K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


Antibiotiklar: umumiy ma‟lumotlar



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

2. Antibiotiklar: umumiy ma‟lumotlar. 
Antibiotiklar—ba‘zi 
mikroorganizmlar (aktinomisetlar, zamburug‗lar, bakteriyalar) hayvon 
to‗qimalari va ayrim yuksak o‗simliklar hayot faoliyati natijasida hosil 
bo‗ladigan va turli xil mikroblarning o‗sishi hamda rivojlanishini 
to‗xtatadigan organik moddalar. Bu atamani Amerika olimi Z. Vaksman 
mikroblarda hosil bo‗lib, boshqa mikroblarga qarshi ta‘sir etadigan 
moddalarga nisbatan taklif etgan.
Antibiotiklar kasallantiruvchi (patogen) mikroblardagi moddalar 
almashinuvini buzib, ularni o‗ldiradi yoki o‗sishini to‗xtatadi. Ular turli 
mikroblarga turlicha ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, bir antibiotik ma‘lum bir 
mikrobga kuchli boshqasiga kuchsiz yoki umuman ta‘sir qilmaydi. 
Antibiotiklar faqatgina mikroblarga ta‘sir qilmay balki odam, hayvon va 
o‗simlik organizmidagi to‗qima va hujayralarini yemiradi. Shuning 
uchun tibbiyot amaliyotida uning faqat zararli mikroblarni o‗ldiradigan, 
ammo odam, hayvon va o‗simlik organizmini yemirmaydigan turlarigina 
ishlatiladi. Birinchi antibiotik modda(tirotrisin)ni 1939-yilda Dyubo 
tuproqda yashovchi Basillus brevis nomli bekteriyadan oldi. 
Kimyoviy tarkibi bo‗yicha antibiotiklar quyidagi guruhlarga 
bo‗linadi: 
1.Betalaktamli 
antibiotiklar 
yoki 
betalaktamidlar-betalaktam 
halqali azot tutuvchi geterotsiklik birikmalar. Bularga quyidagilar 
kiradi:penitsillin guruhi-tabiiy benzilpenitsillin va yarim suniy penitsillin 
va tefalosporin. 
2. Tetratsiklin va uning yarim sun‘iy hosilalari; oksitetratsiklin, 
xlortetratsiklin, morfosiklin, metatsiklin, dioksitsiklin, vibromitsin. 
Bular xar xil radikallar tutuvchi to‗rta benzol halqadan tashkil topgan.
3. Aminoglikozidlar–streptomitsin guruhi va dezoksistreptamin 
tutuvchi aminoglikozid antibiotiklar. 
4. Makrolidlar-makrotsiklik lokton halqa tutuvchi birikmalar 
(eritromitsin,olendomitsin). 
5. Levomitsetin (tabiiy turi xloramfenikol) sun‘iy modda bo‗lib, 
tarkibiga nitrofenil,dixloratsetamin propandiol kiradi. 


260 
6. Rifamisinlar. Bu guruhga tabiiy antibiotik-rifamisin va uning 
yarim sun‘iy hosilasi-rifampisin kiradi. Bular murakkab kimyoviy 
tuzilishga ega, makrosiklik halqasi bor. 
7. Poliyenli antibiotiklar-nistatin, levorin, amfoterisin B. bular bir 
qancha tutash qo‗sh bog‗larga ega. 
Antibiotiklar bakteriyalarga ko‗rsatadigan ta‘siriga qarab 3 guruhga 
bo‗linadi: 
1. Bakteriostatik ta‘sir-bakteriyaning o‗sishi va ko‗payishi 
faoliyatini to‗xtatib qo‗yadi. Buning natijasida bakteriya o‗z zahrini 
ishlab chiqarolmaydi (tuberkulyoz, zaxm). 
2.Bekteritsid ta‘sir qiluvchi antibiotiklar–bakteriyaning hujayra 
devor yoki nukleidning parchalanishini keltirib chiqaruvchi antibiotiklar 
hisoblanadi. 
3.Bakteriolitil ta‘sir qiluvchi antibiotiklar–hamma turdagi bak-
teriyalarni eritib yo‗q qilishga qaratilgan ta‘sir. 
O‗z ta‘siriga qarab esa 2 guruhga bo‗linadi: 
1. Tor doiradagi antibiotiklar faqatgina bir turdagi yoki grammanfiy 
yoki grammusbatlarga ta‘sir etuvchilar. 
2. Keng doiradagi antibiotiklar bir necha grammusbat va 
grammanfiy bakteriyalarga,masalan, rikketsiya, xlamidiy, mikoplazma 
va boshqalarga antimikrob ta‘sir ko‗rsata oladi. 
Antibiotiklarning antimikrob ta‘siri turlicha bo‗lib u shartli TB 
bilan belgilanadi. TB-antibiotiklarning minimal dozasi olinib, bak-
teriyaning maksimal o‗limini keltirib chiqarishi tushuniladi. Har bir 
antibiotik uchun bu ko‗rsatkich har xil. Antibiotik buyurilganda bemor 
yoshi, og‗irligi aniqlanib, buning natijasida 1kg-TB olinadi. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish