261
b) yarim sun‘iy penitsillinlarga biologik va kimyoviy yo‗llari bilan
olinadigan har xil moddalar kiradi;
d) murakkab penitsillinlar tarkibiga penitsillin
halqasi bilan birga
klavulan kislotasi va sulbaktam moddalar ham kiradi. Penitsilinlar odam
hujayralariga ta‘sir ko‗rsatmaydi, chunki uning tarkibida peptidoglikan
moddasi yo‗q.
2. Sefalosporinlar molekulasi 6-aminopenitsillin kislotasi 6-APKva
B-laktam halqadan tashkil topgan. Sefalosporinning antibakterial ta‘sir
mexenizmi penitsillinga o‗xshash.
3. Boshqa B-laktam antibiotiklar. Bu guruhga monobaktamlar,
karbapenemlar kiradi. Ular bakteriyalarning hulayra devoir sinteziga
ta‘sir ko‗rsatadi.
4. Batsitratsinlar peptid antibiotiklari bo‗lib, asosan,
Bacillus
subtilis
va
B.Licheniformis
spora hosil qilishdan oldin ajratib chiqaradi.
Tibbiyot amaliyotida batsitratsin A qo‗llaniladi. Antimikrob ta‘sirga ega.
5. Vankomitsin- glikopeptiddan tashkil topgan,
Streptomyces
ning
har xil turlari ishlab chiqaradi. Hujayra
devoridagi peptidoglikan
sintezini to‗xtatib qo‗yadi, ko‗pgina grammusbat bakteriyalarga
antimikrob ta‘sir ko‗rsatadi.
6. Sikloserin- bu moddani ham
Streptomyces
ning har xil turlari
ajratib chiqaradi. Ba‘zi grammusbat va grammanfiy bakteriyalarga
bakteriostatik ta‘sir ko‗rsatadi.
II. Mikroorganizmlarning sitoplazmatik
membranasi funksiyasini
buzuvchi preparatlar. Bu guruhga:
1. Polimiksinlar, bu antibiotiklarni
Bacillus polymyxa
va boshqa
ba‘zi bir bakteriyalar hosil qiladi. Bu guruhga polimiksin M, polimiksin
B kirib bir-biridan farmokologik xususiyatlari bo‗yicha farq qiladi.
2.
Polienli
antibiotiklar-nistatin,
levirin,
amfoteritsin
B
aktinomitsetlarning
Streptomyces
turi ishlab chiqaradi.
3. Gramitsidlar polipeptidlar bo‗lib
Bacillus brevis
ishlab chiqaradi.
Grammusbat kokklar va batsillalarga nisbatan bakteriostatik ta‘sirga ega.
III. Bakteriya hujayrasi ribosomasida oqsil sintezini to‗suvchi
antibiotiklar.
Bu guruhga aminoglikozid, tetratsiklin, levomitsitin,
makrolid, azalid, linkozalid guruhlari kiradi.
1. Aminoglikozidlarning 50 dan ortiq turi aniqlangan. Bu moddalar
3 avlodga bo‗linadi: 1-avlodga streptomitsin, kanamitsin, monomitsin,
neomitsin; 2-avlodga gentamitsin; 3-avlodga sizomitsin, tobramitsin,
amikatsin, netilmitsin, didezoksikanamitsin B kiradi.
262
Bu antibiotiklarning ijobiy ta‘siri
bilan birga nohush, ya‘ni neyro-
va nefrotoksik ta‘siri ham bor. Masalan, streptomitsin eshitish a‘zolariga
nohush ta‘sir ko‗rsatadi.
2.Tetratsiklin guruhiga mansub antibiotiklar keng ta‘sir doirasiga
ega bo‗lib, bakteriostatik ta‘sir etadi. Uning salbiy ta‘siri esa
disbakteriozga olib keladi.
3.Levomitsetinni aktinomitsetning
Streptomyces venezueae
turi
ajratib chiqaradi. U grammanfiy anaerob va grammusbat bakteriyalarga,
rikketsiyalarga, spiroxetalarga, xlamidiyalarga
va boshqa mikroorga-
nizmlarga bekteriostatik ta‘sir etadi.
4.Makrolidlar tabiiy va yarim sun‘iy guruhlarga bo‗linadi. Asosan
penitsillin
va
tetratsiklinga
chidamli
bakteriyalar
guruhlariga,
rikketsiyalar, xlamidiyalarga bakteriostatik ta‘sir ko‗rsatadi.
5.Azalidlar-bu guruhga azitromitsin kirib, keng ta‘sir doiraga ega.
Fagotsitlar o‗rab olgan bakteriyalarga ta‘sir ko‗rsatadi.
6.Linkozamidlar guruhiga linkomitsin kiradi, uni aktinomitset-
larning ba‘zi bir turlari ishlab chiqaradi.
Patogen kokklar, bo‗g‗ma va
kuydirgi bekteriyalari, ba‘zi bir anaerob jarohat infeksiyalariga
bakteriostatik ta‘sir ko‗rsatadi.
IV. RNK-polimerazani to‗suvchi antibiotiklar. Bu guruhga rifamit-
sinlar kiradi, uni
Streptomyces mediterranei
ishlab chiqaradi. Rifa-
mitsinlar yarim sun‘iy o‗xshashi rifampitsin bo‗lib, keng antibekterial
ta‘sir doirasiga ega.
V.DNK replikatsiyasini to‗sib qo‗yuvchi antibiotiklar.
Bu guruhga
novobiotsin, mitomitsin C6, porfiromitsin va boshqa antibiotiklar kirib,
bularni aktinomitsetlarning ba‘zi turlari ajratib chiqaradi. Novobiotsin
DNK polimerazaga ta‘sir qilib, DNK sintezini buzadi. Bundan tashqari,
RNK vabakteriya hujayra devorining sintezini ham to‗sib qo‗yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: