129
nuqsonlar xosdir. Individning o‘zini o‘zi boshqarish imkoniyatlari past
darajada bo‘lsa, g‘ayriijtimoiy qarashlari, odatlari
nafaqat nazorat qilin-
maydi, balki ularning o‘zlari xulqning maqsad hosil qiluvchi mexanizm-
lariga aylanadi.
3. Jinoiy xulq individning o‘z ijtimoiy mas’uliyatini himoya (o‘zini
oqlash) motivatsiyasi, umum qabul qilgan ijtimoiy qadriyatlarning
qadrsizlanishi orqali olib tashlashi asosida amalga oshiriladi. Inson xulqi
uning ehtiyojlari va mo‘ljal oladigan sohasi, qabul qilgan qadriyatlar
tizimi, umuminsoniy madaniyatdan bahramandlik darajasiga bog‘liqdir.
Inson hayvondan farqli ravishda qandaydir yagona xulq mezonlariga
mahkum emas, u ko‘p qirralidir. Uning xulqini aniq instinktiv mayllar
emas, balki ijtimoiylashganlik darajasi yuzaga keltiradi. Shaxsning
ijtimoiy ijobiy tarzda o‘zini namoyon etishi (realizatsiya qilishi) barbod
bo‘lishi uchun eng xavfli narsa uning ijtimoiy aloqalar tizimidan «tushib
qolishi», ijtimoiy o‘zini o‘zi nazorat qilish mexanizmlarining susayishidir.
4. Jinoiy xulq – mojaroli xulq bo‘lib, doimo jamiyatda, ijtimoiy
guruhlarda,
shaxs bilan ijtimoiy guruh, ayrim shaxslar o‘rtasidagi va,
nihoyat, shaxsning o‘zidagi ziddiyatlarga asoslangan. Inson xulqida tashqi
holatlar tizimi unda shakllangan ichki shart-sharoitlar tizimi orqali
namoyon bo‘ladi. Ushbu ichki shart-sharoitlarga quyidagilar kiradi:
qadriyatli mo‘ljallar tizimi, axloqiy yo‘nalishlar, xatti-harakatning
umumlashgan usullari, o‘zini o‘zi tartibga solishning psixodinamik
xususiyatlari.
5. Inson xulqida na obyektiv, na subyektiv omillarni alohida ajratish
mumkin. Hech bir tashqi yoki ichki holat o‘z-o‘zicha axloqiy aktni
yuzaga keltirmaydi. Axloqiy akt – tashqi va ichki jihatlarning «tu-
tashuvi». Odamlar ijtimoiy shart-sharoitlarga passiv bog‘liq emasdirlar.
Ijtimoiy omillar odamlar xulqiga bevosita emas, balki ko‘plab ichki
shaxsiy, ichki individual hodisalar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Ijtimoiy ta’sir-
lar individual tabiiy asosga turlicha ta’sir qiladi (va bu ba’zan «jinoiy
tabiat» illuziyasini yuzaga keltiradi).
6. Shaxs qanchalik kam ijtimoiylashgan bo‘lsa (bu, odatda,
jinoyatchi
shaxsining o‘ziga xos xususiyatidir), biologik omillarning avtonomlashuv
ehtimolligi shunchalik yuqori bo‘ladi. Insonning ruhiy rivojlanishi
qanchalik cheklangan bo‘lsa, uning xulqida iyerarxik jihatdan quyi
turadigan motivatsiya darajalari shunchalik katta rol o‘ynaydi.
7. Ammo «biologik» tushunchasi ham insonda hayvoniy instinktlar-
ning ko‘rinishi sifatida talqin etilmasligi kerak.
Inson hayvondan farqli
ravishda mavjudlik usullarida tabiat tomonidan belgilab qo‘yilmaydi.
130
Insonning biologik meros bo‘lib o‘tgan xislatlari uning muayyan ruhiy
xislatlari rivojlanishining kichik tizimi sifatida tushunilishi kerak.
Ruhiy anomaliyalar, irsiy (genetik) ildizlarga ega bo‘lgan asabiy-
ruhiy buzilishlar faqat noqulay muhit ta’siridagina jinoiy xulqning sababi
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: