258
1.Kimyoterapevtik moddalarning asosiy guruhlari va ularning
mikroblarga qarshi ta‟sir mexanizmi.
Tibbiyot amaliyotida yuqumli
kasalliklarni davolash va oldini olish uchun patogen mikroorganizmlarni
nobud qila olish xususiyatiga ega bo‗lgan kimyoviy moddalar keng
qo‗llaniladi. Bu moddalar kasallikni davolash maqsadida qo‗llanilsa,
kimyoterapiya, profilaktika maqsadida va kimyoprofilaktika deb ataladi.
1885 yil P. Erlix
kimyoterapiyaga asos solib, mikrob hujayrasi ma‘lum
bir kimyoviy moddalar bilan o‗zidagi maxsus reseptorlari yordamida
o‗zaro ta‘sirlashadi degan xulosaga keldi.
Kimyoterapevtik moddalarning ba‘zi bir umumiy belgilari:
a) odam organizmiga toksik ta‘sirining yo‗qligi. Moddalarning
zararsizligi kimyoterapevtik ko‗rsatkich (KK) yordamida aniqlanadi.
b)kimyoterapevtik moddalarning mikroorganizmlarga kuchli tanlab
ta‘sir etishi, antimikrob ta‘sir doirasi bilan aniqlanadi.
c) kimyoterapevtik moddalar bakteriostatik yoki bakterisid ta‘sirga
ega. Bakteriostatik ta‘sir deganda bakteriyalarning o‗sishi va ko‗payi-
shini to‗xtatish, bakterisid ta‘sirda esa bakteriyalarning nobud bo‗lishi
tushuniladi.
d) kimyoterapevtik moddalar har doim mikroorganzmlarning doriga
chidamli shakllarini keltirib chiqarish xususiyatiga ega. Ba‘zi
bir dori-
larga chidamli mikroorganizmlar tez hosil bo‗lsa, boshqalariga sekinlik
bilan vujudga keladi.
e) virusli infeksiyalar kimyoterapiyasi. Virusli infeksiyalarga anti-
biotiklar samarali ta‘sir ko‗rsatmaydi.
Bu vuruslarda xususiy
metabolizmning yo‗qligi bilan bog‗liq. Pirimidinga o‗xshash idoksuridin
(5-yod-dezoksiuridin) gerpetik va adenovirusli keratit, kon‘yugktivit va
uchuqni davolashda qo‗llaniladi. Gripp, qizamiq, qizilcha,
vezikulyar
stomatit viruslarning boshlang‗ich davrida susaytiruvchi ta‘sir
ko‗rsatadigan dorilarga amantadin hosilalari kiradi. Bulardan remantadin
gripp A virusiga juda samarali ta‘sir ko‗rsatadi;
f)chechak viruslari reproduksiyasini to‗xtatadigan tiosemikarbazon
hosilalari juda yaxshi naf beradi. Kimyoviy moddalar organotroplik va
parazitotroplik xususiyatiga ega bo‗lishi kerak:
a) mishyak dorilar (salvarsan, asorsol, nevarsenol) sifilis,
sibir
yarasi, qaytalama tifni davolashda ishlatiladi.
b) xinin, akrixin, plazmosid, bigumal sodda jonivorlar ko‗rsatuvchi
malyariya kasalligini davolashda;
c) sulfanilamidlar – oq streptosid, etazol,
ftalazol, norsulfazol,
sulfademizin. Sulfanilamidlarni ta‘sir qilish mexanizmi hujayrada alma-
259
shinuv jarayonlarini buzilishi o‗z ichiga oladi. Shu sababli organizmda
mikrobni ko‗payishi to‗xtaydi. Shundan
keyin organizmni himoya
kuchlari ta‘sirida mikroblar halok bo‗ladi.
d) tuberkulyozni davolash uchun PASK –poraaminosalitsil kislota,
tibon, tubazid.
Do'stlaringiz bilan baham: