Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet212/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   372
Bog'liq
kriminalist

20-MAVZU. TELEFON VA BOSHQA 
QURILMALAR ORQALI OLIB BORILADIGAN 
SO‘ZLASHUVLARNI ESHITIB TURISH 
TAKTIKASI 
 
So‘zlashuvlarni eshitib turishning umumiy tartibi. Telefon va 
boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish 
tartibi va taktikasi. Telefon va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan 
so‘zlashuvlarni eshitib turish bayonnomasi. 
 
So‘zlashuvlarni eshitib turishning umumiy tartibi 
 
Uyushgan jinoiy guruhlar va tuzilmalar tomonidan zamonaviy 
aloqa vositalari (mobil telefonlardan yo‘ldosh aloqa kanallarigacha)dan 
turli, shu jumladan og‘ir jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishda faol 
foydalanilishi huquqni muhofaza qilish organlarini tegishli javob 
choralarini ko‘rishga da’vat etadi. 
O‘zR JPKning 169-moddasiga muvofiq, ish bo‘yicha to‘plangan 
dalillar ish uchun ahamiyatga molik xabarlarni olish mumkinligiga etarli 
darajada asos bo‘la olsa, surishtiruvchi, tergovchi telefon va boshqa 
so‘zlashuv qurilmalari orqali so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risida 
qaror 
chiqarishga 
haqlidir. 
Gumon 
qilinuvchi, 
ayblanuvchi, 
sudlanuvchining telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib 
boriladigan so‘zlashuvlarini eshitib turish surishtiruvchi, tergovchi O‘zR 
JPKning 170-moddasida belgilangan tartibda prokurorning sanksiyasini 
olib chiqargan qarorga binoan yoki sud ajrimiga ko‘ra amalga oshiriladi. 
Ammo 
jabrlanuvchiga, 
guvohga, 
shuningdek 
ularning 
qarindoshlari va yaqinlariga nisbatan kuch ishlatish, tovlamachilik yoki 
boshqa qonunga xilof harakatlar sodir etish xavfi mavjud bo‘lsa, bu 
shaxslarning arizalari bo‘yicha yoki ularning yozma roziligi va 
Esda tuting! Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish
telefon 
aloqasi tarmoqlari orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni texnika 
vositalari yordamida xufyona eshitish va tezkor qiziqish ob’ekti 
hisoblangan shaxsning jinoiy faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, 
uning aloqalarini aniqlash, tezkor-qidiruv faoliyatining aniq 
vazifalarini hal qilish uchun foydali bo‘lgan boshqa axborotni olish 
uchun qayd etish borasidagi harakat yig‘indisi hisoblanadi.
 


309 
prokurorning sanksiyasi bilan yoxud sudning ajrimiga ko‘ra ularning 
telefon yoki boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali bo‘ladigan 
so‘zlashuvlarini eshitib turish amalga oshirilishi mumkin. 
Tergovchining so‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olishni 
amalga oshirish to‘g‘risidagi iltimosnomasida quyidagilar ko‘rsatilishi 
lozim: tergov qilish jarayonida ularni qo‘llash zarurati paydo 
bo‘lganjinoyat ishi; mazkur tergov harakatini o‘tkazish uchun asoslar; 
telefon orqali va boshqa so‘zlashuvlari eshitilishi va yozib olinishi lozim 
bo‘lgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tergov harakatini 
o‘tkazish muddati; eshitish va yozib olishni texnik jihatdan amalga 
oshirish topshirilgan organ nomi. 
O‘zR JPKning 169-moddasida nainki telefon, balki boshqa 
so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni ham 
eshitib turish va yozib olish imkoniyati nazarda tutilgan. Bunda turli xil 
kommunikatsion qurilmalar va vositalar (ko‘chma va simsiz aloqa, 
umumiy foydalaniladigan telefon aloqasi tarmoqlari va b.q.) yordamida 
axborot ayirboshlash (radioaloqa, mobil telefonlari orqali so‘zlashuvlar, 
teletayp, faks, elektron pochta orqali axborot uzatish) tushunilishi lozim.
So‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olish tartib-qoidalari 
jinoyat-protsessual qonun hujjatlarida aniq belgilanmagan. Ayni hol 
qaysi hollarda u protsessual harakat hisoblanishi va ushbu maqomdan 
kelib chiqadigan oqibatlarga sabab bo‘lishi, qaysi hollarda esa u 
natijalari faqat bir qator zaruriy shartlarga rioya etilgan holdagina tergov 
qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha dalillarga aylanishi mumkin bo‘lgan 
tezkor-qidiruv tadbiri hisoblanishini aniq aytish imkonini bermaydi. 
Bir qarashda, javob aniq – telefon va boshqa so‘zlashuv 
qurilmalari orqali olib boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib 
olish O‘zR JPKning 169-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul 
qilingan qaror asosida o‘tkazilgan holda, bu protsessual harakat 
hisoblanadi. Ayni vaqtda, O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish