Ekspert xulosasi va uning natijalarini baholash
Kriminalistik ekspertizalarni o ‘tkazishda, shuningdek, ekspert
mutaxassislar kriminalistikaning ilmiy texnik vositalari bo ‘lgan turli
asbob-uskunalar: optika, kompyuter, turli ko ‘zga ko ‘rinadigan va ko
‘rinmaydigan nurlarni ishlatadigan moslamalarni, yoritqichlar va
boshqalarni keng qo ‘llaydilar.
Ekspertiza ob’ektlarini tekshirish quyidagi to‘rt bosqichlarda
amalga oshiriladi.
1. Dastlabki tekshiruv identifikastiyaviy tadqiqotning birinchi
bosqichi bo ‘lib, ekspertizaga yuborilgan qaror (ajrim) bilan tanishish
ekspertiza oldiga qo ‘yilgan masalaga oydinlik kiritadi. Tekshiriladigan
ob’ektlar va namunalar har biri alohida ko ‘zdan kechiriladi. Ob’ektlarni
ko ‘zdan kechirishning maqsadi ularning ashyoviy dalilligini
sifatlaydigan
alomatlarini
aniqlash,
individuallik
xususiyatlarini
324
ifodalaydigan belgilarni taxmin qilish va identifikastiya jarayonida
ularni qo ‘llash mumkinligini aniqlashdan iboratdir.
Bu bosqichda ekspert ob’ektlarni tadqiqot uchun yaroqli-yaroqli
emasligini, namunalar soni va sifati nuqtai-nazaridan etarliligi yoxud qo
‘shimcha ma’lumotlar va namunalar zarurligini aniqlaydi. Bosqichning
muhim vazifalaridan biri tadqiqot uslubini tanlash, o ‘tkaziladigan
tekshiruvlarni
belgilash,
ularni
oldinma-ketinligini
aniqlash,
eksperimentlarni rejalashtirishdan iboratdir. Ma’lum vaziyatlarda
identifikastiyaviy tekshiruv shu bosqichda tugatiladi. Masalan, ekspert
oldiga qo ‘yilgan vazifa uning vakolatiga kirmasa yoki namunalar
etarlicha taqdim etilmasa, ekspert tekshiruvini amalga oshirish iloji yo
‘qligi to ‘g ‘risida hujjat tuzadi. Ob’ektlarni alohida-alohida .ko ‘zdan
kechirish maqsadi ularning ashyoviy dalil bo ‘ladigan alomatlarini,
individuallik xususiyatlarini ifodalaydigan belgilarini aniqlash va
identifikastiya jarayonida ularni qo ‘llashdan iboratdir.
2. Tekshiriluvchi va namuna nusxa bo ‘lgan ob’ektlarni alohida-
alohida ko ‘zdan kechirish, tahlil qilish bu tekshiruv bosqichining
vazifasi ashyoviy dalil bo ‘lgan va ekspertizaga yuborilgan boshqa
ob’ektlarni har birini alohida tahlil etib, ularni individuallik xususiyatini,
ya’ni o ‘ziga xos bo ‘lgan sifat belgilarini aniqlashdan iboratdir.
Tekshiriluvchi ob’ekt moddiy buyum, narsa yoki uning biror
qismidan qolgan izlari, bo ‘laklari, nusxasi va boshqasi bo ‘lishi
mumkin.
Otish quroli, otish natijasida hosil bo ‘lgan izlar, otilgan o ‘q va
gilzalar, portlatishdan qolgan iz qoldiqlari, jinoyat quroli sifatida
ishlatilgan turli buyumlar va ulardan qoladigan izlar, insonning qo ‘li va
yalang oyoq tavonning teri tuzilishi xususiyatini tashkil qiladigan izlar,
dastxat, odamning tashqi qiyofa tuzilishini aks ettiruvchi foto, video va
suratlar, marhumning suyak qoldiqlari (skeleti) va boshqalar
kriminalistik ekspertiza tekshiradigan ob’ektlar doirasiga kiradi.
Solishtirib tekshirishga olingan, tayyorlangan namuna - nusxalarni
ham ekspert alohida kuzatib tahlil qilib yuqorida ko ‘rsatilgan
masalalarni hal qiladi. Namuna nusxalarni tahlil qilishda ularni qaerdan,
qachon va kimlardan olinganligi, qaysi guruhga mansubligi va indiviual
belgilari, identifikastiya qilishga yaroqliligi aniqlanadi.
Tekshiruvning bu bosqichida namuna va nusxalarning son-sifati,
ekspertiza
tayinlash
haqidagi
qaror,
(ajrimda)
ko
‘rsatilgan
ma’lumotlarga mos olinganligi va identifikastiya o ‘tkazishga etarli va
yaroqli ekanligi aniqlanadi.
325
3. Tekshiruvning bu bosqichida ekspertiza ob’ektlari va ularning
sifat-belgilari o ‘zaro solishtiriladi. Ekspertiza amaliyotida qo
‘llanadigan umumiy uslub identifikastiya nazariyasi bo ‘lib, barcha
ob’ektlar ikki guruhni tashkil qiladi. Identivligi (aynanligi)
aniqlanadigan ob’ektlar – tekshiriluvchi, ya’ni ashyoviy dalillar bo ‘lib,
ikkinchi guruhni solishtirib tekshirishga vosita bo ‘lgan namuna va
nusxalardir.
Solishtirib
tekshirish
bosqichida
ekspert
tekshiriluvchi
ob’ektlarning aynanligi yoki guruh mansubligini aniqlash uchun
ulardagi sifat alomatlarini namunalardagi sifat belgilariga solishtirib
taqqoslaydi. Har bir umumiy belgidan so ‘ng xususiy belgilar alohida-
alohida taqqoslanadi, birinchisidagi individuallik xususiyati ikkinchi
guruhdagi ob’ektlarda takrorlangan holdagina ularning ushbu belgi bo
‘yicha aynanligi belgilanadi.
Solishtirib tekshirish jarayonida o ‘xshashlik hollari bilan bir
qatorda ayrim belgilar bir-biridan farq qilishi mumkin. Bu holat
tekshiriluvchi (ashyoviy dalil) ob’ektning hosil bo ‘lish sharoitiga, unga
daxldor bo ‘lmagan yoki manfaatdor shaxslarning harakati, ixtiyori
ta’sirida paydo bo ‘lishi mumkin. Tekshiruv jarayonida ekspert jinoyat
ishining ekspertizaga aloqador bo ‘lgan ayrim holatlari bilan tanishishni
talab qilishi mumkin. Bu masala tekshiruvning dastlabki bosqichida va
zarur bo ‘lganda keyinroq ham amalga oshiriladi.
Tekshiruvning barcha bosqichlari o ‘zaro chambarchas bog ‘liqdir,
ular orasida qat’iy biror chegara o ‘tkazish mumkin emas, alohida tahlil
qilishni, solishtirish chog ‘ida ham davom ettrish mumkin. Zarur bo
‘lgan hollarda tahliliy bosqichga qaytib ayrim ob’ektlarni boshqatdan
kuzatishga to ‘g ‘ri keladi, bunday tekshiruvda boshqa uslublar qo
‘llanib qo ‘shimcha material (namunalar) talab qilinadi. Bu masala
ekspert bilan ekspertiza tayinlagan surishtiruvchi, tergovchi, sudya
orasida amalga oshiriladigan muloqotda hal qilinadi.
Solishtirib tekshirish jarayonida ekspert maxsus uslubni qo ‘llash
bilan birga kriminalistik texnika vositalaridan ham keng foydalanadi,
ayniqsa mikro va makro suratga tushirish, turli tajriba-eksperimentlar o
‘tkazish kabi usullarni qo ‘llaydi.
4. Tekshiruv natijalarini baholash va yakun yasash bosqichida
identifikastiya jarayonining natijalari ma’lum bo ‘lib, ular tegishli talab
va qoidalar asosida baholanib ekspertning xulosalari shakllanadi.
Taqqoslanib tekshirilgan ob’ektlarning bir guruhga kirishi va aynanligi
tasdiqlanadi yoki aynanligi inkor qilinib har qaysi tekshirilgan ashyoviy
326
dalil va u bilan taqqoslangan namuna boshqa turga tegishli ekanligi
aniqlanadi.
Tekshirilayotgan holat, ya’ni ob’ektning aynanligini isboti yoki
inkor qilinishi, alohida belgi sifatlarning o ‘xshashligi yoki farq qilishi
asosida bo ‘lmasdan, belgilarning barcha yig ‘indisi asosida
shakllanmog ‘i lozim. Shundagina xulosa ilmiy asoslangan, ob’ektiv bo
‘ladi va jinoyat ishi yuzasidan dalil manbai bo ‘lib xizmat qiladi.
Ekspertning tadqiqoti, tekshiruv jarayoni va natijalari maxsus
prostessual hujjat bo ‘lgan ekspert xulosasida bayon etiladi. Ekspert
xuloasi prostessual qonuni asosida rasmiylashtiriladi (JPK 184-
moddasi), xulosa bergan ekspert uning uchun shaxsan javobgardir.
Ekspert xulosasi boshqa prostessual hujjatlar kabi kirish, bayonot
va yakunlovchi qismlardan iboratdir. Ekspertiza xulosasining kirish
qismida tayinlashga asos bo ‘lgan holatlar, kim tomonidan tayinlangan,
qanday ob’ektlar taqdim etilgan, hal qilinishi lozim bo ‘lgan masalalar
va boshqa ma’lumotlar ifoda etiladi.
Xulosaning bayonot qismi ekspert faoliyatini ifoda etuvchi asosiy
qism bo ‘lganligi uchun “tadqiqot” bosqichi deb nomlanib, uning
mohiyati to ‘laroq bayon etiladi.
Xulosaning bu qismida ekspert o ‘tkazgan barcha tekshiruvlari:
ob’ektlarni alohida kuzatuvi, sifat belgilarining individuallik,
mustahkamlik darajalari, taqqoslab solishtirish natijalari, xulosa
shakllanishi qanday omillarga asoslanganligi, qo ‘llanilgan maxsus
kriminalistik texnika vositalari, turli uslublar, o ‘tkazilgan eksperimental
tekshiruv tajribalari va boshqa o ‘tkazilgan choralar tegishli galma-
gallikda ifoda ettiriladi va ulardan kelib chiqqan xulosa ko ‘rsatiladi.
Ekspert tekshiruvining yakunlovchi qismi uning xulosalaridir. Bu
qismda ekspertizaga qo ‘yilgan savollarga aniq, ravon va qisqa shaklda
javoblar o ‘z ifodasini topadi. Xulosalar ekspert tekshiruviga qo ‘yilgan
masalalarga nisbatan tasdiqlovchi yoki inkor qiluvchi shaklda beriladi.
Ekspert amaliyotida ba’zi hollarda qat’iyan xulosa berish iloji bo
‘lmaydi, taxminiy xulosa beriladi. Bunday xulosaning sababi to ‘la va
asoslangan tarzda ekspert hujjatining tadqiqot qismida ifodalangan bo
‘lishi kerak.
Ayrim hollarda ekspert xulosa berishning iloji yo ‘qligi to‘g‘risida
hujjat tuzadi (JPKning 185-moddasi). Bunday hujjatda ekspert oldiga qo
‘yilgan savollar uning vakolati doirasiga kirmasligi, savollar huquqiy
ma’noga ega bo‘lganligi, tekshiriladigan ob’ekt tadqiqot o‘tkazishga
327
yaroqsizligi va boshqa sabablarga ko ‘ra masalani echilishining iloji yo
‘qligi haqidagi ma’lumotlar ko ‘rsatiladi.
Ekspert xulosasi prostessual hujjat bo ‘lib, jinoyat ishi yuzasidan
dalil manbai sifatida xizmat qiladi va ishdagi boshqa dalillar bilan bir
qatorda qonunda belgilangan umumiy prinstiplar asosida baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |