1-MAVZU: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi
Reja:
1.
Defektologiya fani umumiy pedagogikaning tarmog‗i sifatida
2.
Defektologiya fanining kategorial apparati: (tayanch tushunchalari).
3.
Defektologiya fanining ilmiy - nazariy asoslari.
4.
Defektologiya fanining metodologik asoslari.
Xulosa.
Adabiyotlar.
Tayanch sо‘zlar:
Milliy defektologiya, metodologik asoslari, Bola xuquqlari
kafolatlari, konvensiya, surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika,
logopediya, ruxiy rivojlanishi sustlashgan bolalar, harakat – tayanch a‘zolari
jaroxatlangan bolalar, murakkab nuqsonli bolalar, nutq nuqsonlari, innovatsiya,
pedagogik texnologiyal, didaktik, о‗quv faoliyati, integratsiya,
funksional
integratsiya, ijtimoiy integratsiya,
jamiyatga integratsiya qilish, inklyuziv ta‘lim.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО‘YXATI
1.Mо‗minova L.R. va boshqalar. Maxsus psixologiya. -T.: ―Noshir‖, 2013 y.
2. Pо‗latova P. va boshqalar. Maxsus pedagogika. -T.: ―Fan va texnologiya‖
nashriyoti, 2014 y. 3. Nazarova N.M. Sravnitelnaya spetsialnaya pedagogika. -M.:
«Akademiya», 2012g.
4. Yо‗ldoshev J.G‗., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. –
Toshkent: О‗qituvchi, 2004.
5. Chicherina Y., Nurkeldiyeva D.,.Bondareva YE. Mutaxassislik fanlarni
о‗qitish metodikasi. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013y.
6. Chicherina Y., Nurkeldiyeva D.,.Bondareva YE. Innovatsionniye podxodi
v podgotovke kadrov- defektologov (monografiya). -T.: ―Navruz‖, 2014
7.Nishonaliyev U. Ta‘lim standarti va pedagogik innovatsiyalar. – «Xalq
ta‘limi», 1999-yil
8.Azizxо‗jayev N.N. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar (Reklama -
rejalar). – Toshkent, 2002-yil
9.Ayupova M. Y. ―Logopediya‖ Toshkent – 2007.
10.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta‘limda innovatsion
texnologiyalar. T:, 2008-yil
Metodologiya - har bir fan asosidagi qonuniyatlar yig‗indisidir. Boshqa
fanlar kabi maxsus pedagogika fanining buyuk sharq va g‗arb mutafakkirlari va
olimlarining ta‘lim-tarbiya, komil , inson tarbiyasiga, fan tnbbiyot bilan bevosita
bog‗liq bо‗lgani uchun, tibbiyotga, ruhiyatga va insonning aqliy rivojlanishiga oid
qarashlari faniing metodologik asoslarini tashkil etadi. Sharq mutafakkirlarining
ta‘lim-tarbiyaga oid qarashlaridan misol qilib keltirsak:
Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bо‗lgan davrdan beri
mavjud.
Abulays
Samarqandiy
«Bо‗stonul orifin» asarida tarbiya va
tarbiyalashning
manosini
ta‘riflab:
«Ey
о‗g‗il
farzandlaringni
tarbiyalashdan oldin, о‗zingni tarbiyala, tarbiya kо‗rgan oilada baodob, yaxshi
fazilatli,
bili
mli odam voyaga yetadi», - degan edi.
Ibn
Sino bolani maktabda
о‗qitish va tarbiyalash masalasiga katta ahamiyat berib, «Tadbir — ul manozil»
asarining maxsus bо‗limini ana shu masalaga qaratgan. Uning ta‘kidlashicha
maktabga barcha kishilarning bolalari jalb etilishi va hamma birga о‗qitilishi va
tarbiyalanishi lozim.
Alisher Navoiy ham pedagogikaning rivojlanishiga katta hissa qо‗shgan
mutafakkirlardan hisoblanadi. Navoiy asarlarida о‗z davridagi maktablarning
ta‘lim-tarbiya ishlarini yaqqol ifodalagan «Bolalar uchun maktab bо‗lmasa kattalar
ham о‗z yо‗llaridan adashadilar», - degan edi.
Yusuf Xos Xojib atoqli mutafakkir va olim pedagogikaning rivojlanishiga
katta hissa kо‗shgan allomaning 73-bobdan iborat «Qutadg‗u bilim» asarida
sо‗lashish odobi, ilm о‗rganishning foydasi, olimlarning jamiyatdagi о‗rni hallolik,
poklik, rostguylik, me‘r - oqibat, sadoqat, dо‗stlik, g‗a‘m - shavqat, adolat, imkon,
e‘tiqod va qanoat, shuningdeq -bolaning aqliy
va jismoniy tarbiyasi‘ tо‗g‗risidagi
qimmatli fikr mulohazalar berilgan.
Chexoslovlkiyalik mashg‗ur donishmand insonparvar pedagog Yan Amos
Komenskiy -ta‘lim tarbiya xususida uzining bir qancha kimmatli fikrlarini kitob
xolida yozib qoldirgan.
Uning fikricha: «Barcha narsalar bolalarningyosh xususiyatlariga"
mos bо‗lishi lozim. Shuni nazarda tutish kerakki bola tabiati kuvnoklik
xazilkashlik
shuxlikka
moyil
buladi.
Jiddiylik
va
raxmsizlikni
xush kо‗rmaydilar. Demak, turmushda kachondir zarur buladigan jiddiy
narsalarni о‗rganish uchun foydali narsalarni qizikarli shaklda bayon etishi. Shu
yо‗l bplai bola aklini biz istagan tomonga qaratish lozim.»
Shveysariyalik mashhur pedagog Iogan Genrix Pestalotssi ham о‗zining
pedagogik qarashlarida tarbiyaga katta ahamiyat bergan.
Pestalotsskiy jismoniy tarbiyaga, bolaning barcha jismoniy kuchlarini
rivojlantirish uchun uni turli harakatlarga yо‗naltirishga alohida e‘tibor bergan.
Jismoniy tarbiyani aqliy, axloqiy va me‘nat tarbiyasi bilan chambarchas bog‗lab
olib borish zarurligini uqtirgan. Shuning uchun u: - «Tо‗g‗ri tashkil qiliigan
jismoniy mehnat bolalarning aqliy va ahloqiy kuchlarini о‗stiradi», - deb yozgan.
Mamlakatimiz hayotida sodir bо‗layotgan ijtimoiy - iktisodiy va siyosiy
о‗zgarishlar о‗zining salohiyati xamda ahamiyati bilan aloxida ahamiyat
kasb etadi.
Milliy
istiqlol
g‗oyalari
va
tamoyillariga
asoslangan
holda
jamiyatimizning
mustakillik
yillarida
ortirilgan
tarakkiyot
tajribasi
taxlil
qilinganida,
ijtimoiy
hayotning
muhim
tarkibiy
kismi
sifatida
barcha sohalarida ta‘lim - tarbiya va uning mazmuni tubdan о‗zgaradi.
О‗zgarishning genezisi ta‘lim sohasida davlat siyosatining huquqiy
va metodologik asoslarini yaratib berish boshlanadi. "Ta‘lim tо‗g‗risidagi
qonun"
va
«Kadrlar tayyyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi
ta‘lim
sohasida
amalga
oshirilishi
zarurat
hisbolangan
vazifalarni
ochib
beradi.
Maxsus
pedagogikaning
metodologik
asoslariga
hamdо‗stlik mamalakatlari, Respublikamiz olimlarining ushbu yо‗nalishdagi
tadqiqot ishlari, dissertatsiyalari ham kiradi.
О‗zbekistonda defektolog mutaxassislar tayyorlash jarayoni qariyb 35 yyl
muqaddam yо‗lga qо‗yilgan. Mazkur davr mobaynida qiyin, lekin qiziqarli,
samarali va faxrli yо‗l bosib о‗tildi.
Maxsus pedagogikaning tarmog‗i, ya‘ni oligofrenopedagogikani rivojiga
о‗z hissasini kо‗shgan birinchi fan nomzodi S.SH.Aytmetovadir. u sobiq
ittifoqning DITI qoshidagi aspiranturani muvaffakichtli tamomlagan. Ilmiy
darajaga 66-yordamchi maktab о‗kuvchisi edi.
О‗zbekistonda maxsus pedagogikaning rivojiga munosib xissa kushgan rus
defektologlari prof.Neyman. L.V.Pevzner. Petrova V. Zamskiy X.S. lardir.
Ilmiy muammolar va masalarni ta‘lim amaliyotiga chiqarish yechimlarini
topish jarayonida defektologiya magistrlari uchun ilmiy asoslangan dasturlar
bunyod etildi. Ularning kо‗pchiligi original bо‗lib, Respublikada birinchi marta
nashr etila boshlandi.
Milliy maxsus pedagogikani yaratishda birinchilardan bо‗lib ilmiy -
tadqiqot va ilmiy-pedagogik, metodik faoliyat kо‗rsatgan О‗zbekiston olimlari:
S.SH.Aytmetova, D.A.Gordiyenko, I.G.Radisheva, A.I.Sagatov, S.G.Kim,
R.Shomaxmudova, V.S.Rahmanova, I.V.Sosedova, G.A.Sodiqova, P.M.Pulatova,
D.A.Nurkeldiyeva, M.P.Xamidova, N.S. Musayevalar maktab va makta^gacha
oligofrenopedagogika faning nazariyasi va amaliyotiga, G.B.Shoumarov,
K.X.Mamedov, G.Berdiyev maxsus psixologiya faniga, L.R.Mо‗minova,
X.M.Pulatova, M.Y.Ayupova, N.Raxmanqulova, Z Axmedova, Y.A. Chicherina,
SH.D. Aripova, N. Abidova nazariy va amaliy
logopediya faniga,
N.SH.Bekmuratov,
X.M.Gaynutdinov,
U.Fayziyeva,
N.Dadaxoojayeva,
F.Alimjanova, D.A. Nazarova, F. Kodirova surdopedagogika faniga о‗zlarinnng
munosib hissalarini qо‗shdilar va qо‗shib kelmoqdalar.
Hozirgi kunda defektologiya: bо‗yicha kadrlar tayyorlash uchun maxsus
pedagogika fani sohalari yuzasidan ikkita qо‗llanma mavjud:Bular K.Q.Mamedov,
A.I.Sagatov va P.Pо‗latovalar tomonidan tuzilgan va О‗zbekiston Respublikasi
Xalq ta‘lim vazirligi tomonidan pedagogika institutlarining defektologiya
fakultetlari uchun о‗quv qо‗llanma sifaatida tavsiya etilgan «Oligofrenopedagogika
asoslari», hamda maxsus pedagogikaning yana bir muhi.m yо‗nalishiga
bag‗ishlangan L.R.Mо‗mpnova va M.Y.Ayupovalar tomonidan tayyorlanagn
«Logopediya» qо‗llanmalaridir.
Ikkinchi о‗quv qо‗llanmada logopediya nazariyasi va amaliyotining
hozirgi ahvoli о‗z aksini topgan. Unda har xil nutq buzilishlariga ta‘rif beriladi,
nutq buzilishdagi kamchilik turlari, xatolari taxlil qilinadi, maktabgacha yoshdagi
va kichik maktab yoshidagi о‗kuvchnlarning nutq kamchiliklariga ega bо‗lgan
kontingentlar bilan olib boriladigan logopedik-tuzilish ishlarining metodlari,
vositalari yoritiladi.
Kо‗llanmaning yaratilishida«Prosvesheniye» nashriyotida chop
etilgap
«Logopediya» (1989) va Osnovoo logopediya»-(1989)
kо‗llaimalarining ayrim ilmiy-nazariy asoslaridan foydalanildi. -
Shuning bilan birga kо‗llanmada birichi marta о‗zbek tiling leksik-
grammatik xususiyatlari va о‗zbek bolalarining talaffuzi, lugat boyligi
tilining
grammatik
tuzilinii
hisobga
olingan.
Nazariy-amaliy
materiallarining birkismi esa о‗zbek tilida birinchi bor yaratilgan va chop
ettirilgan.
Kо‗llanma mualliflari har bir bobda nutk kamchiliklarignpsh
ta‘rifini keltirib, buzilishdagi xolatlarnnng etnopatogenezlarini tahlil etadilar.
Maktabgacha yoshdagi va kichik maktab yoshidagi nutq kamchiliklariga
ega bо‗lgan bolalar bilan olib boriladigan logopedik tuzatish ishlarining
metodlarini ochib beradilar. Mualliflar, shuningdek, nutq kamchiligiga ega bо‗lgan
о‗g‗il- qizlar uchun tashkil etilgan maxsus о‗kuv tarbiyaviy muassasalarda, maxsus
guruhlarda olib boriladigan logopedik-korreksion ishlar, ularning xalq ta‘limi
tizimida о‗rni, bogcha va maktab sharoitida ular bilan yakka tartibda olib
boriladigan logopedik ishlarining uslub va shakllarini bayon etadilar.
Unda maktabgacha va maktab yoshidagi nutk kamchiliklari mavjud
bolalar nutkini har tomonlama tekshirish ha.mda nutk kamchiliklariga ega
bо‗lgan kontingentlarni maxsus - muassasalarga yuborishda saralash ishlarini olib
borishdagi tibbiy-pedagogik komissiyaning maqsad va vazifalari, tarkibi va
faoliyati qanday tuzilishga ega bо‗lish kerakligi haqida ma‘lumot va amaliy
tavsiyalar berilgan.
Bundan tashqari nuqsonli, rivojlanishda orqada qolgan kontingentlarni
nuqsonlarini aniqlash tо‗g‗rilash va ularni bartaraf etishning nazariy va amaliy
masalalariga: bag‗ishlangan S.A.Aytmetova, D.A.Gordiyenko, R.Sho.mahmudova,
V.S.Rahmanova, A.I.Sagatov, L.R.Mо‗minova, M.Y.Ayupova, P.M.Pulatova,
K.K.Mamedov, I.G.Veretennikova va boshqalar. Tomonidan yaratilgan kо‗plab
qо‗llanmalar, dasturlar, ma‘ruza matnlari uslubiy tavsiyalar va qator maqolalar
mavjuddir.
Ayniqsa,
maxsus
pedagogikaning
muhim
yо‗nalishlari bо‗yicha
pedagogika- fanlari doktori L.R.Mо‗minova respublikamizda о‗z maktabini
yaratishga muvaffaq bо‗lganligini alohida e‘tirof etish lozim. Uning rahbarligida
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borgan mutaxassis-defektologlar
(M.Y.Ayupova, P.M.Platova, X.M.Pulatova, . N.R.Rahmanqulova,
U.Y.Fayziyeva, N.X.Dadaxodjayova, D.M.Nurkeldiyeva, M.P Hamidova -
va boshqalar) bugungi kunda maxsus pedagogikaning logopediya,
surdopedagogika, oligofrenopedagogika soxalarining rivojiga о‗z
hissalarini kо‗shib kelmokdalar.
Biroq buzishlar xali yetarli emas, chunki sohada о‗z yechimini
kutayotgan muammolar xali juda kо‗p. Masalan, surdapedagogika va
tiflopedagogika fanlari bо‗yicha о‗zbek tilida birorta darslik yoki
qо‗llanma yaratilgan emas.
Zamonaviy defektolog umumnazariy va maxsus ixtisosli
bilimlartizimini egallagan bulishi kerak. Bu bilimlarning mazmun va
kulami kengligi unda nuksonli rivojlangan bolaga maxsus
ta‘lim-tarbiya, rivojlantiruvchi tamoyillarni qо‗llash, amaliyotga moslashtirish
va har tomonlama jamiyatga kerkli, foydali insonlar qilib tarbiyalashdir.
Nuqsonli bolalarni о‗qitish, tarbiyalash va ularning rivojlanishi kechikishi,
ruhiy - pedagogik xususiyatlarini chuqur о‗rganish va‘ ularni tuzatish, bartaraf
etishda defektolog shaxsi birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. U quyidagi asosiy
sifatlarni о‗zida namoyon etadi: nogiron bolalarni sevish, gamxо‗rlik qilish,
kasbiga qiziknsh; samimiylik, insonparvarlik, ka.mtarlik, madaniyatlilik, sо‗zda va
amalda qatoiyatlilik va izchillik, vatanparvarlik, milliy mafkuraga ega bо‗lishlnk
kabilar.
О‗qituvchining eng muhim vazifasi - magistrlarda ana shu insonny
va mafkuraviy munosabatlarnn, kо‗nikmalarnn tarbiyalashdan iboratdir.
G‗alabalar tomonidan atrof-muxitini, tushunishda va jamiyatda о‗z
о‗rnini egallashda maxsus pedagogika fani soxalarini о‗qitish va tarbiyaviy
ta‘sir о‗tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.
О‗quv jarayonida magistrlarga о‗qituvchilar - tayyor bilim bermasligi,
xulosalar chiqarmasligi, balki ularning fikrini о‗rganiladigan obyektga jalb qilish,
undan, muammo yechimini topish yoki imkoni bо‗lsa о‗quvchilarning о‗zlarini
mustakil fikrlashga о‗rgatish, muammoli vaziyatni yaratish, ularning diqqatini
rivojlantirish, tafakkurini faollashtirish, ta‘limdagi loqaydlpgini bartaraf etish;
umumlashtirishga, xulosalar chiqarishga yordam berish, ularni kuzatishga,
tasavvur qilishga, eslab qolishga, olgan bilimlari bilan hayotiy faktlarni hodisalarni
taqqoslashga hamda turmushga moslashtirishga tayyorlash - faqat ana shundagina
maxsus ta‘lim jarayoniga zamonaviy mazmun va shakl kiritilgan bо‗ladi. Maxsus
pedagogika
predmeti
-maxsus
ta‘lim-tarbiya sharoitida defektolog -
о‗qituvchining rahbarligida amalga oshadigan о‗quv-tarbiyaviy jarayondir.
Maxsus pedagogika - ana shu jarayonning qonunlarini tadqiq qiladi, har xil turdagi
ta‘lim-tarbiya muassasalarda beriladigan ta‘limmazmunini belgilshning ilmiy-
nazariy asoslarini yaratadi. О‗kitish metodlarini tashkiliy shakllarini
ishlab chikadi.
Sog‗lom avlod tarbiyasi juda oson ish emas, xuddi shu bois xar bir inson, xar
bir oila, jamiyatdan jiddiy e‘tibor va uzluksiz mexnat qilishga talab kiladi.
Prezidentimiz uz fikrini davom ettirar ekan: ―Xech shubxa yuk, soglom avlod
orzusi bizga о‗tib kelayotgan, kon konimizga singib ketgan mukaddas intilishdir.
Agar ota-bobolarimizning turmush tarziga, tafakkuriga nazar solsak, ular nasl-
nasab, yetti pushtining tozaligiga, avlodning sog‗ligiga juda katta e‘tibor karatadi.
О‗zbekistonning davlat mustaqilligini qо‗lga kiritishi, о‗zining iqtisodiy va
ijtimoiy rivojlanish yо‗lini belgilashi kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini kayta
kurib chikish. bu borada qator choralar kо‗rish zaruratini keltirib chiqardi. Shu
munosabat bilan, en g avvalo, ta‘kidlash lozimki, ikkita juda muhim xujjat qabul
qilindi: ta‘lim soxasida davlat siyosatining asosiy tamoyillari ni, respublikada
ta‘lim tizimi va turlarini belgilab bergan «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi Qonun va ta‘lim
tizimini tubdan isloh qilishga doyr «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul
qilindi. Bugungi kunda Dasturning uchinchi boskichi (2005 va keyingi yillar)
amalga oshirilmokdaki, u kuyidagilarni kuzda tutadi: - ta‘lim muassasalarining
resurs, kadrlar va axborot bazasini yanada mustaxkamlash, о‗quv-tarbiya
jarayonini eng yangi о‗quv-metodik komplekslar, ilgor pedagogik va axborot
texnologiyalari bilan tulik ta‘minlash; - milliy (yelita) ta‘lim muassasalarining
tiklanishi va rivojlanishi, ularning mustaqilligi va о‗z-о‗zini boshkarishini
ta‘minlash; - ta‘lim jarayonini axborotlashtirishni ta‘minlash, uzluksiz ta‘lim
tizimini dunyo axborot tarmoklariga chikish imkoni bulgan kompyuter axborot
tizimlari bilan tulik kamrab olish.
2008 yilda «Bola xuquqlari kafolatlari» tо‗g‗risidagi qonunning qabul
qilinishi bolalarni ijtimoiy ximoyalash tizimini yanada takomillashtirish uchun
zamin xozirladi. Qonunda ijtimoiy zaif gurux bolalarining, jumladan, jismoniy va
psixik rivojlanishida nuksoni bulgan nogiron bolalarning sifatli ta‘lim olish
xuquqlarining kushimcha kafolatlari uz aksini topgan. Mazkur koidalarning amalga
oshirilishi bolalarning shu toifasi bilan ishlaydigan pedagoglarning kasbiy
tayyorgarlik darajasiga xam bevosita boglikdir.
Defektologik ta‘lim, oliy pedagogik ta‘lim soxasi, psixikjismoniy
rivojlanishida nuksoni bulgan bolalar bilan о‗quv tarbiyaviy ishlarni olib borish
uchun kadrlar tayyorlash tizimi asosan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universitetida amalga oshiriladi. Ta‘lim muassasasi bakalavriatida
defektolog, magistraturada esa - oligofrenopedagog va logoped ixtisosliklari
beriladi. Respublikamizda yagona bulgan defektologiya fakul‘tetida, «Korreksion
pedagogika» va «Maxsus ta‘lim metodikasi» kafedralarida maxsus ta‘lim soxasida
respublikamizning butun ilmiy saloxiyati jamlangan deyish mumkin. Bu yerda 2
nafar fan doktori, 14 nafar fan nomzodi faoliyat yuritadi. Fakul‘tet
mamlakatimizdagi 86 ta maxsus maktab va maktab-internat, shuningdek, 500 dan
ortik maktabgacha ta‘lim muassasalari uchun kadrlar tayyorlaydi. Aytish joizki,
rivojlanishida nuksoni bulgan bolalarni о‗qitish tizimining sifati. bu toifa
bolalarning keyingi ijtimoiylashuvi mazkur fakul‘tet bntiruvchilari: bakalavr va
magistrlarning kompetensiyasiga, ularning kasb maxoratiga bevosita boglikdir.
Pedagogika fanlari nomzodlari tomonidan tashkil qilingan surov natijalari
shuni kursatdiki, - bugungi kunda faoliyat yuritayotgan fakul‘tetning 178 nafar
bitiruvchisi defektolog kasbini juda kizikarli va mexnat bozorida talab qilinadigan
kasb, deb e‘tirof etgan. Surovda katnashgan defektolog magistrlarning 84% i bu
kasb ularga ma‘kul kelgani, tanlovda adashmaganliklarini ta‘kidlagan. Ta‘limning
mazkur yunalishi bо‗yicha tayyorgarlik darajasini magistrlarning 60%i «yaxshi»,
10 %i «a‘lo» va 30% i «qoniqarli» baholagan.
Shunga karamay, ish beruvchi (maxsus ta‘lim muassasalari rahbarlari)larning
35% i bitiruvchilar‘ OTMda olgan bilim, malaka va kunikmalarini
takomillashtirish bо‗yicha kushimcha mustaqil ishlashi lozim; 44% i esa olingan
bilimlar xajmini yetarli emas, deb biladi, 51 % i maxsus ta‘lim metodikasi va
korreksion-rivojlantiruvchi ishlar bо‗yicha olingan bilimlarni amalda kullash
kompetensiyasi yetishmasligini tilga oladi. Yukoridagi misollar defektolog kadrlar
(bakalavr va magistrlar) tayyorlashning yangi, ilmiy asoslangan metodlarini joriy
etish samaradorligini oshirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Ayni paytda mamlakatimizda kechayotgan demokratlashtirish jarayonlari
oshkoralikning ortib borishi va xalkaro tajribani keng urganish uchun imkoniyatlar
yaratilgani xorijiy oliy ta‘lim tizimining kuplab yutuklari Uzbekistan sharoitida
xali sinovdan utkazilmaganini, bu borada qilinishi lozim bulgan ishlar kupligini
kursatadi. Anik nazariy va amaliy muammolar yechimiga karatilgan gurux yoki
yakka tartibdagi loyixalarning magistrlar tomonidan ishlab chiqilishi va
implementatsiya metodikasi amaliyotga tatbik qilinmagan. Xolbuki, ta‘limga bu
kabi yondashuvda magistr (yoki magistrlar guruhi) muammoni aniklash va xal
qilish yullarini topish, keyin yetakchi mutaxassislar oldida uz «loyixasini ximoya
qilish» bо‗yicha tavdimot utkazish topshirigini oladi. Bu kabi loyixalar keyinrok
bitiruv-malakaviy ishi yoki magistrlik dissertatsiyasi sifatida rasmiylashtirilishi
mumkin. Ta‘lim jarayonining umumiy tizimida magistrlarning mustaqil bilish
faoliyati shu kadar axamiyatliki, usiz mutaxassisning kasbiy kompetentligini
amalda shakllantirib bulmaydi.
Magistrga о‗qituvchini, uzi tanlagan ixtisoslik yunalishi bо‗yicha yetakchi
ekspertni, jumladan, boshka OTM yoki ITI xodimini mustaqil tanlash imkoniyatini
takdim etish amaliyoti xam yо‗q. Xolbuki, xorijda mazkur faoliyat bо‗yicha
shugullanadigan maxsus maslaxat markazlari mavjud. Respublikada oliy ta‘lim
muassasalariaro xamkorlikni kengaytirish, mutaxassislar ma‘lumotlar bazalarini
shakllantirish urinli bulardi. Bu esa magistrlarning uzlarini kizikgirgan yunalish va
mavzular bо‗yicha boshka OTM о‗qituvchilari ma‘ruzalarida bulishlariga imkon
yaratadi. О‗quv fanlarini uzaro boyitish yо‗lidan rivojlantirish sharoitida bu yanada
katta axdmiyat kasb etadi. Zamonaviy universitet bitiruvchisi turdosh
mutaxassisliklar bо‗yicha ishlarni bajarish, yangi texnologiyalarga erkin
moslashish, zaruratga kura, malakasini oshirish, ixtisosligini uzgartirishga tayyor
bulishi lozim.
1993-yil 1-dekabrda 153 mamlakat bola xuquqlari hakidagi konvensiyani
ratifikatsiya qilish yо‗li bilan о‗zlarining bolalar kelajagini muhofaza qilishga
tayyor ekanligini namoyish etdilar. Bola hukuqlari haqidagi Konvensiya bu butun
jahon bolalariga xos bо‗lgan bolalar hukuklari hakidagi Birlashgan Millatlar
Tashkilotining shartnomasidir. Konvensiya bola huquklari haqidagi universal
rasmiy Kodeksdir.
Konvensiyada bolalar xukuqlari tо‗rt toifaga ajratib berilgan bо‗lib, 54
moddani о‗z ichiga qamrab olgan.
Yashay olish hukuki: bola talablarini kondirish va hayotiy hukuqsarni о‗zida
mujassam etish kabi asosiy shartlarni xamda tibbiy xizmatdan foydalanish,
ovkatlanish, boshpanaga ega bо‗lish kabi adolatli, hayotiy meyorlarni о‗z ichiga
oladi
Bolalar zо‗ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan ximoyalantan bо‗lishlari
shart. Bu borada kuyidagi muammolarga, ya‘ni: qochoq bolalar muammosi, adliya
tizimidagi zо‗ravonliklar, bolalarni kurolli nizolarga jalb etish muammolari,
bolalar mexnati, balog‗at yoshiga yetmaganlarni seksual ekspluatatsiya qilish va
о‗smirlarning giyohvand moddalarni iste‘mol qilish
Rivojlana
olish
hukuqi:
bolalarning
о‗z qobiliyatlarini kengroq
rivojlantirishga erishishlari uchun zarur. Bunga misol qilib, bilim olish, о‗yin,
hordiq chiqarish, madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi
xuquqdarni olish mumkin.
Ishtirok etish xuquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok
etishga chorlaydi. Bu toifa bolalarning hayotiga taalluqli bо‗lgan muammolar
bо‗yicha jahonshumul yig‗ilish va tadbirlarda ishtirok etish huquqini va о‗z
fikrmulohazalarini aytishda erkin bо‗lish kabi hukuqlarni belgilaydi.
Defektologiyaning vazifasi — anomaliyalarning kelib chiqish sabablari,
turlarini, anomal bolalarning psixofiziologik rivojlanishdagi xususiyatlarini
о‗rganish, shular asosida inklyuziv yoki differensial ta‘limni tashkil etish, ularning
ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanishdir.
Defektologiya fanining maqsadi — anomal bolalarga integratsion, inklyuziv,
differensial ta‘limni tashkil etish uchun zarur shartsharoitlarni о‗rganish, ulardagi
psixofiziologik kamchiliklarni iloji boricha bartaraf etish, tuzatish yoki
bilinmaydigan holga keltirish usullarini belgilash va amaliyotda tatbiq etish
yо‗llarini tarbiyachi hamda о‗qituvchilarga kо‗rsatib berishdan iborat
Surdopedagogika- (lotincha surdus — kar, gung sо‗zidan olingan) — eshitish
qobiliyati zaif bolalarning Surdopedagogika ta‘limtarbiyasi bilan shugullanadigan
fan;
Tiflopedagogika- (yunoncha tiflos kо‗r, sо‗qir sо‗zidan olingan) — kо‗rish
qobiliyati zaif bolalarning ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanadigan fan;
Oligofrenopedagogika- (yunoncha oligos — kam, fren — aql sо‗zlaridan
olingan) — aqliy tomondan zaif bolalarning ta‘limtarbiyasi bilan shug‗ullanadigan
fan;
Logopediya- (yunoncha logos — sо‗z, padeo — tarbiya sо‗zlaridan olingan)
— og‗ir nutq nuqsonlarini о‗rganish, oldini olish, bartaraf etish yо‗llari, usullarini
о‗rganadigan fan.
Oligofrenopedagogika - aqli zaif bolalarni tarbiyalash va о‗qitish xaqidagi fan
bо‗lib, defektologiyaning bir qismini tashkil etadi. Bosh miyaning organik
buzilishi natijasida bilish faoliyati turg‗un pasayishi kelib chiqadi. Natijada aqli
zaiflik kelib chiqadi. Oligofrenopedagogika ham о‗ziga xos rivojlanish, shakllanish
tarixiga ega. Aqli zaif bolalar ta‘lim-tarbiyasi masalalari bilan shug‗ullanish ishlari
tarixi qariyib 200 yildan oshiqdir. Oligofrenopedagogika fanining dastlabki
boshlang‗ich davri aqli zaiflikni о‗rganish, asosan 1926 yillarga tо‗g‗ri keladi.
Oligofrenopedagogikaga L.S.Vigotskiy asos solgan. U aqliy nuqsonga ega bо‗lgan
bolalarga ta‘lim-tarbiya berishni nazariy va amaliy asoslab bergan. Aqli zaiflikni
keltirib
chiqaradigan
sabab-oqibatlar
xususiyatlari
endogen,
ekzogen
xususiyatlariga ega. Bu kasallik sabab-oqibati natijasida bolaning bilish faoliyatlari
keng ma‘noda buzilib, aqliy rivojlanish tezligi, samaradorligi pasayadi.
Oligofreniya bola tug‗ilganidan keyin ham paydo bо‗lishi mumkin. Masalan:
miya va uning pо‗stlog‗ining shamollashi(miningit), markaziy nerv sistemasining
shikastlanishi. Nasl orqali ham о‗tadi. F.Platter ruxiy kasalliklardan aqli zaiflikni
ajratdi. J.Eskirol birinchi marta «Aqli zaiflik» anatomiyasini fanga kiritdi. Aqli zaif
bolalarni о‗kitish va tarbiyalash nazariyasini yuzaga kelishida E.Segenning (1812-
1880) pedagogik faoliyati katta ahamiyatga ega. 1846 yilda yozgan «Aqliy normal
bо‗lmagan bolalarning tarbiyasi, gigiyenasi va axloqiy davosi» asari
oligofrenopedagogika fanida katta yutuq bо‗ldi.Aqli zaif bolalarni о‗rganish
masalasi aloxida о‗rganishni talab etadigan mavzulardan biridir. Aqli zaiflik
deganda me‘riy ruxiy rivojlanishdan chetlanib, xaqiqiy, real aqliy nuqsonlikka olib
keluvchi holat tushuniladi. Bunday bolalar yordamchi maktablarda ta‘lim-tarbiya
oladilar. Ta‘lim jarayonida aqli zaif bolaning tafakkuri, nutqi, qiziqishlari va bilish
qobiliyatlari rivojlanishi bilan birga axloqi ham rivojlanib boradi. Ularda jamoada
о‗zini tutish, mexnatga tо‗g‗ri munosabatda bо‗lish kabi fazilatlar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |