Mavzu: Dorivor o'simliklar uchun yaxshi o'stirish va yig'ish amaliyoti (GACP) Tekshirdi: katta o’qituvchi Ch.T.Toshtemirova
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
“Dori vositlarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasI” kafedrasi
“GXP asoslari” Fani
Mustaqil ish
Dorivor o'simliklar uchun yaxshi o'stirish va yig'ish amaliyoti - Reja:
- Yaxshi o’stirish va yig’ish amaliyoti maqsad va vazifalari
- GACP da xodimlar, xonalar va asbob uskunalarga qo’yilgan talablar
- Mahsulotni saqlashga talablar
- Transportda yuklash va tashish
Yaxshi saqlash amaliyoti maqsad va vazifalari - dori vositalari: Kasalliklar profilaktikasi, ularga tashxis qo’yish va ularni davolash, shuningdek odam organizmining xolati va funksiyalarini o’zgartirish uchun tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalari (substansiyalar) va yordamchi moddalar asosida olingan vositalar, dori moddalari (substansiyalar), dori preparatlari:
- yordamchi modda: Ishlab chiqarish jarayonida dori vositalariga zarur bo’lgan fizik-kimyoviy xususiyatlarni berish uchun foydalaniladigan noorganik yoki organik tabiatli moddalar, farmatsevtik substansiyalar va o’rab-joylash materiallardan tashqari:
- yaroqlik muddatining tugashi sanasi: Individual o‘ram (odatda yorliq)da ko’rsatilgan. ungacha dori vositasi to‘g‘ri saqlangan holda tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga mos kelishi kerak bo’lgan sana. Dori vositasining har bir seriyasi uchun mazkur sana saqlash muddati va ishlab chiqarilgan sanasini qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
kontaminatsiya (ifloslanish): Boshlang’ich yoki oralik material yoki tayyor mahsulotga uni ishlab chiqarish, namuna olish, qadoklash yoki qayta qadoqlash, saqlash yoki tashish jarayonida kimyoviy va mikrobga mansub aralashmalarni nomaqbul kiritish.
yorliqlash: Zarur barcha ma’lumotga ega bo’lgan to‘g‘ri yorliq tanlab olish, tekshirish va yopishtirish bilan bog’liq jarayon.
material: birlamchi materiallar (dori moddalari va yordamchi moddalar) reagentlar, erituvchilar. oralik mahsulotlar, o‘rov materiallari va yorliqlarni belgilash uchun qo’llaniladigan umumiy atama.
normativ talablar: Tayyorlash, ishlab chiqarish, ulgurji, chakana realizatsiya qilish va tashishda dori vositalarini saqlashni tartibga soluvchi normativ-xuquqiy hujjatlar va texnik jixatdan tartibga solish soxasidagi normativ hujjatlar.
kesishgan kontaminatsiya: Birlamchi material, oralik mahsulot yoki tayyor mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida boshqa birlamchi material yoki mahsulot bilan ifloslanishi.
o‘rov materiali: Dori vositasini joylash, o’rash uchun qo’llaniladigan, tashish va yuklash uchun mo’ljallangan tashqi o‘ramdan tashqari jumladan bosma material. O‘rov materiali mahsulot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilishi yoki qilmasligiga qarab birlamchi yoki ikkilamchi bo’lishi mumkin.
saqlash: Dori vositalari va materiallarni qo‘llab bo‘lgunga qadar saqlash davri.
Do'stlaringiz bilan baham: |