Mavzu:Ta’lim jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalarining o’rni va imkoniyatlari Reja:
1. Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari haqida
tushuncha.
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
rivojlanishi.
3. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quvtarbiya
jarayonida qo‘llashning didaktik
asoslari.
4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
vositalaridan ta’lim jarayonida foydalanishning
istiqbolli yo‘nalishlari va kelajagi.
5. Kursning maqsad va vazifalari. Ta’lim jarayonida
axborot texnologiyalarini qo’llashning
zamonaviy tendensiyalari, ilg’or texnologiyalari tavsifi
va rivojlanish omillari
Axborot texnologiyasi – bu ob’yekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma’lumotlarni bir ko’rinishga keltiruvchi ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Bu, albatta, keng ma’nodagi ta’rifdir, chunki evolyusiya jarayonida insonlar bir-biri bilan aloqaga kirish uchun turli foydalanganlar. Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo’lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: Ichki omillar - bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash imkoniyatidir. Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnikauskunaviy vositalari orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi Ayni paytda axborot texnologiya hakida fikr yuritganda, koʻpgina «yangi», «kommunikatsion» yoki «zamonaviy» so‘zlarini ko‘shib ishlatiladi. Zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiya - bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «doʻstona» interfeysga ega boʻlgan axborot texnologiya demakdir. AKT rivojlanish bosqichlarini qarab chiqamiz
1. Masala turi va ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni bo’yicha:
2-bosqich(80-yillardan boshlab)-strategik masalalarni xal etishga yo’naltirilgan informatsion texnologiyalarni yaratish
1-bosqich(60-70y)-ommaviy foydalanish rejimi asosida hisoblash markazlarida ma’lumotga ishlov berish
2.Jamiyatni axborotlashtirish yo’lida turgan muammolar bo’yicha: 1- bosqich (60-yillarning oxiri)apparat vositalari imkoniyatlarining cheklanganligisharti ostida katta hajmdagi ma’lumotlarga ishlov berish muammosi;
2-bosqich (70-yillarning oxirigacha) IBM 1360 rusumli EHM-larning keng tarqalishi. Ushbu bosqichning muammosi –dasturiy ta’minotning apparat vositalari rivojlanishi darajasidan orqada qolishi;
3-bosqich (80 yillarning boshidan) -
kompyuter profesional boʻlmagan
foyidalanuvchining
qiroliga aylanadi, informatsion tizim esa,
uning qarorini qabul qilish uchun qoʻllabquvvatlovchi
vosita
boʻlib qoladi.
4-bosqich (90 yillarning boshi) -
tashkilotlararo zamonaviy texnologiyalar va zamonaviy texnologiyalar va
informatsion
tizimlarni yaratish.
3.Kompyuteriy texnologiya keltiradigan afzalliklar bo’yicha:
1-bosqich
- (60-yillarning boshi)
- Markazlashgan,ommaviy foydalanishga mo’ljallangan hisoblash markazlarida murakkab hisoblashlarni boshqarishda ma’lumotlarni samarali ishlov berish bilan xarakterlanadi
2-bosqich
- (70- yillarning o’rtalaridan boshlab)
- Personal kompyuterlarning paydo bo’lishi
3-bosqich
- (90-yillardan boshlab)
- Biznesda strategik afzalliklarni tahlil qilish, ma’lumotlarni taqsimlanganiga ishlov berish telekommunikatsion texnologiyasiga asoslanadi.
Hozirgi kunda AKTlar ta’lim tizimida asosan quyidagi to’t yo’nalishda foydalanilmoqda: - O’qitish obyekti sifatida;
- O’qitishning texnik vositalari sifatida;
- Ta’limni boshqarishda;
- Ilmiy-pedagogik izlanishlarda.
Do'stlaringiz bilan baham: |