Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Narsalarni tanib olish uchun ko‘rsatish
dan oldin o‘tkaziladigan 
so‘roqda narsaning nomi va vazifasi, o‘lchamlari (katta-kichikligi), 
vazni, rangi, shakli, undan foydalanish jarayonida hosil bo‘lgan alohida 
belgilari aniqlanishi lozim. Agar so‘roq qilinuvchiga narsani yasash 
usuli va foydalanilgan materiallar xususiyati ma’lum bo‘lsa, buni ham 
aniqlash 
zarur. 
Narsalarning 
alohida 
belgilari 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday axborot 
zavod raqamlariga ega bo‘lgan narsalarning pasportlaridan, narsalarning 
belgilari ko‘rsatilgan kvitansiyalardan, ular aks ettirilgan fotosuratlar va 
videoyozuvlardan olinishi mumkin. 
Uy hayvonlarini tanib olish uchun ko‘rsatish
dan oldin so‘roq 
qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi: hayvonning turi, zoti, jinsi, 
taxminiy yoshi, rangi, tusi, oriq yoki semizligi, laqabi, alohida belgilari 
(egasining tamg‘asi, chandiqlar, yaralar). Agar so‘roq qilinuvchida 
o‘g‘irlangan hayvonning suratlari mavjud bo‘lsa, ularni olish va jinoyat 
ishi materiallariga qo‘shib qo‘yish lozim. 


300 
Tanib olinuvchi bilan birga ko‘rsatiladigan
ob’ektlarni tanlash
o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi. Tanib olinuvchi bilan birga 
ko‘rsatiladigan odamlar tashqi ko‘rinishi (yoshi, bo‘yi, irqiy va milliy 
mansubligi, gavda tuzilishi, yuz shakli, sochining rangi va h.k.) jihatidan 
bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lishi lozim. Ko‘rsatilayotgan narsalar bir-
biridan yaqqol farq qilmasligi kerak. Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan 
ob’ektlar, qoida tariqasida, uchdan kam bo‘lmasligi lozim. Binobarin, 
tanib oluvchi ularni nafaqat xayoliy obraz, balki bir-biri bilan ham 
solishtiradi. Bu qidirilayotgan ob’ektni ayniylashtirish amalga 
oshirilayotgan alohida xususiyatlarni farqlashga yo‘naltiradi. 
Tanib olish uchun ko‘rsatish 
vaqti va joyini
tanlash yuzaga kelgan 
tergov vaziyati bilan belgilanadi. Bu erda quyidagi qoida amal qiladi: 
ob’ektni kuzatish va uni tanib olish o‘rtasidagi vaqt oralig‘i qancha qisqa 
bo‘lsa, shuncha yaxshi. Biroq, agar tanib oluvchi betob, stress holatida 
yoki jarohatlangan bo‘lsa, unga o‘ziga kelish uchun vaqt berish lozim. 
Bu holda tergovchi tanib olish uchun ko‘rsatishni o‘tkazish sanasi 
haqida davolovchi shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Tanib olish uchun ko‘rsatishga tayyorgarlik ko‘rish hal etilishi 
lozim bo‘lgan masalalar, texnik-kriminalistik ta’minot va hokazolarni 
o‘z ichiga oluvchi yozma rejani tuzish bilan yakunlanadi. 
Tanib olish uchun ko‘rsatishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rish ko‘p 
jihatdan uning muvaffaqiyatini belgilaydi. Ayni paytda bu tergov 
harakatiga tayyorgarlik ko‘rishdan oldin uni o‘tkazishga zarurat bor-
yo‘qligini qat’iy anglab olish kerak. Bu savolga jinoyat ishini va 
operativ xarakterdagi materiallarni o‘rganish natijasida javob olish 
mumkin.
Tanib olish uchun ko‘rsatiladigan shaxs ham jinoyat protsessida 
tutgan o‘rniga qarab guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi va 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish