K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


“Qor bo„ron ” usulida ish o„yinini o„tkazish



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

2.“Qor bo„ron ” usulida ish o„yinini o„tkazish.
 Maqsad
: Guruh talabalarining hammasini bir vaqtning o‗zida 
bilimini nazorat qilish. 
Ishni o„tkazish tartibi: 
Guruh 2-3 talabadan iborat kichik 
guruhchalarga bo‗linadi. Guruh talabalarining hammasi bitta savol yoki 
vaziyatli masalani o‗zaro tahlil qilishadi. Har bir to‗g‗ri javob bеrgan 
guruhchaga ball sifatida qor bo‗ron yozib qo‗yiladi. Natijada eng ko‗p 
bo‗ronlar to‗plagan guruhcha g‗olib bo‗ladi. 
Ish o„yini uchun savollar:
1.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning 
mikroblarga qarshi ta‘sir maxanizmi. 
2.Antibiotiklar:umumiy ma‘lumotlar. 
3.Muhim antibiotiklar va ularning mikrobga qarshi mexanizmi. 
4.Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidamliligi va uni 
bartaraf qilish yo‗llari. 
3.“Interaktiv usul.”
Talabalar mavzu bo‗yicha kompyuter yorda-
mida audio, video materiallar bilan tanishadilar. 
6.O„quv jarayonida talabalar bajaradigan mustaqil ishi: 
1.Bakteriyalarni 
antibiotiklarga 
sezgirligini 
antibiotiklar 
shimdirilgan standart disklar metodi bilan aniqlash. 
2.Turli darajada suyultirish usuli bilan ntibiotiklarning aktivligini 
aniqlash. 
3.Antibiotiklarning kuchini agarda diffuziyalash usuli bo‗yicha 
aniqlash. 
4.Mikroorganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlash-
ning tezkor usuli. 
7.Talabalar mustaqil ishlash uchun vazifalar: (nazariy qism) 


258 
1.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning 
mikroblarga qarshi ta‟sir mexanizmi.
Tibbiyot amaliyotida yuqumli 
kasalliklarni davolash va oldini olish uchun patogen mikroorganizmlarni 
nobud qila olish xususiyatiga ega bo‗lgan kimyoviy moddalar keng 
qo‗llaniladi. Bu moddalar kasallikni davolash maqsadida qo‗llanilsa, 
kimyoterapiya, profilaktika maqsadida va kimyoprofilaktika deb ataladi. 
1885 yil P. Erlix kimyoterapiyaga asos solib, mikrob hujayrasi ma‘lum 
bir kimyoviy moddalar bilan o‗zidagi maxsus reseptorlari yordamida 
o‗zaro ta‘sirlashadi degan xulosaga keldi. 
Kimyoterapevtik moddalarning ba‘zi bir umumiy belgilari: 
a) odam organizmiga toksik ta‘sirining yo‗qligi. Moddalarning 
zararsizligi kimyoterapevtik ko‗rsatkich (KK) yordamida aniqlanadi. 
b)kimyoterapevtik moddalarning mikroorganizmlarga kuchli tanlab 
ta‘sir etishi, antimikrob ta‘sir doirasi bilan aniqlanadi. 
c) kimyoterapevtik moddalar bakteriostatik yoki bakterisid ta‘sirga 
ega. Bakteriostatik ta‘sir deganda bakteriyalarning o‗sishi va ko‗payi-
shini to‗xtatish, bakterisid ta‘sirda esa bakteriyalarning nobud bo‗lishi 
tushuniladi. 
d) kimyoterapevtik moddalar har doim mikroorganzmlarning doriga 
chidamli shakllarini keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Ba‘zi bir dori-
larga chidamli mikroorganizmlar tez hosil bo‗lsa, boshqalariga sekinlik 
bilan vujudga keladi. 
e) virusli infeksiyalar kimyoterapiyasi. Virusli infeksiyalarga anti-
biotiklar samarali ta‘sir ko‗rsatmaydi. Bu vuruslarda xususiy 
metabolizmning yo‗qligi bilan bog‗liq. Pirimidinga o‗xshash idoksuridin 
(5-yod-dezoksiuridin) gerpetik va adenovirusli keratit, kon‘yugktivit va 
uchuqni davolashda qo‗llaniladi. Gripp, qizamiq, qizilcha, vezikulyar 
stomatit viruslarning boshlang‗ich davrida susaytiruvchi ta‘sir 
ko‗rsatadigan dorilarga amantadin hosilalari kiradi. Bulardan remantadin 
gripp A virusiga juda samarali ta‘sir ko‗rsatadi; 
f)chechak viruslari reproduksiyasini to‗xtatadigan tiosemikarbazon 
hosilalari juda yaxshi naf beradi. Kimyoviy moddalar organotroplik va 
parazitotroplik xususiyatiga ega bo‗lishi kerak: 
a) mishyak dorilar (salvarsan, asorsol, nevarsenol) sifilis, sibir 
yarasi, qaytalama tifni davolashda ishlatiladi. 
b) xinin, akrixin, plazmosid, bigumal sodda jonivorlar ko‗rsatuvchi 
malyariya kasalligini davolashda; 
c) sulfanilamidlar – oq streptosid, etazol, ftalazol, norsulfazol, 
sulfademizin. Sulfanilamidlarni ta‘sir qilish mexanizmi hujayrada alma-


259 
shinuv jarayonlarini buzilishi o‗z ichiga oladi. Shu sababli organizmda 
mikrobni ko‗payishi to‗xtaydi. Shundan keyin organizmni himoya 
kuchlari ta‘sirida mikroblar halok bo‗ladi. 
d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalitsil kislota, 
tibon, tubazid. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish