Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Murdani tanib olish uchun ko‘rsatish



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Murdani tanib olish uchun ko‘rsatish.
Murdaning shaxsini 
aniqlash yuzasidan eng samarali tergov harakatlaridan biri uni tanib 
olish uchun ko‘rsatishdir. Qoidaga ko‘ra murdani tanib oluvchining 
e’tiborini chetga jalb qilmaslik uchun va salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi 
uchun boshqa murdalar yo‘q joyda ko‘rsatish lozim. Tanib oluvchi 
sifatida ilgari fuqaroning yo‘qolganligi to‘g‘risida xabar bergan 
shaxslarga ko‘rsatiladi. Ular yo‘qolgan kishining belgilari haqida dastlab 
so‘roq kilinadi.
Murdani tanib olish uchun ko‘rsatishda tanib oluvchi uni qaysi 
belgilariga muvofiq taniganligini batafsil ko‘rsatuvi va uning so‘zlari 
tanib olish uchun ko‘rsatish bayonnomasida qayd etilishi lozim. 
Murdani tanib olish uchun ko‘rsatish u topilgan joyda yoki 
o‘likxonalarda amalga oshirilishi lozim. Topilgan murda yuzi 
ifloslangan bo‘lsa, tanib olish uchun ko‘rsatishdan oldin uni yuvib, 
hayotiy holiga birmuncha yaqinlashtirish lozim. O‘likxona binosida 


305 
tergovchi yoki operativ xodim o‘likxona ma’muriyatiga murdani va 
uning kiyimlarini sud tibbiyot tadqiqotidan so‘ng saqlab turish 
to‘g‘risida ko‘rsatma beradi. Bunday hollarda, ya’ni murdaning yuzi va 
qiyofasi jarohatlanishi natijasida o‘zgarib ketgan bo‘lsa, tibbiyot 
mutaxassisiga uni o‘z qiyofasiga keltirish, hayotlik chog‘idagi 
ko‘rinishiga yaqinlashtirish yuzasidan topshiriq beriladi. Bo‘laklarga 
ajratilgan murdaning ayrim qismlari umumiy qoidalariga ko‘ra 
ko‘rsatiladi. Murdani tanib olish boshqa har qanday tanib olish singari 
boshqa dalillar bilan ham tasdiqlanishi darkor. 
Narsa-buyumlarni tanib olish uchun ko‘rsatish.
Narsa-
buyumlarni tanib olish uchun ko‘rsatishning protsessual tartibi JPK 128-
moddasida ko‘zda tutilgan. Tanib olish ob’ektlari bo‘lgan predmetlar 
nihoyatda xilma-xildir. Ularga turli buyumlar, jumladan, o‘g‘irlangan 
qurol, poraga berilgan buyumlar va boshqalar kiradi. Mazkur narsa-
buyumlar ko‘zdan kechirilishi paytida aniqlanib surishtiruv va tergov 
organlari ixtiyoriga berilgan bo‘lishi mumkin. Tanilayotgan narsa-
buyum boshqa shu turdagi narsa-buyumlar orasiga qo‘yilib, xolislar 
ishtirokida tanib oluvchiga ko‘rsatiladi. Tanilgan hollarda undan narsa-
buyumni qaysi umumiy va xususiy belgilariga ko‘ra tanilganligini 
aniqlash lozim.

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish