Murakkab bolalardan eshitish qobilyati va aqli zaif bolalar birinchi bо‗lib
о‗rganilgan edi. Kar va zaif eshituvchi bolalarda ikkilamchi hodisa sifatida aqlan
zaiflik kuzatilib boriladi. Natijada intelekti sog‗lom, eshitish qobilyati zaif
bolalarni ham avli, ham eshitish qobilyati zaif bolalardan amalda ajratish ancha
mushkul, ayniqsa ilk yoshlik chog‗larida. Hozirgi kunda ular uchun differensial –
diagnostik me‘zonlar ishlab chiqilgan. Aqli va eshitish qobilyati zayf bolalar karlar
yoki zaif eshituvchi bolalar maktab internatlarining yordamchi sinflarida
yordamchi maktab dasturi bо‗yicha ta‘lim oladilar. Yordamchi sinflar kо‗rlar va
zaif kо‗ruvchi bolalar maktab internatlari ham mavjud.
Nutq nuqsoniga ega bо‗lgan bolalar Logopediya bu nutq buzilishlari xaqidagi
maxsus ta‘lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini о‗rganish, tuzatish va oldini
olish xaqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari,
mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini о‗rganadi. Shuning uchun uni maxsus
pedagogika sarasiga qо‗shadilar. Logopediya termini grekcha loges, peydeo
sо‗zlaridan tashkil topgan bо‗lib, tarjimada tо‗g‗ri nutqni tarbiyalash ma‘nosini
anglatadi. Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati
zaiflashgan shaxslarni о‗qitish va tarbiyalash jarayoni xisoblanadi. Logopediyani
о‗rganish obyekti nutq nuqsoniga ega bо‗lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan
nutq normasi bilan bir oz bо‗lsa ham chetga chiqish-bu nutq nuqsoni deb
xisoblanadi.
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli maktab bolalar
logopediyasi, о‗smirlar va
katta
yoshdagilar logopediyasiga bо‗linadi.
Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni о‗qitish,
tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asosalangan sistemasini ishlab chiqish,
shuningdek nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani nutqida
nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlan I.P.Pavlov
ta‘limotiga muvofik nutq bosh miyaning murakkab psixo-fiziologik funksiyasini,
uning ikkilamchi signal sistemasini о‗zida namoyon etadi. Birinchi va ikkinchi
signallar sistemasi bir-biribilan uzviy bog‗langandir. Ikkinchi signal sistemasi
birinchi sistema asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi signal
sistemasining birinchi signal sistemasiga tartibga soluvchi ta‘siri namoyon bо‗ladi.
Sо‗z aloxida xususiyatning signali, umumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi
signal sistemalari orasidagi о‗zaro murakkab aloqalarni xisobga olish nutq
buzilishini tuzatish, bо‗zilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning о‗rnini bosish ustida
samarali logopedik ish olib borish uchun imokniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: