Loyiha O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik universiteti


Jinoyatlarni tergov qilishning xususiy kriminalistik uslubiyotlarini



Download 4,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/372
Sana18.04.2022
Hajmi4,15 Mb.
#559406
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   372
Bog'liq
kriminalist

 
Jinoyatlarni tergov qilishning xususiy kriminalistik uslubiyotlarini 
tuzish va tasniflash tamoyillari 
 
Tergov amaliyotida har xil turdagi jinoyatlarning oldini olish, 
ularni ochish va tergov qilishni tashkil etish hamda amalda bajarish 
samaradorligini oshiradigan ancha takomillashgan xususiy kriminalistik 
uslubiyotlarni 
joriy 
etish 
jinoyatchilikka 
qarshi 
kurashni 
takomillashtirishning 
muhim 
yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 
Tergovchilarning ishni tashkil etish bo‘yicha ilmiy asoslangan 
tavsiyalarga bo‘lgan ehtiyojlarni hisobga olib, jinoyatlarni tergov 
qilishning shakl va mazmun jihatidan xilma-xil xususiy uslubiyotlari 
vujudga kelmoqda. 
YAngi xususiy kriminalistik uslubiyotlarni ishlab chiqish quyidagi 
tamoyillar asosida amalga oshiriladi. 
Xususiy kriminalistik uslubiyotlarning nazariy jihatdan 
asoslanganligi. 
Kriminalistik uslubiy tavsiyalar tizimi ilmiy ish 


333 
mahsulidir va shu tufayli hamisha nazariy jihatdan muayyan darajada 
asoslangan bo‘ladi. Biroq xususiy uslubiyotlar jinoyatlarni ochish, 
tergov qilish va ularning oldini olish amaliyoti shunday nazariy 
asoslanganlik darajasiga ega bo‘lishni talab qiladiki, toki ularning 
tavsiyalarini qo‘llash tergovning samarali tashkil etilishini ta’minlasin. 
Bunday darajaga, agar xususiy uslubiyotlar faqat tajriba yo‘li bilan 
ishlab chiqilgan qoidalar va amaliyot uchun samarali tavsiyalarni o‘z 
ichiga olgan taqdirda, erishiladi. Kriminalistik uslubiy tavsiyalarning 
tizimi oqilona, tejamli, maqbul bo‘lishi kerak. 
Kriminalistik uslubiy tavsiyalarning muayyanligi. 
Jinoyatlarni 
tergov qilishni tashkil etish – protsessual tartibdagi jarayondir. Uning 
mazmuniga jinoiy qilmishning xususiyatlari, jinoyatning oqibatlari, 
jinoyatchining shaxsi, tergovchining mehnat sharoiti va boshqa shu 
singarilar ta’sir ko‘rsatadi. SHu bilan birga, bir turdagi jinoyatlarni 
tergov qilishda ko‘pgina umumiy xususiyatlar ham mavjuddir, bular – 
tipik tergov tusmollarining mavjudligi, isbotlash predmetining umumiy 
ekanligi, tergov harakatlariga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish 
xususiyatlarining o‘xshashligi va boshqalar. SHu sababli kriminalistik 
uslubiy tavsiyalar imkoni boricha tayin, lekin biron-bir yagona xususiy 
hol uchun emas, balki mazkur turdagi jinoyatlarni ochish, tergov qilish 
va ularning oldini olishni tashkil etish hamda amalga oshirish uchun 
mo‘ljallangan bo‘lishi kerak. Kriminalistik uslubiy tavsiyalarning 
umumiyligi va aniqligi, me’yori ularning amaliyot ehtiyojlari hamda 
nazariy imkoniyatlari bilan bog‘liq ilmiy qoidalarni tavsiflash darajasida 
namoyon bo‘ladi. 

Download 4,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   372




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish