Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim



Download 19,89 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2022
Hajmi19,89 Kb.
#508342
  1   2   3

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim – egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olish layoqatini shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim boʻlib, oʻquvchilarda mustaqil fikrlash, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega boʻlish, tashabbuskorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oʻz faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sogʻlom raqobat hamda umummadaniy koʻnikmalarni hosil qiladi.
Keyingi yillarda til ta’limiga kommunikativ yondashuv, integrar yondashuv, Kompetensiyaviy yondashuv kabi yangicha yondashuvlar tatbiq etilmoqda. Xususan, jahonning yetakchi mamlakatlarida amal qilib kelayotgan va samarali natijalar berayotgan kompetensiyaviy yondashuvni til ta’limiga tatbiq etish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi 1875-sonli “Chet tillarni oʻqitishni yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisi”dagi maxsus qabul qilingan Qarori va chet tillarini oʻqitish boʻyicha amalga oshirilgan islohotlar, davlat ta’lim standartlari talablarininng xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilishi, chet tili oʻqituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi ishlab chiqilgani, ta’lim jarayonining oʻquv-uslubiy adabiyotlar va zamonaviy vositalar bilan ta’minlanishi ta’lim sohasida nihoyatda katta ahamiyatga ega boʻldi. Ta’kidlash kerakki, ushbu qaror mamlakatimizda nafaqat chet tillarni, balki umuman til ta’limini, shu jumladan, respublikamizning davlat tili boʻlmish oʻzbek tilini oʻqitishni ham yanada takomillashtirish (oʻzbek tili fanidan DTS talablarini ham xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtirish va ta’limga Kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish, oʻquv dasturlari mazmunini uzluksizlik va uzviylik asosida qayta koʻrib chiqish) borasida katta ishlar amalga oshirilishiga sabab boʻldi.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida “kompetensiya”, “kompetensiyaviy yondashuv”, “kompetentlilik” tushunchalari faol qoʻllana boshlandi. Tilshunoslikda ushbu atama ilk bor XX asr oʻrtalarida N.Xomskiy tomonidan qoʻllangan boʻlib, tilni ishlatish jarayonida faoliyatga yoʻnaltirilgan bilim, koʻnikma va malakalar majmui sifatida, ta’lim sohasida uni qoʻllash esa uning izdoshlari tomonidan Kompetensiyaviy yondashuv sifatida talqin etilgan boʻlib, kompetenlilik va Kompetensiyaviy yondashuv ta’limda natijaviylikni koʻrsatuvchi omillar sifatida qayd etilgan.
Kompetensiya – (lot. sompetere – layoqatli, munosib boʻlmoq). 1) Muayyan tashkilot yoki mansabdor shaxsning rasmiy hujjatlarda belgilangan vakolatlari doirasi; vakolat. 2) SHaxsning biror-bir sohadan xabardorlik, shu sohani bilish darajasi”
Kompetensiya – 1. Biror kishi yaxshi xabardor, omilkor boʻlgan soha; 2. yur. huquq (vazifa, ish) doirasi”.
Kompetensiya – 1. Biror kishi yaxshi xabardor boʻlgan soha yoki masala; 2. Vakolat, huquq ixtiyor; yetarli ma’lumotga ega boʻlgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, bilimdon, xabardor, omilkor; 2) asosli, e’tiborli, moʻ’tabar; 3) Kompetensiyaga, ya’ni huquqqa ega boʻlgan; vakolatli;

Demak, ta’lim sohasida Kompetensiya soʻzini layoqat, kompetentlikni esa layoqatlilik debKompetensiyaviy yondashuvni egallangan bilim, koʻnikma va malakalarni oʻz shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy qoʻllay olish layoqatlarini shakllantirishga yoʻnaltirilgan ta’lim yoʻnalishi, deb tushunish maqsadga muvofiqligini koʻrsatadi.



Mamlakatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuniga bagʻishlangan tantanali marosimda soʻzlagan dasturiy nutqida taʼlim sohasidagi qator kamchilik va muammolarga eʼtibor qaratdi


Jumladan, maktablar xususida toʻxtalib, ularda bugun aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi murakkab tuzilgani, nazariy bilimlar amaliyot bilan bogʻlanmagani, oʻquv dasturlarida uzviylik yoʻqligi, darsliklarning mazmuni va sifati qoniqarsiz ekani haqli eʼtirozlarga sabab boʻlayotgani, amaldagi davlat taʼlim standartlari hamda oʻquv dasturlarida oʻquvchilarni taʼlimning navbatdagi bosqichiga tayyorlash, erkin fikrlash va mustaqil hayotga yoʻnaltirish masalasi eʼtibordan chetda qolayotganini tanqid qildi. Bunday holatlarga barham berish uchun xorijiy ekspertlar va tajribali oʻqituvchilarni keng jalb qilgan holda, umumiy taʼlimning Milliy oʻquv dasturi loyihasini ishlab chiqish va joriy oʻquv yili davomida uni ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida sinovdan oʻtkazish lozimligi taʼkidlandi.

Download 19,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish