijasidagi tushunmovchiliklar tufayli ish Kobuldagi Pokiston
elchixonasida tintuv o‘tkazilishigacha yetib bordi.
2007-yil may oyida Islomobodninig Afg‘oniston chegarasida
to‘siq tizimini o‘matish va mina maydonini barpo etishga hara
kati ikki tomon chegara kuchlarining qurolli to‘qnashuviga hamda
muammoning keskinlashishiga sabab bo‘ldi. Pokiston tomoni ikki
davlat o‘rtasidagi chegarada to‘siq barpo etishni transchegaraviy
terrorizmni to‘xtatish va “Tolibon” jangarilari harakatini bartaraf
etishga yordam beradi deya umid bildirdi.
0 ‘z navbatida AIR Prezidenti H.Karzay esa rasmiy Islomo-
bodning ushbu tashabbusiga qarshi chiqib, ikki davlat o‘rtasidagi
chegarada to‘siq o‘matilishi muammoni hal qilmasligini, balki
chegara hududlarida istiqomat qiluvchi bir-biriga yaqin qabilalar
hamda oilalaming ajratilib qo‘yilishiga, buning natijasida Pokiston
hududida hukumatga qarshi chiqishlaming yuzaga kelishi mumkin-
ligini ta’kidlab o‘tdi.
PIR hududida ko‘p sonli afg‘on qochoqlarining mavjudligi, mam
lakat ichki xavfsizligiga, ayniqsa Federal boshqaruvdagi qabilalar
hududi (FBQH)dagi ichki vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.
2006-yil oktabridan 2007-yil apreliga qadar Pokistonda o‘tkazilgan
aholini ro‘yxatga olish natijalariga ko‘ra, PIRda hali-hamon 2 mln.
nafardan ziyod afg‘on qochoqlari borligi ma’lum bo‘ldi.
Qochoqlarga Pokiston hukumati budjetidan muayyan miqdorda
qo‘shimcha sarf-xarajat qilib kelinmoqda. Shu bilan birga, ilgari
qochoqlar ishlari bo‘yicha BMT Oliy Boshqamv komissarligi va
donor davlatlar Pokistonga qochoqlami ta’minlab turish uchun turli
ko‘mak berib kelgan bo‘lishsa, ayni paytda ushbu yordam miqdori
ancha qisqardi. Jumladan, 1980-yillar boshida Pokistonga afg‘on
qochoqlarini ta’minlash uchun chetdan keladigan ko‘mak yiliga
o‘rtacha 100 mln. AQSH dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2005-yilda
ushbu ko‘mak atigi 4 mln. AQSH dollariga teng bo‘ldi147. Bunday
holat o‘z navbatida afg‘on qochoqlari orasida kontrabanda, ish-
sizlikning oshishi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy muammolaming
yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Pokiston hududidagi 80%dan ortiq afg‘on qochoqlari o‘z
Vatanlariga qaytishni xohlashmaydi. Chunki ular o‘zlari moslash-
gan joyni tashlab, yashash sharoiti qiyin bo‘lgan tarixiy Vatanlariga
qaytishdan ko‘ra, PIRda qolishni afzal ko‘radilar.
147
UNHCR. Searching for solutions: 25 Years of UNHCR - Pakistan
cooperation on Afghan Refugees. - Islamabad. June 2005.; Afghan refugees
not responsibility o f Pakistan alone: Fehmida. 24.07.2008.http://dailymailnews.
com/200807/24/news/dmcitypage07.html
Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar terrorizmga qarshi
kurash yo‘nalishida ham olib borilayotganligini ko‘rish mumkin.
2006-yil 7-sentabrda Pokiston Prezidenti P.Musharrafning
Afg‘onistonga rasmiy tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi
chegaradosh hududlarda xavfsizlikni ta’minlash uchun “Tolibon”
harakati, “Al-Qoida” va boshqa terroristik tashkilotlarga qarshi
Pokiston tomoni kurashni hamda boshqa chora-tadbirlami yuqori
darajada amalga oshirishni davom ettirajagini ma’lum qildi.
2006-yil sentabrda Afg‘oniston va Pokiston davlat rahbarlari-
ning Vashingtonga rasmiy tashrifi chog‘ida, mintaqada barqarorlik
va tinchlikni ta’minlash masalasini ikki davlat hududida istiqomat
qiluvchi pushtun qabilalari oqsoqollarining Katta Jirgesida muho
kama qilish tashabbusi ilgari surildi. Ushbu kelishuvga muvofiq,
2007-yilning 9-11-avgust kunlari Kobulda Afg‘oniston-Pokis-
ton Tinchlik Jirgesi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda Afg'oniston
Prezidenti H.Karzay va Pokiston Bosh vaziri Shavkat Aziz, shu
ningdek, ikki davlat chegara hududlarida istiqomat qiluvchi push
tun qabilalarining 600 ga yaqin yetakchilari ishtirok etdi. Qabila
boshlig‘i va oqsoqollami chaqirishdan maqsad o‘zaro murosaga
kelish yo‘llarini topish edi. Bundan tashqari, Jirgeda xavfsizlik va
barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chi-
qildi. Biroq, ushbu Jirge ishini Federal boshqaruvdagi qabilalar
hududidagi aksariyat pushtun qabila yetakchilari inkor etganligi
ushbu yig‘ilishning natijasiz xotima topishiga sabab bo‘ldi.
Ushbu yig‘ilishning yopilish marosimiga yetib kelgan Pokis
ton Prezidenti P.Musharraf rasmiy Islomobod tomonidan “Tolibon”
harakati qo‘llab-quwatlab kelinganligini tan oldi hamda toliblar
bilan bo‘ladigan har qanday muzokara faqat Pokiston orqali amalga
oshirilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Afg‘oniston hukumati terrorizmga qarshi kurashda rasmiy Is
lomobod bilan hamkorlik qilishga ishonchsizlik bilan qarab, uni
tez-tez terrorchilami qo‘llab-quvvatlashda ayblab keladi. Rasmiy
Kobul Afg‘oniston hududiga kirib kelayotgan jangarilar PIR
maxsus xizmatlari tomonidan qo‘llab-quwatlanayotganligini
ta’kidlab, undan o‘z hududidagi jangari guruhlarga nisbatan tegishli
choralar ko‘rishni talab qilib kelmoqda. 0 ‘z navbatida, Pokiston
tomoni toliblar hamda terrorchilaming afg‘on zaminidagi qurolli
faolligini Afg‘oniston hukumatining o‘z mamlakatida tartib o‘mata
olmayotganligida deb hisoblaydi.
Afg‘on tomoni Federal boshqaruvdagi qabilalar hududidagi ter-
roristik guruhlar va ekstremistlar bilan rasmiy Islomobod o‘rtasida
tinchlik kelushuviga erishilishiga hamisha qarshi bo‘lib keldi. Bu
borada AIR Tashqi ishlar vaziri R.Spanta 2008-yil 5-iyunida PIR
Tashqi ishlar vaziri M.Qureyshiy bilan uchrashuvida rasmiy Is-
lomobodning toliblar bilan kelishuvidan afg‘on hukumati norozi
ekanligini ma’lum qildi.
2007-yilning aprelida Turkiyaning Anqara shahrida Pokiston
Prezidenti P.Musharraf va Afg‘oniston Prezidenti H.Karzayning
navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va Turkiy a ishtirokida uch
tomonlama ishchi guruhini tuzish, Afg‘oniston Islom Respublikasi
va Pokiston Islom Respublikasi o‘rtasida ishonchni mustahkamlash
chora-tadbirlari bo‘yicha kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, ikki
tomon ham har qanday qo‘poruvchilik va terroristik aktlarini oldini
olish majburiyati qayd etilgan “Anqara deklaratsiyasi”ni imzoladilar.
2010-yiI
4-5-dekabr
kunlari
Pokiston
Bosh
vaziri
Yu.G‘iloniyning Afg‘onistonga qilgan rasmiy tashrifi davomida
2011-yilning yanvar oyidan boshlab, Pokiston orqali olib kirilgan
tovarlar uchun bojsiz savdo qilish va olingan daromadlami soliqqa
tortmaslik tizimini joriy etish, marmar, yarim qimmatbaho toshlar,
oziq-ovqat mahsulotlari, avtotransport vositalari kontrabandasiga
chek qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. 2011-yil 10—11-
iyun kunlari Afg‘oniston Prezidenti H.Karzayning Pokistonga
qilgan rasmiy tashrifi davomida 2010-yil oktabrda imzolangan
“Afg‘oniston-Pokiston savdo-tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shart-
nomada ko‘zda tutilgan masalalami amalga oshirish bo‘yicha
aniq to‘xtamga kelindi. Mazkur shartnomaning kuchga kiritilishi
natijasida tranzit yuklarini tashishga bank kafolatlarini berish bandi
shartnomadan chiqarib tashlandi va bojxona tariflarini belgilash
hamda sug‘urta kompaniyalari tomonidan tranzit yuklari uchun
sug‘urta kafolatlarining ta’minlanishi yuzasidan kelishib olindi.
“Afg‘oniston-Pokiston savdo-tranzit kelishuvi to‘g ‘risida”gi
shartnomada
ikki
tomonlama
tranzit
yuklarini
tashishga
mo‘ljallangan yangi transport yo‘nalishlarini ishga tushirish, Pokis-
tonning Markaziy Osiyo davlatlariga eksport salohiyatini oshi-
rish hamda Afg‘onistonning PIR dengiz portlaridan foydalanish
imkoniyatlarini kengaytirish uchun ham huquqiy asoslar belgilab
qo‘yildi. XXI asr dastlabki o‘n yilligi va ikkinchi o‘n yillik
boshlarida Afg‘oniston-Pokiston savdo aloqalarining rivojlanishi
natijasida ikki davlat o‘rtasidagi tovar aylanmasi hajmi ham oshib
bordi. Ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 2008-yilda 1,3
mlrd. AQSH dollari, 2009-yilda 1,4 mlrd. AQSH dollari, 2010-yilda
1,5 mlrd. AQSH dollari va 2011-yil yakunlariga ko‘ra esa 2,5 mlrd.
AQSH dollarini tashkil etdi. PIRning 2009-yilgi umumiy eksport
hajmidagi Afg‘oniston ulushi 3%, 2010-yilda esa 8,5%ga yetgan
bo‘lsa, Pokiston importidagi afg‘on ulushi 2009-yilda 0,8%,
2010-yilda esa 1,3% ga teng bo‘ldi.
Afg‘onistonga Pokistondan asosan tibbiyot uskunalari,
to‘qimachilik (paxta tolasi, ip gazlama, tayyor mahsulotlar) va
oziq-ovqat mahsulotlari (un, guruch, baliq) eksport qilinsa, Pokis
ton Afg‘onistondan quritilgan meva, jun, paxta, mo‘yna va teri,
qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, afg‘on gilami kabi
mahsulotlami import qiladi.
2010-yil oktabrda imzolangan “Afg‘oniston-Pokiston savdo-
tranzit kelishuvi to‘g‘risida”gi shartnomaga binoan yigirilgan ip va
sintetik shtapel matolar, elektr jihozlari, sintetik ipak tolasi, mexanik
asbob-uskunalar, qog‘oz va kartonlar, hayvon va o‘simlik yog‘i,
kofe va choy, rezina mahsulotlari, shakar va qandolat mahsulotlari,
avtomobil ehtiyot qismlari kabi 10 turdagi mahsulotlar AIRning
asosiy import tovarlari sifatida ro‘yxatga olinib, ushbu tovarlaming
erkin savdo qilinishi belgilab olindi.
2011-yilning 19-iyul kuni PIR Prezidenti A.A.Zardoriy
Afg‘onistonga rasmiy tashrif bilan keldi. Mazkur tashrif davomida
tomonlar ikki o‘rtadagi savdo-iqtisodiy aloqalaming rivojlanishi-
ga chegara hududlarida yuzaga kelayotgan beqaror vaziyat
salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini muhokama qildilar. Pokiston
Afg‘onistonni qayta tiklash ishlarida ham ishtirok etib kelmoqda
va bu borada muhim donor davlat ham hisoblanadi. 2006-yilda
Pokiston Afg‘onistonning ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy qurilishi
va boshqa ijtimoiy sohalami rivojlantirish maqsadidagi jami 20 ta
loyihani amalga oshirish uchun 200 mln. AQSH dollari miqdorida
moddiy yordam ko‘rsatdi.
2012-yil 16-17-yanvar Islomobod shahrida Afg‘oniston-
Pokiston qo‘shma iqtisodiy komissiyasining navbatdagi 8-yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi. Unda Pokiston Moliya vaziri Hafiz Shayx va
Afg‘oniston Moliya vaziri Hazrat Omar Zahelval boshchiligidagi
ikki tomon vakillari o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilib,
2015-yilgacha ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash
miqdorini ikki barovar oshirishga kelishib oldilar. Komissiya
yig‘ilishida Pokiston tomonidan ajratilgan 300 mln. AQSH dollari
miqdoridagi grantlar doirasida amalga oshirilgan loyihalar natijalari
ham tahlil qilindi.
Pokistonning “Oil and Gas Development Company Limi
ted” milliy kompaniyasi afg‘on gazini uzatish tarmog‘ini
rivojlantirishga yordam berib kelmoqda. Pokiston tomonidan
Afg‘onistonga ajratilayotgan iqtisodiy ko‘mak asosan aeroportlar
hamda avtomobil yo‘llariga yo‘naltirilmoqda va bu ikki tomonlama
savdo aloqalarini yanada kengaytirishga yordam beradi. 2010-yil
ma’lumotlariga ko‘ra, 60 mingdan ortiq pokistonlik Afg‘oniston
xalq xo‘jaligining turli sohalarida faoliyat olib bordi. Shuningdek,
ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlami tartibga solish, qochoqlarga
yordam berish, kambag‘allikni tugatish, mintaqaviy xavfsizlikni
ta’minlash va ta’lim sohasidagi muammolami hal qilish, iqtisodiy
aloqalami rivojlantirish uchun Afg‘oniston va Pokiston xalqlar
do‘stligi Assosiatsiyasi ham samarali faoliyat olib bormoqda.
Afg'oniston va Pokiston o‘zaro munosabatlami o‘zaro ishonch
hamda do‘stlik tamoyillari asosida olib borishga intilishsa-da,
chegara hududlarida xavfsizlikning ta’minlanmaganligi oqibatida
o‘zaro qurolli to‘qnashuvlaming sodir bo‘lishi kuzatilmoqda.
Xususan, 2011-yil davomida ikki davlat chegara hududlarida bir
qator o‘zaro to‘qnashuvlar ro‘y berdi. 2011-yil 28-aprel kuni Pokis-
tonning Angur-Ada shahri yaqinida ikki davlat harbiylari o‘rtasida
to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu to‘qnashuvda 12 nafar afg‘on askari,
1 nafar Pokiston chegarachisi halok bo‘ldi hamda 3 nafar pokiston-
lik chegarachi va 8 nafar tinch aholi vakillari jarohatlandi.
2011-yilning
20-iyul
kuni
afg‘on
askarlari
Janubiy
Vaziristondagi Pokiston vakolatxonasiga hujum uyushtirishdi.
Buning oqibatida 4 nafar pokistonlik askar halok bo‘lib, 2 nafari
jarohat oldi. 2011-yilning 27-avgust kuni 300 nafar afg‘on jangari-
lari shimoli-g‘arbiy Pokiston hududidagi politsiya nazorat punktiga
hujum uyushtirishi natijasida 25 nafar pokistonlik askar va 20 nafar
jangari halok bo‘ldi. 2011-yilning 10-oktabr kuni 200 nafarga
yaqin afg‘on jangarilarining Pokiston chegarasini kesib o‘tishga
urinishi oqibatida 1 nafar pokistonlik chegarachi va 30 nafar afg‘on
jangarisi halok bo‘ldi.
Shu bilan birga, Afg‘oniston rasmiylari chegara hududlar Pokis
ton harbiylari tomonidan o‘qqa tutilib kelinayotganligi va buning
natijasida o‘nlab tinch aholi vakillari qurbon bo‘layotganligini
ta’kidlab kelmoqda. AIR va PIRning ikki tomonlama o‘zaro
hamkorligi muammolari asosan Federal boshqaruvdagi qabilalar
hududi bilan bog‘liqligini, shuningdek, o‘zaro chegaraning de-
limitatsiya va demarkatsiya qilish yuzasidagi muammolar, katta
miqdordagi afg‘on qochoqlari turmush tarzidagi iqtisodiy, siyosiy
va ijtimoiy muammolar, bundan tashqari ushbu hududda terroris-
tik guruhlaming faoliyati tez-tez ikki davlat o‘rtasidagi munosa-
batlarda keskinlik holatlari yuzaga kelishiga hamda tortishuvning
kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |