Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   372
Bog'liq
kriminalist

E’tibor qiling! 
Ayni paytda, 
“Tezkor-qidiruv faoliyati 
to‘g‘risida”gi Qonun
16-moddasining 
2-qismida 
kechiktirib 
bo‘lmaydigan hollarda telefon so‘zlashuvlarini eshitib turishning 
soddalashtirilgan shartlari ham nazarda tutilgan. Bunday shartlarga 
quyidagilar kiradi: a) fuqaroning hayoti, sog‘lig‘i, mulkiga tahdid 
mavjudligi; b) shaxsning arizasi yoki uning yozma roziligi; v) tezkor 
bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlangan qaror mavjudligi. Bu holda 
faqat arizachining telefoni orqali olib borilayotgan so‘zlashuvlarni 
eshitish amalga oshiriladi, prokuror bu haqda yigirma to‘rt soat ichida 
albatta xabardor qilinadi. 


311 
o‘rtasidagi farq olingan natijalarning daliliy ahamiyatida namoyon 
bo‘ladi, ularni o‘tkazish asoslari esa ko‘p jihatdan mos keladi, degan 
xulosaga kelish mumkin.
Telefon so‘zlashuvlarini eshitib turish va yozib olish tezkor 
xodimning yoki tergovchidan vakolat olgan mutaxassis, aloqa 
operatorining aloqa tarmoqlariga verbal axborot olish uchun ulanishini 
nazarda tutadi. Bunda so‘zlashuvlar shahar, shaharlararo, xalqaro, 
radiotelefon, radiorele, yuqori chastotali, kosmik aloqa tarmoqlari 
orqali, shuningdek boshqa so‘zlashuv qurilmalari – verbal axborotni 
uzatish radio, selektor va boshqa vositalari yordamida olib borilishi 
mumkin. 
Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan 
so‘zlashuvlarni eshitib turish to‘g‘risidagi qarorda eshitiladigan 
so‘zlashuvlar qaysi qurilmalarda olib borilishi, ularning raqamlari va 
boshqa 
parametrlari, 
qurilmalar 
o‘rnatilgan 
manzillar, 
so‘zlashuvlarning ishtirokchilari, eshitib turish va yozib olish vaqti, 
ularni amalga oshirish kimga topshirilgani ko‘rsatilishi lozim.
So‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olish tergovchi yoki 
surishtiruvchi, aloqa korxonasi operatori yoki surishtiruv tezkor-
texnika organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Eshitish 
jarayonida jabrlanuvchi yoki tahdidlar va g‘ayriqonuniy talablar 
qo‘yilayotgan boshqa shaxs ishtirok etishi mumkin. 
Agar eshitib turish va yozib olishning avtomatik tartibi nazarda 
tutilgan bo‘lsa, mutaxassis apparaturani ulab qo‘yishni amalga 
oshiradi va nutqli axborot sifatli yozib olinishini zamonaviy texnika 
vositalaridan foydalangan holda kuzatib boradi. So‘zlashuvlarni 
bevosita nazorat qilish va yozib olishda mutaxasis yuqorida 
ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish bilan bir qatorda, axborotni eshitib 
turadi, olinayotgan ma’lumotlarning tergov qilinayotgan jinoyat ishi 
uchun ahamiyatini aniqlash maqsadida ularni tahlil qiladi. Buning 
uchun u maxsus texnika vositalaridan foydalanish ko‘nikmalari bilan 
bir qatorda, sodir etilgan jinoyat to‘g‘risida ma’lumotlarga, tergovni 
nima qiziqtirayotgani haqida tasavvurga ham ega bo‘lishi lozim.
Axborot chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tergovchi 
mutaxassisni tanlashda tezkor-texnika bo‘linmasining xodimini afzal 
ko‘rishi mumkin. So‘zlashuvlarni nazorat qilish va yozib olishda 
ishtirok etishga bunday bo‘linma mutaxassisini jalb qilishning iloji 
bo‘lmagan holda, ushbu maqsadda ekspertiza-kriminalistika xizmati 
yoki telefon stansiyasi xodimi jalb qilinishi mumkin. 


312 
Nazorat qilinayotgan so‘zlashuvlarning audioyozuvini tergovchi 
vaqti-vaqti bilan mutaxassis ishtirokida eshitadi, ish uchun ahamiyatli 
bo‘lgan axborot esa yagona tashuvchiga ko‘chirib olinadi. Sodir 
etilgan jinoyat, qilmishning izlarini yashirish, tergovga qarshilik 
ko‘rsatish bilan bog‘liq holatlarni qayd etish uchun so‘zlashuvlarni 
nazorat qilish va yozib olish uzluksiz amalga oshirilishi lozim. Bunda 
jinoyatchilar uzatilayotgan axborotni yolg‘on ma’lumotlarni xabar 
qilish, shifrlangan muloqot usullarini qo‘llash yo‘li bilan niqoblashlari 
mumkinligini ham hisobga olish zarur. Bu tergovchiga jinoyatchilar 
o‘z so‘zlashuvlarini niqoblash uchun qanday texnika vositalaridan 
foydalanishlari mumkinligini aniqlash vazifasini yuklaydi.
Telefon va boshqa so‘zlashuv qurilmalari orqali olib boriladigan 
so‘zlashuvlarni eshitib turish va yozib olishni amalga oshirish muddati 
mobaynida tergovchi istalgan vaqtda ularni amalga oshiruvchi 
organdan fonogrammani eshitish uchun talab qilib olishga haqli. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish