Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   372
Bog'liq
kriminalist

E’tibor qiling! Sud ekspertizasi
– Mutaxassis sifatida shifokor, 
pedagog, psixolog, shuningdek, zarur bilim va malakaga ega bo ‘lgan 
boshqa shaxslar ham chaqirilishi mumkin, deyiladi prostessual 
qonunda. Bu ko ‘rsatma kriminalist mutaxassislarga ham tegishlidir. 


318 
snaryadlarning harakat qonunlari), ham metallar ekspertizasi ob’ekti bo 
‘lishi mumkin yoki tilshunoslikka oid bilimlar dastxatshunoslik, 
muallifshunoslik, sud fonoskopiya ekspertizalarida keng qo ‘llanadi. 
Aytib o ‘tilgan uch belgiga asosan kriminalistik, sud-tibbiy, sud-
biologik, sud-muhandislik, sud-iqtisodiy, sud qishloq xo ‘jalik va boshqa 
turdagi ekspertizalar ajratiladi.
O ‘z o‘rinda bu ekspertizalar turlarga bo‘linadi. 
Xususan, kriminalistik ekspertizalar qatoriga asosan xatshunoslik, 
izshunoslik va sud ballistik ekspertizalar kiradi. An’anaviy kriminalistik 
ekspertizalar deb atalgan sud ekspertizalarining bu turlari jinoyatlarni 
ochishda qo‘llanadigan maxsus bilimlarning tarixan birinchi shakllarini 
tashkil etgan.
Sud ekpertizasining prostessual turlari bir biridan ularni 
o‘tkazishning tashkil etilishi va uslubi bilan farq qiladi. 
Sud ekspertiza sohasidagi ixtisoslashuv uni o‘tkazish shart bo‘lgan 
holatlarning kengayishiga, ekspertiza muassasalarida bajariladigan 
ekspertiza turlarini ko ‘payishiga (JPKning 174-moddasi) asos bo ‘ldi.
Agar ekspertiza xulosasida kamchiliklarni to‘ldirish zarurati 
tug‘ilsa qoshimcha ekspertiza tayinlanadi. (JPKning 176-moddasi 1-
qismi). 
Birlamchi ekspertiza xulosasi tergov (sud)ning asoslangan fikri 
bo‘yicha noto‘g‘ri bo ‘lsa, qayta (yoki takroriy) ekspertiza tayinlashi 
mumkin (JPKning 176-moddasi 2-qismi). 
Qo ‘shimcha ekspertiza asosiy ekspertizani o ‘tkazgan 
mutaxassisga yoki boshqa ekspertga topshirilishi mumkin. 
Shuni aytib o ‘tish joizki, ham qo ‘shimcha, ham qayta 
ekspertizaga yuborilgan material, tekshiruv ob’ektlari hamda namunalar 
va echiladigan masalalar o ‘zgarishsiz qoladi. Aks holda, ya’ni 
ekspertizaga yangi ob’ektlar yuborilsa yoki boshqa savollar qo ‘yilsa, 
ekspertiza o ‘zining tabiatini o ‘zgartiradi va boshqa yangi ekspertiza o 
‘tkazish masalasi tug ‘iladi. Lekin, ekspertiza tayinlangandan so ‘ng 
ekspertning talabiga ko ‘ra qayta ekspertiza materiali qo ‘shimcha 
namunalar bilan to ‘ldirilishi mumkin. 
Takroriy ekspertiza boshqa bir ekspert yoki ekspertlar komissiyasi, 
ya’ni ikki va undan ko ‘proq bo ‘lgan ekspertlar tomonidan o ‘tkaziladi. 
Birinchi ekspertiza tekshiruvini o ‘tkazgan mutaxassis o ‘zi bergan 
xulosasi va o ‘tkazgan tadqiqotlari yuzasidan tushuntirishlar berishi 
mumkin. Lekin u qayta tekshiruvlarni o ‘tkazishda, ularning natijalarini 
muhokama qilishda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi. 


319 
Birinchi ekspertiza natijasi bilan qayta ekspertiza xulosasi bir-
biriga qarama-qarshi bo ‘lgan tadqiqotlarda uning natijalari komissiya 
ishtirokida tajribali mutaxassis xodimlar bilan hamkorlikda muhokama 
qilinadi va birinchi ekspertiza xulosasi tasdiqlanmaslik sabablari 
baholanadi. Ushbu sabablar qayta ekspertiza xulosasida bayon etiladi.
Qayta ekspertiza uchinchi, to ‘rtinchi va undan ko ‘p marta ham 
tayinlanishi mumkin. Ekspertiza amaliyotida shunday hollar uchrab 
turadiki, ekspertiza fikri bilan ikkinchi qayta ekspert xulosasi bir-biriga 
qarama-qarshi chiqadi. Bunda har qaysi ekspertiza ham o ‘zicha 
asoslangan va qator sifat belgilariga tayangan bo ‘ladi. 
Bu holda tergovchi (sud) har bir xulosani alohida, boshqa dalillar 
bilan birgalikda baholashi zarur. Agar shunday baholash natijasida 
xulosalarda ish yuzasidan ishonchli faktlarga qarama-qarshiliklar yoxud 
prostessual qonun buzilishlari aniqlansa, uchinchi marta takroriy 
ekspertiza tayinlash mumkin.
Takroriy ekspertiza materialini o ‘sha oldingi muassasaga 
yuborish, lozim bo ‘lsa boshqa ekspertiza laboratoriyasi yoki institutiga 
yuborish mumkin. Masalan, birinchi ekspertiza IIVning ekspertiza bo 
‘limida o ‘tkazilgan bo ‘lsa, ikkinchisi, Respublika Adliya vazirligi 
huzuridagi ilmiy tadqiqot kriminalistika markaziga yuboriladi. Uchinchi 
takroriy tekshiruv esa shu markazning o ‘zida yoki boshqa ekspertiza 
muassasasida o ‘tkazilgan taqdirda uni o ‘sha joyda albatta boshqa 
ekspert yoki ekspertlar komissiya tarkibida o ‘tkazilmog ‘i lozim. Ana 
shunday bo ‘lgandagina ekspertiza xulosalari ob’ektiv bo ‘lib, ish uchun 
dalil manbai sifatida qo ‘llanilmog ‘i lozim. 
Ekspertlar komissiyasini tayinlash va tanlash tergovchiga sud yoki 
ekspertiza muassasasi rahbariga bog ‘liqdir. Qayta ekspertizani o 
‘tkazish mutaxassislarning tajriba va bilim darajasiga, ish hajmiga qarab 
belgilanadi. Qayta ekspertizaning predmeti va tekshiriluvchi ob’ektlari 
doirasi o ‘zgarishsiz qoladi.
Shunday qilib, qo ‘shimcha va takroriy ekspertizalar aniq ishning 
holatiga qarab tergov va sudning qaror va ajrimiga ko ‘ra o ‘tkaziladi. 
Takroriy va qo ‘shimcha ekspertizadan tashqari komissiya tarkibida o 
‘tkaziladigan va kompleks ekspertizalar ham bo ‘lishi mumkin. 
Komissiya tarkibida o ‘tkaziladigan ekspertiza deb bir sohaga mansub 
bir necha mutaxassis tomonidan o ‘tkaziladigan tadqiqotlarga aytiladi. 
Tekshiriluvchi ob’ektlar soni ko ‘p bo ‘lib, tekshirish usullari murakkab 
bo ‘lsa ekspertiza materiali bir mutaxassisga emas, balki bir necha 
ekspertga topshiriladi. Masalan, ko ‘p ob’ektli dastxatshunoslik 


320 
ekspertizalar bo ‘yicha tekshiruv o ‘tkazish odatda uzoq vaqt talab 
qiladi, shunday hollarda ekspertiza materiali bir necha mutaxassisga, 
ya’ni ekspertlar komissiyasiga topshiriladi. 
Bunday ekspertizalar, odatda, moliyaviy hujjatlar bo ‘yicha o 
‘tkaziladigan tekshiruvlarda, ya’ni turli yozuvlar va imzolarni bajargan 
shaxslarni identifikastiya qilishda tayinlanadi. Hujjatlar soni va qo 
‘lyozmani yozishda shubhalangan shaxslar soni ko ‘p bo ‘lganligi tufayli 
ekspertiza tekshiruvini tezlashtirish va xulosani ob’ektiv va asoslangan 
bo ‘lishi uchun bunday ekspertizalarni komissiya ishtirokida o ‘tkazish 
lozim. 
Komissiya a’zolari ishtirokidagi ekspertiza natijalari birgalikda 
muhokama etilib, agar ular bir fikrga kelsa, umumiy bitta xulosa 
tuziladi. Agar ekspertlar o ‘rtasida hal etiladigan masala yuzasidan 
kelishmovchilik ro ‘y bersa, har bir ekspert kelishmovchilik kelib 
chiqqan masala bo ‘yicha alohida xulosa beradi (JPK 177-moddasi). 
Ayrim hollarda ish uchun ahamiyatga molik biror holatni 
aniqlashga bir sohadan bilimlar etarli bo ‘lmay, balki boshqa sohadagi 
bilimlarni jalb etish zaruriyati tug ‘iladi. Bu vaziyatda kompleks 
ekspertiza tayinlanadi (JPK 178-moddasi) 
Kompleks ekspertizalar yordamida turli masalalar hal etiladi. 
Masalan, velosipedchi va uni urib yuborgan avtomobil o ‘zaro qanday 
yo ‘nalishda harakat qilganligini aniqlash murakkab masala bo ‘lib, 
alohida o ‘tkaziladigan sud tibbiy, transport va izshunoslik ekspertizalari 
yordamida hal etilishi mumkin. Ammo bu tekshiruvlar kompleks 
ravishda o ‘tkazilsa, ularning samaradorligi keskin oshadi. Har bir 
mutaxassis o ‘zining bilim doirasida aniqlagan holatlarini boshqa soha 
mutaxassisi topgan belgilar bilan taqqoslab, birgalikda yagona xulosa 
chiqaradilar. Bunda har bir mutaxassis o ‘zining o ‘tkazgan tekshiruvi 
uchun shaxsan javobgar bo ‘ladi. 
Bir ob’ekt bo ‘yicha alohida ketma-ket o ‘tkaziladigan mustaqil 
tadqiqotlarni kompleks ekspertiza qatoriga qo ‘shish noto ‘g ‘ridir. 
Masalan, hujjatni yasash usulini aniqlashga qaratilgan texnik-
kriminalistik ekspertiza undagi yozuvlarni bajargan shaxsni aniqlovchi 
xatshunoslik ekspertizalar alohida bo ‘lib, kompleks ekspertizani tashkil 
etmaydi. Ammo yirtib tashlangan hujjatni tiklashga qaratilgan birgalikda 
o ‘tkaziladigan izshunoslik, texnik kriminalistik va xatshunoslik 
tadqiqotlar asosli ravishda kompleks ekspertizasi, deb atalishi mumkin. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish