K. Sh. Baltayeva, Sh. R. Aliyev


 Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidaliligi va



Download 5,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/232
Sana18.04.2022
Hajmi5,56 Mb.
#559997
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   232
Bog'liq
2 5440625474038403380

4. Mikroorganizmlarning kimyoviy preparatlarga chidaliligi va 
uni bartaraf qilish yo„llari. 
Tibbiyot amaliyotida antibiotiklar qo‗l-
lanila boshlangandan so‗ng antibiotikka chidamli bakteriyalar ham hosil 
bo‗la boshladi. Keyingi vaqtda dorilarga chidamli bakteriyalar soni 
oshib bormoqda. Antibiotiklarga chidamlilik faqat bakteriyalarda emas, 
balki boshqa mikroorganizmlar rikktsiyalar, xlamidiyalar, mikoplaz-
malar, achitqisimonda ham kuzatiladi. Antibiotiklar va boshqa kimyo-
terapevtik moddalarga mikroorganizmlarning rezistentlik mexanizmi. 
Bu mexanizm, asosan, quyidagilarga bog‗liq: a) faol antibiotiklarning 
nofaol shaklga fermntativ, inaktivatsiya va modifikatsiya yo‗li bilan 


263 
o‗tishi; b) ma‘lum bir kimyoterapevtik modda uchun hujayra devoir 
o‗tkazuvchanligining yo‗qolishi; c)bakteriya hujayrasidagi maxsus 
transport tizimining buzilishi; d) mikroorganizmlarga hayotiy zarur 
metabolitlar hosil bo‗lishini, dori bilan to‗silgan asosiy yo‗l o‗rniga 
alternative yo‗lga o‗tishi. 
Rezistentlik mexanizmi birlamchi va hayot davomida orttirilgan 
bo‗lishi mumkin. Birlamchi mexanizm shu dori ta‘siri uchun ―nishon‖ ning 
yo‗qligi bilan bog‗liq. Hayot davomida orttirilgan rezistentlik mexanizmi 
modifikatsiya, mutatsiya, rekombinatsiya natijasida ―nishon‖ning 
o‗zgarishiga bog‗liq. Beta-laktam antibiotiklarga nisbatan rezistentlikgining 
biokimyoviy mexanizmi har xil. Bular beta-laktamazalar sintezi, penitsillin 
bog‗lovchi oqsillar va ―nishon‖larning o‗zgarishiga bog‗liq bo‗ladi. 
Umuman olganda rezistentlik kelib chiqishi antibiotikning kimyoviy 
tuzilishiga va bakteriyalarning xususiyatlariga bog‗liq. 
Bakteriyalarning antibiotikka rezistentligi kelib chiqishiga ko‗pgina 
omillar, masalan, ba‘zi bir yuqumli kasalliklarning oldini olish yoki 
davolash maqsadida belgilangan miqdordan kamroq dozada va vaqtda 
nazoratsiz holda qo‗llanilishi yoki qo‗llanishdan oldin mikroor-
ganizmlarning antibiotiklarga sezuvchanligi aniqlanmasligi sabab 
bo‗ladi.
Kimyoviy moddalarga chidamli bakteriyalarga qarshi kurashish 
uchun antibakterial ta‘sir mexanizmi farq qiladigan yangidan-yangi 
kimyoterapevtik dorilarni ishlab chiqarish, shuningdek, bakteriya 
fermentlariga chidamli bo‗lgan faol guruh tutuvchi antibiotiklarni yoki 
bakteriya fermentlari faolligini susaytiruvchi omillarni kashf etish kabi 
choralar ko‗riladi. Ajratib olingan bakteriya shtammlarining antibiotikka 
sezuvchanligini iloji biricha aniqlash lozim. Tashqi muhitning dorilarga 
chidamli bakteriyalar bilan ifloslanishini har doim epidemiologik 
tekshirishdan o‗tkazish mihim ahamiyatga ega. Masalan, hozir 
kasalxona ichi infeksiyalariga kiruvchi, ko‗pgina antibiotiklarga 
chidamli patogen mikroorganizmlar butun dunyo mamlakatlarida katta 
muammoga aylanib bormoqda. 

Download 5,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish