Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   372
Bog'liq
kriminalist

Nazorat savollari: 
1.
 
So‘zlashuvlarni eshitib turishning umumiy tartibi qanday? 
Ushbu tergov harakati qanday maqsadlarga xizmat qiladi?
2.
 
Telefon va boshqa qurilmalar orqali olib boriladigan 
so‘zlashuvlarni eshitib turish tartibi va taktikasi qanday?
 
Kazuslar: 
 
1-kazus
A. ismli shaxs MXX organlariga 21.01.2015 yilda murojaat etib, 
sheriklari U. va M. 22.01.2015 yilda inkassatorga hujum qilish
rejasini tuzayotganligini xabar qildi. Tezkor qidiruv xodimlari o‘z
rahbarlaridan ruxsat olgan holda U.va M. ning telefondagi
so‘zlashuvlarini tingladi. Bu haqida prokurorga 18 soat ichida xabar
qilindi. 21.01.2015 yilda telefon so‘zlashuvini tinglash bo‘yicha
sanksiya chiqardi. Jinoyat inkassatorning pul olishi kechiktirilishi
munosabati bilan 24.01.2015 ga qoldirildi. Tezkor qidiruv xodimlari 
telefon so‘zlashuvlarini eshitishni davom ettirishdi. 
Vaziyatga xuquqiy baho bering? Ushbu holatda tezkor qidiruv
faoliyati materiallari dalil sifatida qabul qilinadimi? SHu holatda 
jinoyat protsessual qonun talablari buzilganmi? 
Prokuror sanksiyasi talab etiladigan tezkor qidiruv tadbiri


314 
qanday olib boriladi? Telefon va boshqa qurilmalar orqali olib 
boriladigan so‘zlashuvlarni eshitib turish tartibi va taktikasi qanday?
 
2-kazus 
Toshkent 
shahar 
prokuraturasi 
iqtisodiy 
jinoyatchilik 
va 
korrupsiyaga qarshi kurash bo‘limi xodimlari va O‘zbekiston 
Respublikasi IIV jinoyat qidiruv va uyushgan jinoyatchilikka qarshi 
kurash bo‘limi tezkor qidiruv xodimlari bilan hamkorlikda arizachi 
fuqaro Aliev Vobir Yo‘ldashovning arizasiga asosan Uchtepa tuman 
xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 45-sonli maktab direktorining fuqaro 
Aliev Vobir Yo‘ldashovdan pora talab qilganligi holati yuzasidan 
tezkor-tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Tadbir jarayonida zaruriyat 
tug‘ilganligi sababli, Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 45-
sonli maktab direktorining uyali aloqa telefonidagi so‘zlashuvlari 
eshitilgan va telefon so‘zlashuvlaridan nusxa olingan. O‘tkazilgan tezkor 
tadbiri jarayonida Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 45-
sonli maktab direktori fuqaro Aliev Vobir Yo‘ldashovdan 100 AQSH 
dollari miqdoridagi pul mabalag‘larini olgan vaqtida qo‘lga olingan. 
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 
45-sonli maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 
210-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tezkor 
tadbirni o‘tkazgan xodimlar tomonidan tergovga Uchtepa tuman xalq 
ta’limi bo‘limiga qarashli 245-sonli maktab direktorining telefonda 
so‘zlashgan yozuvlari taqdim etilgan va jinoyat ishi yuzasidan olib 
borilgan dastlabki tergov harakatlari jarayonida ushbu telefon 
so‘zlashuvidagi ma’lumotlardan ayblanuvchining aybini isbotlovchi 
dalil sifatida foydalanilgan. 
Ushbu holat yuzasidan telefon so‘zlashuvlarini tinglashda
qanday xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan? Telofon va boshqa qurilmalar
orqali so‘zlashuvlarni tinglash jinoyatlarni ochishda qanday
ahamiyatga ega, va ularni o‘tkazilishi qanday tartibda
rasmiylashtiriladi?

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish