A k a d e m I ya r. X. Dushanov y. A. Farfiyev



Download 1,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/194
Sana12.01.2021
Hajmi1,53 Mb.
#55401
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194
Bog'liq
KASBIY PSIXOLOGIYA

jinoiy tiplarni ajratish mumkin. 
1. Jinoiy qilmishni majburan sodir etuvchi, eng zarur ehtiyojlarni 
qonuniy yo‘llar bilan qondirib bo‘lmaydigan hayotiy vaziyatlar, ijtimoiy 
shart-sharoitlar qurboni bo‘lgan shaxslar. Bunda huquqbuzar o‘zini 
majburan yo‘l qo‘ygan xatti-harakati uchun qoralashi, ichki ziddiyat 
holatida bo‘lishi mumkin. 
2. Jinoyat yuzaga kelgan vaziyat ta’sirida, o‘zi uchun qimmatli 
bo‘lgan natijaga, uning fikricha, hech qanday salbiy oqibatlarsiz erishish 
mumkin bo‘lgan holatda jinoyat sodir etadigan shaxslar. Huquqiy ong 
darajasi, noijtimoiy xulq darajasi bu yerda birinchi guruhdagiga 
qaraganda ancha past. 


 137 
3. Jinoiy qilmish sodir etishni doimo qonunga itoatkor bo‘lishga 
qaraganda afzalroq biladigan, ya’ni jinoiy ta’sir yuqqan shaxslar. 
4. Hayot va faoliyatning barqaror jinoiy obrazi shakllangan jinoyatchi 
shaxslar. Jinoiy qilmish sodir etish ular uchun o‘z-o‘zidan ehtiyojga 
aylanadi. Bular professional jinoyatchilardir. Bunday shaxslar doimo 
jinoiy tajovuz predmetini izlaydilar, ularning jinoiy xatti-harakat usullari 
stereotiplashgan, zarur qurol va vositalari doimo yonida bo‘ladi. Bular 
ijtimoiy jihatdan eng xavfli jinoyatchilardir. 
5. Impulsiv huquqbuzarlar. Ayrim hayotiy vaziyatlar ularni birdan 
(spontan) noqonuniy xatti-harakatga undaydi. Bunday tipdagilar asab-
ruhiy zo‘riqish kuchaygan sharoitda tezda «o‘zidan ketadi», darhol 
tajovuz,  tus oladilar. Ular ayniqsa alkogol va narkotik vositalardan mast 
bo‘lganda o‘zlarini yaqqol namoyon etadilar. Ko‘p hollarda ushbu tipning 
jinoiy xulqini jinoyat qurbonining viktim xatti-harakati keltirib chiqaradi. 
Ularning ijtimoiy xavfli xulqiga xos umumiy asos – g‘ayriijtimoiy xatti-
harakat stereotiplarining shakllanganligi, ichki ijtimoiy nazorat 
darajasining pastligi. 
Jinoiy xulqning ushbu tipidagi turlaridan biri – g‘ayriijtimoiy guruh-
larga nisbatan haddan tashqari «kelishuvchanlik» (konformlik), guruhiy 
g‘ayriijtimoiy qilmishlarda ishtirok etishga oson ko‘nish, «olomonsifat» 
xulqqa moyillik. 
Jinoiylashgan shaxslarning barcha tiplari jinoiy maqsadni belgilash 
psixologik mexanizmining xususiyatlari, muayyan turdagi jinoiy 
qilmishlarga shaxsiy moyilligi bilan ajralib turadi. Muayyan turdagi jinoiy 
xulqqa moyillik mezoni bo‘yicha jinoyatchilarning zo‘ravonlik, qasd 
hamda kuch ishlatib amalga oshiriladigan qasd tiplari ajratiladi. Biroq 
ushbu tiplar ichida ham jinoiy xulqning yetakchi motivlari va odatiy 
usullari bilan bog‘liq o‘ziga xos farqlar bo‘lishi mumkin. 
Ma’lumki, motiv – shaxsiy ma’no (mazmun) va muayyan tashqi 
hamda ichki sharoitlarda qiymatga ega bo‘lib, bajarilishi mumkin bo‘lgan 
muayyan aniq harakatga ongli, anglangan intilish. 
Shaxsning barqaror motiv asosida yo‘nalganligi – jinoyatchi shaxs-
larning muhim tipologik xususiyati. Shu asosga ko‘ra, quyidagi jinoiy 
tiplarni ajratish mumkin: 
1) axloqiy qarorlari to‘g‘ridan to‘g‘ri ustunlik qiladigan jinoyatchilar; 
2) qulay sharoitlarda odatiy, stereotiplashgan jinoiy xatti-harakat 
motivlari ustunlik qiladigan jinoyatchilar; 
3) muayyan hodisalar, muayyan guruh shaxslar, muayyan huquq 
bilan muhofaza etiladigan qadriyatlarga barqaror salbiy munosabatga ega 


 138 
bo‘lgan jinoyatchilar. Bu motivlar tegishli obyekt jinoiylashgan tip ongi 
doirasiga tushgan zahoti o‘z-o‘zidan shakllanadi; 
4) jinoiy qo‘zg‘alishi disforiya, g‘azablanish, yuqori affektatsiya
autizm, ijtimoiy begonalik hissi tufayli yuzaga keladigan jinoyatchilar. 
Xarakterining aksentuatsiyasi bilan bog‘liq motivlar ham shunga kiradi; 
5) o‘ziga xos «majburiy» jinoyatchilar – jinoyatlarni ular go‘yoki 
chorasiz vaziyatda, subyektiv talqin etiladigan zarurat orqasida sodir 
etadilar; 
6) gedonistik jinoyatchilar – ularning jinoyatlari utilitar ehtiyojlari 
haddan tashqari ortib ketgan sharoitda va ularni qonuniy yo‘l bilan 
qanoatlantirish mumkin bo‘lmaganida yuzaga keladi. Bunday jinoyatchi-
larning barcha ehtiyojlari sohasi ehtiyojlarning yuksalishi vektori, yuksak, 
ma’naviy-axloqiy darajadagi ehtiyojlarning cheklangani hamda quyi 
darajadagi ehtiyojlar, asosan gedonistik (sodda-lazzatlanish) darajada 
haddan tashqari kengayib ketishi bilan ajralib turadi. Hukmronlik, 
ustunlik qilish, buzib talqin etilgan o‘zini qaror toptirish motivlari ham 
shunga kiradi; 
7) barqaror g‘ayriaxloqiy mayllari, ijtimoiy salbiy ehtiros va 
intilishlari bo‘lgan maniakal jinoyatchilar. Ko‘p hollarda ular spirtli 
ichimlik va narkotiklarga bog‘liqlikka, psixopatologik xususiyatlar va 
jinsiy buzuqlikka chalingan bo‘ladilar. 
Jinoyatchi shaxsining barcha motivatsion xususiyatlari ularning 
jinoiy xatti-harakatiga xos barqaror usullar, tegishli uquv va ko‘nikmalari 
bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Shunday qilib, jinoiy tip muayyan shaxsning jinoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan quyidagi xususiyatlari tizimi bilan hosil bo‘ladi: 
1) shaxsning jinoyatga berilganlik darajasi; 
2) asosan jinoiy harakatlari qaratilgan obyekti; 
3) jinoiy motivlarining ustun turi; 
4) 
jinoyat sodir etishning barqaror, yaxshi ishlangan usullari, 
jinoyatchi shaxsining ong ostida stereotiplashgan sohasi; 
5) ruhiy o‘zini boshqarishning umumiy nuqsonlari (anomaliyalari). 
Jinoiylikning ushbu barcha tarkibiy qismlari, garchi turlicha kelib 
chiqishga ega bo‘lsa-da, o‘zaro bog‘liqdir. Individning jinoiy xislatlari 
uchun asosiy generator vazifasini umumijtimoiy (makromuhit) va mikro-
muhitdagi sharoitlar bajaradi. Mikromuhit sharoitlari orasida esa shaxs-
ning jamiyatda tarbiya olayotgan dastlabki davrlaridagi jinoyatchilar 
muhiti, jinoiy submadaniyat katta ahamiyatga ega. Ammo bu shaxs uchun 
relevant ahamiyatga ega bo‘lgan taqdirdagina to‘g‘ri bo‘ladi. 


 139 
Jinoyatchining jinoiy muhitga, jinoiy submadaniyatga «mosligi» ham 
uning muhim tipologik xususiyatlaridan biridir. 
Jinoiy submadaniyat nafaqat jinoyatchilarning jinoiy jipsligi omili, 
balki jinoiy tajribani yangi avlodlarga berish, salbiy ijtimoiylashuv 
vositasi hamdir. 
Yengish qiyin bo‘lgan jinoiy submadaniyatning ijtimoiy xavfi 
jinoyatchilar muhitining jipsligida, jinoiy romantika muhitining yaratili-
shida bo‘lib, u yoshlarning ijtimoiy beqaror qismini o‘ziga tortadi. 
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, jamiyatda shakllangan 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar jinoyatchilarning o‘ziga xos barqaror tiplarini 
shakllantiradi. Ularning jinoiy yo‘nalganligi ijtimoiy boshqaruv, ijtimoiy 
nazoratdagi kamchiliklar, jinoiy tajovuz obyektlarining ko‘payishi, 
huquqni muhofaza qilish faoliyatidagi jiddiy nuqsonlar, hokimiyat 
tepasidagi amaldorlarning korrupsiyaga berilganligi, umumijtimoiy va 
huquqiy ijtimoiylashuv kamchiliklari bilan bog‘liq.  
 

Download 1,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish