Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta’lim


Nazariy va amaliy bilimlar uygʻunligiga eʼtibor qaratiladi



Download 19,89 Kb.
bet2/3
Sana24.03.2022
Hajmi19,89 Kb.
#508342
1   2   3
Nazariy va amaliy bilimlar uygʻunligiga eʼtibor qaratiladi
Butun dunyo ogʻir sinovni boshidan kechirayotgan bir paytda farzandlarimiz bilimida boʻshliq paydo boʻlmasligi, mavzularni oʻz vaqtida samarali oʻzlashtirishi uchun “Onlayn maktab” loyihasi tashkil etildi. Unga Respublikamizning tajribali va mohir pedagoglari jalb qilingan. Oʻquvchilar oʻtgan oʻquv yilining bir choragini onlayn tarzda oʻzlashtirdi, ayni paytda ham ayrim bolalar taʼlimni masofadan turib davom ettirmoqda. Maktablarimizda oʻquv yili karantin qoidalariga amal qilgan holda boshlandi. Barcha oʻquvchilar darsliklar va mashq daftarlari bilan taʼminlandi. Baʼzi oʻquvchilar aka-opalari foydalangan kitoblarni ishlatayotgan boʻlsa, ayrim sinf oʻquvchilari qayta nashrdan chiqqan yoki yangi chop etilgan darsliklardan foydalanmoqda.
Yangi oʻquv yili oʻquvchilarni qanday darsliklar bilan qarshi oldi? Yangi darsliklarning avvalgilaridan farqi nimada? Prezidentimiz nutqida keltirilgan masalalar boʻyicha qanday vazifalar belgilanyapti? Ana shunday savollarga javob olish uchun Respublika taʼlim markazi mutaxassislariga murojaat qildik.
– Prezidentimiz maʼruzasida taʼlim, jumladan, darsliklar xususida shu kunning dolzarb masalalari koʻtarildi. Bu esa, ayniqsa, taʼlim markazi zimmasiga katta masʼuliyat yuklaydi, – deydi Respublika taʼlim markazi direktorining birinchi oʻrinbosari Aziz Ortiqov. – Yangi oʻquv yilida rejaga asosan 1-, 4-, 5-sinflarda jami 558 nomdagi darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar chop etildi, Ularning 346 nomdagisi umumtaʼlim maktablari,
160 nomdagisi imkoniyati cheklangan bolalar uchun boʻlsa, 52 nomdagi multimedia ilovalari esa oʻquvchilar bilimini mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Umumtaʼlim maktablari darsliklarining 118 nomdagisi asl nusxasi,
228 nomdagisi esa tarjima nusxalaridir.
Yangi oʻquv yilida oʻquvchilar foydalanishi uchun 1–9-sinflarda “Tarbiya”,
5-, 8-, 9-sinflarda “Informatika”, 4-, 5-sinlarda “Texnologiya”, 8-sinflarda “Ingliz tili”, “Nemis tili”, “Fransuz tili” darsliklari (majmua shaklida), 10-, 11-sinflarda esa “Ona tili”va “Oʻzbek tili” fanlaridan oʻquv-metodik qoʻllanmalar yangidan yaratildi. 4-, 5 –sinflar toʻliq toʻplamda, 1-sinflarda “Alifbe”, 2-, 3-sinflarda Chet tili mashq daftarlari qayta nashr etildi.
5-sinf uchun yaratilgan “Biologiya” darsligi avval “Botanika” nomi bilan chop etilgan. Eski darslikda faqat oʻsimliklar dunyosi oʻrganilgan, yangi darslikda esa biologiyaning barcha boʻlimlariga oid boshlangʻich tushunchalar berilgan. Avvalgi darslik 6 bob, 31 mavzudan iborat boʻlib, laboratoriya va amaliy mashgʻulotlar uchun alohida soat ajratilmagan edi, qayta nashrda esa oʻquvchilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilgan. Endilikda mazkur fanning 18 soati nazariy, 16 soati amaliy mashgʻulot tarzida oʻtiladi. Darslikda Oʻzbekistonda uchraydigan dorivor va zaharli oʻsimliklar, Oʻzbekiston qizil kitobi haqida ham maʼlumotlar keltirilgan.
Taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan maktablar uchun 5-sinf adabiyot darsliklariga oʻzbek va jahon adiblari ijodidan namunalar kiritildi.
Prezidentimiz oʻz maʼruzasida darsliklar yaratishga jiddiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi. Undan kelib chiqqan holda oʻzimizga kelajakda amalga oshirishimiz lozim boʻlgan bir qator vazifalarni belgilab oldik. Darhaqiqat, fanlarni oʻqitish metodikasi, nazariy va amaliy bilimlar muvofiqligi, dasturlar uzviyligi, darsliklar mazmuni va sifatida talay kamchilik va muammolarimiz bor. Darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalarni nashrga tayyorlashda ularni mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga qay darajada javob bera olishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratishimiz, amaliyotchi oʻqituvchilar, fan metodistlari hamda salohiyatli olimlar tomonidan chuqur ekspertizadan oʻtkazishimiz lozim. Darsliklar ekspertiza xulosalari asosida uning mualliflari, nashriyot xodimlari hamda fan metodistlari hamkorligida qayta ishlansa, mazmuni va illyustratsiyalariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilsa yana-da mazmunli va sifatli boʻladi. Darsliklarni yana-da takomillashtirish uchun jahon tajribasini kengroq oʻrganish, loyihalarimizga Respublikamizdagi eng tajribali mutaxassislarni, xorijiy ekspertlarni keng jalb qilish maqsadga muvofiq.
Darsliklarni tayyorlashda oʻquvchilarning yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari alohida inobatga olinadi. Darslik mazmunida mavjud boʻlgan takrorlanishlar bartaraf etiladi, xalqaro tajribaga tayangan holda darslikning dizayni va foto-illyustratsiyalariga oʻzgartirish kiritiladi. Yana bir eʼtiborli holat shuki, fanlar kesimida fanlararo bogʻliqlik hamda sinflararo uzviylik taʼminlanishiga yana-da jiddiy eʼtibor qaratiladi. Darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratishda ular mazmuniga xalqaro baholash dasturi —TIMSS, PIRLS talablari oʻquvchilar yoshiga mos tarzda yana-da chuqurroq singdiriladi. Shuningdek, mavzularni qoʻshimcha maʼlumotlar bilan boyitish maqsadida barcha darsliklarga QR kodlar oʻrnatiladi.
Tarbiya” – yangi fan
– Davlatimiz rahbari nutqida umumtaʼlim maktablarida “Tarbiya” fani birinchi marta joriy etilayotgani alohida taʼkidlandi. Darhaqiqat, yangi oʻquv yilidan “Odobnoma”, “Vatan tuygʻusi”, “Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlari oʻrniga “Tarbiya” fani oʻtiladi, – deydi A.Ortiqov. – Mazkur fan darsliklarini tayyorlashda Yaponiyaning “Axloq taʼlimi”, Singapurning “Feʼl-atvor va fuqarolik taʼlimi”, Buyuk Britaniyaning “Tafakkur”, “Xulq taʼlimi” kabi fanlari va darsliklari yaqindan oʻrganildi. Darslikda ilk marotaba XXI asr koʻnikmalari deb nom olgan “yumshoq koʻnikmalar” joriy qilindi. U orqali oʻquvchida bilim berishdan tashqari muayyan koʻnikma ham shakllanadi. Yangi fan darsliklaridagi amaliyotga yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar va mavzular oʻquvchida muvaffaqiyat motivlarini uygʻotadi, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantiradi. Shuningdek, oʻquv fani mohiyati 50 foiz nazariy, 50 foiz amaliy asosga qurilgan. “Tarbiya” darsliklarida “role-model”, yaʼni zamonaviy pedagogik metoddan unumli foydalanilgan. Unda milliy va xalqaro miqyosda yuksak natijaga erishgan insonlar yutuqlari tahlil qilinadi. 1–9- sinflar darsliklari ustida sinov tariqasidai jodiy jamoa ishladi. Bu har bir sinf darsligi oʻrtasidagi tafovut va takrorlanishning oldini olish va bir butun, izchillikdagi darslik yaratilishini taʼminlashga xizmat qiladi. Darslik yorqin, rangli illyustratsiyalarga boy va har bir boʻlimi oʻziga xos fon, milliy va umuminsoniy xulq, ijtimoiy malakani ifoda etgan rasmlar bilan berilgan.
Ayni paytda boshlangʻich sinf oʻquvchilari mazkur darsliklardan foydalanishyapti. Insonning kelajakda muvaffaqiyat qozonishi, eng avvalo, toʻgʻri qoʻyilgan maqsadga bogʻliq. “Tarbiya” fanining ahamiyatli jihati shuki, u bolada bosqichma-bosqich maqsad qoʻyish va unga intilish koʻnikmasini shakllantirib boradi. Tarbiya dasturiga eʼtibor qaratsak, oʻquvchi 1-sinfda dastlab orzularini aniqlay olishga oʻrgatiladi. 2-sinfda oʻz oldiga maqsad qoʻya olish koʻnikmasi shakllantiriladi. 3-sinfda oʻquvchida dasturni oʻzlashtirish natijasida maqsad va orzu-umidlarni amalga oshirishga harakat qilish koʻnikmasi paydo boʻladi. 4-sinfda esa atrofda boʻlayotgan voqea-hodisalarga sogʻlom munosabat bildira oladi, shaxs sifatida oʻzini anglaydi va oʻz xatti-harakatlarini tahlil qiladi. Yuqori sinflarda bu koʻnikmalar shakllanib, oʻquvchi oʻz oldiga maqsad qoʻya olish, mustaqil fikrlash, oʻz faoliyatini tahlil qilish, toʻgʻri qaror qabul qilish kabi koʻnikmalarga ega boʻladi.

Download 19,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish