1-mavzu: Maxsus ta’limning hozirgi zamon tizimi Reja


Kо‘rishida muammosi bо‘lgan bolalar



Download 485,12 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana18.04.2022
Hajmi485,12 Kb.
#560480
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 MAVZU

Kо‘rishida muammosi bо‘lgan bolalar.
Tiflopedagogika grekcha tiflos kо‗r 
sо‗zidan olingan bо‗lib, kо‗rishda nuqsoni bо‗lgan shaxslar ta‘lim-tarbiyasi 
xaqidagi fan. U umuman umumiy pedagogikaning qismi va defektologiyaning 
bо‗limlaridan biridir. 
Tiflopedagogikaning tabiiy ilmiy asosi I.Sechenov va I.P.Pavlovning «Oliy 
nerv faoliyati tо‗g‗risidagi» ta‘limoti sanaladi. Tiflopedagogika pedagogika fan 
sifatida quyidagi asosiy muammalarni xal qiladi:
- kо‗rishda jiddiy nuqsoni bо‗lgan shaxslarni psixologik, pedagogik va klinik 
о‗rganish nuqsonlar mavjud bо‗lganda ruxiy va jismoniy rivojlantirish va kо‗rish 
funksiyasi buzilishlarini aniqlash.
-Kо‗rish va kо‗zi ojizlarda buzilgan va tо‗la rivojlanmagan funksiyalarni 
korreksiyalash va tiklash yо‗llari va shartlari.
-Shaxsning kо‗rish faoliyatida turli buzilishlari mavjud xolda shakllanishi va 
har tomonlama rivojlantirish shartlarini о‗rganish, fan asoslariga о‗rgatish, 
politexnik mexnat va kasb tayyorgarligi. 
-Kо‗r va kо‗zi ojizlarni о‗qitish va tarbiyalash uchun maxsus muassasalar 
tiplari va strukturasini belgilash.
- Kо‗rishda nuqsoni bо‗lgani shaxslarning bilim imkoniyatlarini kengaytirish, 
ularni о‗qitish va jamiyatda mexnatga tayyorlash samaradorligini imkonini 
beradigan maxsus texnik vositalarni yaratish. 
-Tо‗la qonli bо‗lmagan kо‗rishni muxofazalash va rivojlantirish bо‗yicha 
gigiyenik tadbirlar tizimini ishlab chiqish.
-Ta‘lim-tarbiya va kasb tayyorgarligi uchun binolarni loyihalashga aloxida 
e‘tibor qaratish.
-Zamonaviy tiflopedagogikani rivojlantirish, nuqsonlarni oldini olish va 
tugatish yо‗llarini kompensatsiyalash. Davolash va tiklash ishlari maktab-
internatlarda okulist rahbarligida amalga oshiriladi. Pedagog va tarbiyachilar ham 
vrach tavsiyalarini о‗z vaqtida bajarishga yordam beradilar. Kо‗zoynak va boshqa 
optik kо‗ruvchi 34 korreksiyalovchi vositalarni tavsiya qilish davolash ishining 
asosi xisoblanadi. Pedagog va tarbiyachilar bolalarni kо‗zoynaklardan shifokor 
tavsiya etganidek tо‗g‗ri foydalanishlarini nazorat qiladi. kо‗zoynakni opravasini 
(qolipi) tо‗g‗ri tanlash muhim rol о‗ynaydi. U yuz xajmini qorachiqlari orasidagi 
masofaga mos tushishi shart, quloqlarni, burunlarni qismasligi lozim. 
Eshitishida muammolari bо‗lgan bolalar Nutq - murakkab ruxiy faoliyatdir. U 
ruxiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkomol bо‗lib 
о‗sishiga katta ta‘sir kо‗rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga 
asoslangan bо‗lib, atrofdagilarga taqlid etish yо‗li bilan rivojlanib boradi. Og‗zaki 
nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni harakatga keltiruvchi analizator 
ishtirok etadi. Nutqni harakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan 
maxkam bog‗langan xolda ishlaydi, eshitish analizatorining rivojlanish darajasi esa 
kо‗p jihatdan talaffuzga bog‗liq. Bola nutqining о‗sib borishi tovushlar talaffuzi, 
fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina 
harakterlanib qolmay, balki eng muxum - о‗z nutqi va atrofidagilar nutqidagi 


sо‗zlarning tuzilishini, tovush tarkibini farqlay olish qobiliyati bilan ham 
harakterlanadi. Sо‗z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va 
leksik komponentlarning rivojlanishida ham muxum ahamiyatga ega. Ikkala signal 
tizimi, shuningdek, idrok bilan sо‗zning о‗zaro aloqada bо‗lishi aqliy 
rivojlanishning asosini tashkil etadi Defektologlarning (T.A. Vlasova, R.M. 
Boskis, D.V. Neyman va boshqalarning) bergan ma‘lumotlariga kо‗ra, eshitishida 
nuqsonlari bor bolalarning rivojlanish darajasi shu nuqsonning bola hayotining 
qaysi 
davrda 
paydo 
bо‗lganligiga 
va 
og‗ir – yengilligiga bog‗liq. 
Surdopedagogikada eshitishda nuqsonlari bor bolalar kar, zaif eshituvchi, 
keyinchalik zaif eshituvchi bо‗lib qolgan bolalar Guruhiga bо‗lib о‗rganiladi. 
Tug‗ma hali tili chiqmagan gudaklik davrida ikkala quloqning mutlaqo 
eshitmasligi kar - soqovlikka olib keladi. Eshitish qobiliyatining qisman buzilishi 
natijasida nutqiy nuqsonga uchragan bolalar zaif eshituvchi bolalar Guruhiga 
kiritiladi. Nutqiy rivojlanib, shakllanib olgandan sо‗ng yaxshi eshitmaydigan 
bо‗lib qolgan bolalar keyinchalik zaif eshituvchi bо‗lib qolganlar Guruhiga kiradi. 
Bu nuqson nutq tarkib topganidan sо‗ng vujudga kelsa ham, quloqdagi nuqson 
tufayli eshitishda xos kamchiliklar bо‗laveradi. 
Turg‗un eshitish nuqsonlari kelib chiqish sabablariga kо‗ra tug‗ma va 
ottirilgan bо‗lishi mumkin. Kar - soqov bolalarning 25% - 30% da eshitish 
nuqsonlari tug‗ma bо‗ladi. Bunga sabab: onaning xomiladorlik davrida turli 
kasalliklar, masalan, gripp bilan kasallanishi, ota - onalarning ichkilik ichib 
turishlari, onaning xomiladorlik davrida bilar - bilmas dori - darmonlarni iste‘mol 
qilishlari 
(ayniqsa 
steptomitsin, 
xinin 
singari 
dorilarni), 
xomilaning 
shikaslanishlari; irsiyat, genetik faktorlar (quloq tuzilishlaridagi patologik 
о‗zgarishlar bо‗lishi, masalan, eshitish yо‗li atrofiyasining bituvi). Eshitishdagi 
orttirilgan nuqsonlar quloq yoki eshitish anolizatorlarining tuzilishidagi 
kamchiliklardan kelib chiqishi mumkin. Bunga oliy nerv markazi, о‗tkazuvchi 
yо‗llar yoki quloqning о‗zidagi о‗zgarishlar sabab bо‗ladi. Bolaning ilk yoshida 
otit, paraotit (tepki), meningit, meningoinsifalit, qizamiq, qizilcha, gripp 
kasalliklari bilan kasallanishi ba‘zi xollarda kar- soqov yoki turli darajalardagi zaif 
eshitishga olib kelishi mumkin. Xozirgi kunda ekologiya masalalarining keng 
о‗rganilishi eshitish nuqsonlarining oldini olishda ham katta ahamiyatga ega. 
Eshitish analizatorlariga turli zaxarli kimyoviy dorilar juda kuchli ta‘sir etib 
ayniqsa analizatorning о‗tkazuvchi nervlarini ishdan chiqaradi, natijada bola 
yaxshi eshita olmaydigan bо‗lib qoladi.. 
Zaif eshtuvchi bolalar uchun maxsus tashkil etilgan maktabgacha tarbiya 
muassasasi hamda maktab-internatda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Maxsus 
muassasalardagi tarbiyachi va о‗qituvchilar bunday bolalarning tegishli ta‘lim – 
tarbiya olishlariga yordam berishlari kerak. Yuqorida qayd etilganidek, 
surdopedagogikada eshitish qobiliyati zaif bolalarga kar – soqov, tug‗ma hamda 
keyinchalik zaif eshituvchi bо‗lib qolgan bolalar kiradi. Zaif eshituvchi bolalar о‗z 
navbatida eshitish qobiliyatining nechog‗lik buzilganiga qarab yengil, о‗rtacha va 
og‗ir darajali kamchiligi bor bolalarga bо‗linadi. Yengil darajadagi zaif eshituvchi 
bolalar ovozi bilan gapirilgan nutqni 6 – 8 metr masofadan ovoz chiqarmay, 
shivirlab gapirilgan gapni quloq suprasidan 3 – 6 metrmasofadan eshitadi. О‗rta 


darajadagi qulog‗i og‗ir bolalar ovoz chiqarib gapirilgan gapni 4 – 6 metr, ovozsiz 
shivirlab gapirilgan gapni 1-3 metrmasofadan eshitadi. Og‗ir darajadagi zaif 
eshituvchi bolalar о‗rta meyorda ovoz bilan gapirilgan gapni quloq suprasidan 2 
metr, shivirlab gapirilgan gapni 0,5 metrmasofadan eshitadi xolos.
Qulog‗i og‗irlik natijasida bola nutqida bir qator kamchiliklar kuzatiladi: 
lug‗atining kambag‗al bо‗lishi, grammatik komponent rivojlanmagan – gap ichida 
sо‗zlarni tashlab ketish, sо‗zlarni notо‗g‗ri eshitish, ularni о‗zaro bog‗lay olmaslik, 
kelishik, sо‗z yasovchi, sо‗z о‗zgartiruvchi qо‗shimchalarni ishlata olmaslik; 
tovushlarni notо‗g‗ri talaffuz qilish – о‗xshash, jarangli-jarangsiz undoshlarni bir 
biri bilan adashtirish, tushirib ketish va boshqalar shular jumlasidandir. Bola 
nutqidagi kamchiliklarning kelib chiqish sabablarini bilmaslik orqasida ayrim 
tarbiyachi va о‗qituvchilar bolani dangasa, ma‘suliyatsiz, bezori deb, unga 
notо‗g‗ri munosabatda bо‗ladilar, natijada bola injiq, yig‗loqi, serjaxl, gap о‗tmas 
bо‗lib qoladi, ya‘ni unda ikkilamchi ruxiy о‗zgarishlar paydo bо‗ladi. 
Engil darajadagi zaif eshituvchi bolalar sog‗lom tengdoshlari qatorida 
ommaviy maktabgacha tarbiya muassasalarida va maktabda ta‘lim – tarbiya olishi 
mumkin. Biroq unga aloxida munosabatda bо‗lish, ular uchun qulay shart – 
sharoitlar yaratish talab etiladi. Uzluksiz ta‘lim tizimida О‗zbekistonda eshitishda 
nuqsoni bо‗lgan bolalar uchun maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va kasb 
– xunar kollejlarida maxsus Guruhlar faoliyat kо‗rsatib kelmoqda. Ushbu toifadagi 
bolalar uchun tashkil etilgan maktab – internatlarda maktabgacha tarbiya bо‗limi 
hamda umumta‘lim maktab bо‗limi mavjud. Ushbu muassasalarda ta‘lim 
umumta‘lim 9 yillik ta‘limning davlat talablari va dasturlari asosida amalga 
oshirilidadi. Eshitish qobiliyati zaiflashgan bolalar bilan ishlashda surdopedagoglar 
katta yutuqlarga erishmoqdalar. Ushbu toifadagi anomal bolalar maxsus kechki 
maktablarda ta‘lim olganlaridan keyin oliy о‗quv yurtlarini ham muvaffaqiyatli 
bitirib chiqmoqdalar, mamlakatimizning turli korxonalarida hamma bilan barobar 
mexnat qilmoqdalar. Demak, eshitish nuqsonlarini bartaraf etish, tо‗la 
kompensatsiyalash, mumkin. Tarbiyachi va о‗qituvchilarning asosiy vazifalari – 
sog‗lom bolalarni zaif eshituvchi bolalardan ajratib, ularga aloxida yondashish, 
zarur bо‗lsa, ularning ―maxsus muassasalar‖ da ta‘lim – tarbiya olishini yoki 
integratsiyalashgan ta‘limga jalb etishni taminlashdan iborat. Kar va zaif 
eshituvchi о‗quvchilarda sо‗zlashuv (og‗zaki, yozma) nutqni shakillantirish 
yuzasidan dars va mashg‗ulotlarda muayyan tizimdagi mashqlar asosida о‗qituvchi 
va о‗quvchi faoliyati tashkil etiladi, didaktik vositalarni barcha turlarini nutqiy 
jarayonga moslay olish talab etadi. 
Nutqiy materiallarning amaliy egallanishi ta‘minlash uchun maxsus sodir 
etilgan muammoli nutuqga (gapirish, yozip tushuntirishga) extiyojini tug‗duruvchi 
vaziyatlar oldindan rejalashtiriladi. Bunda nutqiy materiallar fanlar bо‗yicha о‗quv 
dasturlarida, rejalashtirishlarda oldindan belgilangan bо‗ladi, ya‘ni korreksion – 
pedagogik jarayon muayyaan tizim asosida amalga oshiriladi. Xozirgi kunda 
surdopedagogikada kar va zaif eshituvchi bolalarning maxsus ta‘lim bilan erta 
qamrab olinishi, rivojlanishi, korreksiya – kompensatsiya qilinishi masalalari 
dolzarbdir. 

Download 485,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish